O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsusta’lim vazirligi qarshi davlat universeteti




Download 464.35 Kb.
bet1/41
Sana13.06.2023
Hajmi464.35 Kb.
#72442
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Mustaqil ish
2 mavzu Ergashgan qoʻshma gaplar Bosh va ergash gap 2 soat, 1 mavzu Qoʻshma gap haqida ma\'lumot Bogʻlangan va bogʻlovchisiz, Influence of local food on tourist motivation in Bukhara, Thesis paper (18110526)!, Barabanli quritgich (4), KURS ISHI 3, Metrologiya, 121993 (1), Lesson plan, Jismoniy madaniyat bakalavriat ta`lim yo\'nalishida o\'quv jarayonini, 100-104, 415-419, Daily routine1, 02


1-Mavzu: Psixodiagnostikaga kirish
Reja
1. Psixodiagnostika predmeti va vazifalari.
2. Ilmiy va amaliy psixodiagnostikaning asosiy masalalari.
3..Psixodiagnostika – professional faoliyatdagi maxsus soha sifatida.
4.Psixodiagnostika va differensial psixologiya.
5.Psixodiagnostika psixologik tadqiqotlar sohasi sifatida shakllanguncha bo‘lgan
davrda psixodiagnostikaga oid bilimlar taraqqiyoti.
6.Psixodiagnostikaning psixologik tadqiqotlar mustaqil sohasi sifatida rivojlanish davri.
7.Psixodiagnostikaning yuzaga kelishdagi asosiy sabablar.
Asosiy tushuncha va atamalar
Psixodiagnostika; psixologik tashxis qo’yish; ilmiy va amaliy psixodiagnostika; psixodiagnostik usullar; psixologik bilimlar; psixodiagnostikani tashkillashtirish; amaliy psixologiya; nazariy psixologiya; professional faoliyat; differensial psixologiya
Psixodiagnostika so’zini asl mohiyati “psixologik tashxis qo’yish” yoki kishining mavjud psixologik holati va xususiyati haqida qaror qabul qilishni anglatadi.

Psixodiagnostika – amaliy jihatdan deyarli psixologning barcha faoliyat doiralarida, ya’ni psixologik-pedagogik tadqiqotlarda muallif yoki ishtirokchi sifatida qatnashayotganda, psixologik maslahat hamda psixologik korreksion ishlarni amalga oshirayotgan jarayonda qo’llanadi. Ammo ko’pincha amaliy psixologning ishlarida psixodiagnostika – faoliyatning alohida mustaqil turi sifatida namoyon bo’ladi. Uning maqsadi psixologik tashxis qo’yish, ya’ni kishini mavjud psixologik holatini baholash orqali ifodalanadi.

Shunday qilib, diagnostika yorqin namoyon bo’luvchi individul-psixologik, psixofiziologik xususiyatlar asosida olingan ma’lumotlarni taqqoslash bilan alohida kishi yoki ma’lum shaxslar guruhi borasida xulosa

Psixodiagnostikaning nazariy asoslari psixologiya fanining turli jabhalari, jumladan, umumiy, dif-ferensial, tibbiy, yosh davrlari psixologiyasi kabi sohalarga asosla-nadi. Uning metodik usullariga esa, individual-psixologik xususiyatlar-ni o’rganish, olingan natijalarni qayta ishlash va tahlil qilishning aniq yo’l-yo’riqlari kiradi.
Psixodiagnostika sohasidagi nazariy metodik ishlarning yo’nalishlari avvalambor psixologik amaliyot talablari asosida belgilanadi. Ushbu talablarga muvofiq usullarning maxsus kompleksi shakllanadi.
Psixodiagnostik faoliyat jarayonini metodikalar aprobasiyasi, talablar yo’riqnomasini ishlab chiqish, tadqiqotlarni o’tkazishdagi qonun-qoidalarni yaratish, natijalar tahlilining usullarini shakllantirish hamda ma’lum metodlarning imkoniyat va cheklanishlarini muhokama qilish tashkil etadi.
Diagnostik faoliyat o’z maqsadiga ko’ra tashxis (diagnoz) yo’nalishishining turli ko’rinishlariga egadir. Qo’yilgan tashxis o’rganilayotgan xususiyatlarni shakllantirishga yoki korreksion ishlarni tashkil etishga qaratilgan amaliy tavsiyalar orqali ifodalanadi.

Download 464.35 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Download 464.35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsusta’lim vazirligi qarshi davlat universeteti

Download 464.35 Kb.