101 guruh talabasi Burxonov Quvonchbek fan: Media Savotxonlik va axborod madanyati




Download 1.02 Mb.
Sana25.02.2024
Hajmi1.02 Mb.
#162272
Bog'liq
xj0JkrPaSHtBGBcMFBDPcGLnGfC9OtuC (1)
10-mavzu, 5, 6-mavzu, Hasan Istamov, 4-mavzu axborotni jamiyatda tutgan o`rni va ahamiyati. Reja Ax, 3-taqdimot (taqdimot), 4-Mavzu Jahon media va axborot makonida rakobat muxitk, 2-амалий, 2-семинар, 3-семинар, 10 iyun, 12-maruza, 2-taqdimot, 5-Mavzu Xorijiy ommaviy axborot vositalarini media makondagi o’rni, Документ Microsoft Word

101 guruh talabasi Burxonov Quvonchbek fan:Media Savotxonlik va axborod madanyati

Mavzu:MEDIA SAVODXONLIK VA AXBOROT MADANIYATI EVOLYUTSIYASI HAMDA JAMIYATDAGI AHAMIYATI

REJA

  • 1. Media va axborot savodxonligi talablari va afzalliklari.
  • 2. O’zbekistonning demokratiya sari taraqqiyotida, fuqarolarning ijtimoiy hayotdagi ishtirokining faollashuvida media va axborotning ahamiyati.
  • 3.Axborot madaniyati tushunchasi mazmun mohiyati.
  • 4.Axborot olish va foydalanish metodlari.

«Media - ommaviy axborot vositalari, ham keng, ham maxsus auditoriyaga mo’ljallangan ko’ngilochar takliflarni tavsiya etuvchi, yangilik, axborot va reklama axborotini tarqatishga yo’naltirilgan ko’p sonli va serqirra funksiyalarni amalga oshiruvchi kommunikatsiya kanallaridir».

Media va axborot savodxonligi – «soyabon», ya’ni bir tushuncha mazmunida ikki ma’no birlashgan atama sifatida YUNESKO tomonidan tavsiya etilgan. Uning mohiyatini anglash uchun har bir tushuncha o’zagini bilish zarur. «Media» atamasi (lotincha - medium, ya’ni vosita, vositachi, usul) turli ko’rinishdagi kommunikatsiya va axborot vositasini anglatadi.


Axborot savodxonligi – axborotni tanlash, baholash, qayta ishlash va uzatish borasidagi ko’nikmalar va malakalar majmuini bildiradi. Axborot savodxonligi axborotga egalik, uni baholash va axloqiy qoidalarga rioya qilgan holda foydalanishning muhimligini e’tirof etadi.
Ushbu tamoyildan kelib chiqib, YuNESKO ta’kidlaydiki, mediaaxborot savod-xonligi konsepsiyasi dunyoning barcha mamlakatlari fuqarolariga to‘la ma’noda ushbu asosiy inson huquqidan foydalanish imkonini beradi. YuNESKOning media va axborot savodxonligi to‘g‘risidagi nashrlarida ta’kid­ lanadiki, “media va axborot savodxonligini o‘zlashtirgan fuqarolar: 1) tegishli texnologiyalardan foydalangan holda axborot va mediakontentni olish, baholash, yaratish va tarqatish layoqatiga ega bo‘ladi
MASning YuNESKO tomonidan ilgari surilgan 5 tamoyili. 1-tamoyil. Axborot, kommunikatsiya, kutubxona, media, texnologiyalar, internet jamiyat tomonidan tanqidiy foydalanilishi kerak. Ular maqomi bo‘yicha teng va ushbu manbalarning birontasini boshqalariga nisbatan ahamiyatliroq deb qaramaslik kerak.
2-tamoyil. Har bir fuqaro axborot/bilim yaratuvchisidir. Har kim axborot/ bilimdan foydalanish va o‘zini ifodalash huquqiga ega. Media va axborot savodxonligi erkaklar uchun ham, xotin-qizlar uchun ham inson huquqlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi kera
3-tamoyil. Axborot, bilim va xabarlar har doim ham betaraf, mustaqil yoki xolis bo‘lavermaydi. MASning har qanday konseptualizatsiyasi, undan foyda-lanish va qo‘llash ushbu tasdiqning barcha fuqarolar uchun shaffof va tushunarli bo‘lishini ta’minlashi kerak. Faktlarni ajratib olish va tanlashni amalga oshirar ekanmiz, biz axbo-rotga va uning filtratsiyasiga ta’sir ko‘rsata boshlaymiz. Bu har doim ham manipulyatsiya bilan bog‘liq bo‘lmaydi, balki urg‘u berish uchun biz birinchi darajali va ikkinchi darjali ma’lumotlarni ajratamiz. Ayni paytda, bu dunyoni o‘zimizning nuqtai nazarimizdan ko‘rsatish yo‘lidagi qadam hisoblanadi. Ushbu tamoyil, manbalar bilan ishlashda ham va umuman media bilan ishlashda ham bunday vaziyat kuzatilishi mumkinligini ta’kidlaydi, 21 ushbu faktni albatta hisobga olish kerak.
4-tamoyil. Har bir fuqaro, bunday intilishni namoyish etmasa-da, yangi ma’lumotlar, bilim va xabarlarni olish va ularni tushunishni, boshqalar bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lishni istaydi. Ularning bunday huquqi hech qachon buzilmasligi kerak. Ushbu tamoyil, shuningdek, deyarli barcha mamlakatlarning qonunchiligida mustahkamlangan. Ammo AKT rivojlanishi tufayli bu huquq shu bilan birga texnologiyalarga ham tegishli bo‘lib qoldi, texnologik imkoniyatlar kommuni-katsiya usullarini o‘zgartirdi, shu munosabat bilan ushbu konstitutsiyaviy huquq hatto hozirgi axborot almashish jarayoniga elektron formatga raqamli o‘tish sharoitida ham buzilmasligi kerak.
5-tamoyil. Media va axborot savodxonligini birdaniga o‘zlashtirib bo‘lmaydi. Bu — doimiy va dinamik tajriba va jarayon. U o‘z ichiga axborotdan foydalanish, uni yaratish va uzatish, media va texnologik kontent bo‘yicha
bilim, ko‘nikma va qarashlarni qamrab olganda yakunlangan, deb hisoblanishi mumkin. Shunday qilib MAS asta-sekin, har bir shaxsning shakllanishiga parallel tarzda shakllantiriladigan kompetensiyaga kiritiladi.
Download 1.02 Mb.




Download 1.02 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



101 guruh talabasi Burxonov Quvonchbek fan: Media Savotxonlik va axborod madanyati

Download 1.02 Mb.