• Interpretasiya va qayta ishlash bosqichi
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsusta’lim vazirligi qarshi davlat universeteti




    Download 464.35 Kb.
    bet6/41
    Sana13.06.2023
    Hajmi464.35 Kb.
    #72442
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
    Bog'liq
    Mustaqil ish
    2 mavzu Ergashgan qoʻshma gaplar Bosh va ergash gap 2 soat, 1 mavzu Qoʻshma gap haqida ma\'lumot Bogʻlangan va bogʻlovchisiz, Influence of local food on tourist motivation in Bukhara, Thesis paper (18110526)!, Barabanli quritgich (4), KURS ISHI 3, Metrologiya, 121993 (1), Lesson plan, Jismoniy madaniyat bakalavriat ta`lim yo\'nalishida o\'quv jarayonini, 100-104, 415-419, Daily routine1, 02
    vaziyatli o’zgaruvchanlar

  • tadqiqot vazifasining o’zgaruvchan maqsadlari

  • tadqiqotchi va sinaluvchining o’zgaruvchanligi

    kabi turlari ajratiladi. Bu ko’rsatkichlarning ahamiyati tadqiqot o’tkazish, uni tahlil qilish va olingan natijalarni qo’llay bilish kabi jarayonlardagina inobatga olinishi lozim. Ma’lumki, testlashtirish jarayoniga kuchli ta’sir etuvchi omillarning barchasini ham nazorat qilib bo’lmaydi. Shu bois, testlashtirish tayyorgarligi jarayonida favqulodda kutilmagan vaziyatlarni yuzaga kelishini inkor etmasdan, uning bir maromda o’tkazilishini ta’minlash dolzarbdir. Testdan foydalanayotgan psixolog sinaluvchining hukmiga havola etilayotgan topshiriq va vazifalarni bajarilishi uchun barcha diqqat-e’tiborini yo’naltirishiga hamda bor kuch-quvvatini safarbar eta olishiga to’la ishonch hosil qilishi kerak.
    Fanda psixodiagnostik vaziyatlar klassifikasiyasi yaratilgan bo’lib, V.I.Drujinin (1990) uning to’rtta varianti mavjudligini ta’kidlaydi:
    Shuningdek, diagnostik vazifalarga mos keladigan metodikalarning tanlanishi tadqiqotni o’tkazlishni shakllantirilishi va undan olinadigan natijalar foydalanilayotgan usul xususiyati asosida ham aniqlanadigan bo’lishi kerak. “Taxminiy” baholar standart kattaliklar va aqliy koeffisiyentlarga aylanadi hamda “shaxs ko’rinishi – chizmasi” yaratiladi.


    Interpretasiya va qayta ishlash bosqichi
    Psixodiagnostik sohaning qator mutaxassislari, tadqiqotdan olingan natijalarni miqdoriy baholanishini foydali ekanligi xususida fikr bildiradilar. Ammo tadqiqot ma’lumotlarini umumlashtirishning qanday yo’llari ishonchliroq ekanligini bashorat qilish borasida qarama-qarshi fikrlar ham mavjud. Shu bois, klinik-subyektiv tajriba va intuisiyaga yoki statistik-obyektiv va kriteriylarga yo’naltirilgan umumlashtirish afzalmi, degan mushohadalar hamon davom etmoqda.
    Klinik yondoshuv sifatli tahlillarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Uning muhim xususiyatlari “subyektiv hukm” va professional tajribaga asoslanganligidadir. Natijada,“sof holda”gi klinik yondoshuv haqiqiy fikrlashdan uzoq bo’lmaydi.
    Ushbu munozaralarning asoschisi P.Mil (1954) hisoblanadi. Bu sohada u ancha tajribaga ega bo’lganligi bois, statistik interpretasiya klinikka nisbatan samaraliroq ekanligi to’g’risida xulosa qiladi. Chunki, psixolog inobatga oladigan diagnostik ma’lumotlar hajmining kengayib borishi avval o’sishga, so’ngra esa interpretasiya aniqligini kamayishiga xizmat qiladi. Lekin bu klinik yondoshishlar psixodiagnostikada ahamiyatli o’rin egallamaydi, degani emas. Shaxsni har tomonlama bog’lanish va munosabatlar doirasida ta’riflash vazifasi yuklanganda statistik yondoshish klinikni o’rnini bosa olmaydi. Klinik yondoshuvga muqobilini topish juda murakkab jarayondir.
    Proektiv metod oraliqdagi o’z darajasiga ko’ra psixologik o’lcham va faoliyat mahsuldorligining analizi metodi bo’lib hisoblanadi. Proektiv metodning istalgan muolajasini qo’llash, istalgan psixologik testni qo’llashga o’xshashdir, sinaluvchidan alohida vazifalarni bajarish so’raladi, rasmni chizish, rasm asosida hikoya tuzish, gapni to’ldirish. Eksperimentator uning harakatlarini boshqaradi, suhbatni olib boradi, vazifalarni alohida ketma-ketlikda ko’rsatadi, ammo an`anaviy test o’tkazishda muolaja tahlili va ishlanayotgan faoliyat mahsulotlari tahliliga ko’proq urg`u beradi.
    L.Frenka klassifikatsiyasiga binoan proektiv metodikalar unchalik ko’p emas; «Uyning rasmi» testi, «Odam qomati», Gudinaf va Maxover testi, «Daraxt rasmi» testi. Ammo u yoki bu chegarada faoliyat mahsuli tahlili kuzatiladi va tahlil jarayonida, boshqa test natijalarida ham kuzatib boriladi.
    Ular qatoriga TAT, Rozentsvey testi, Rorshaxning «Siyoh dog`lari» testi, yozuv analizi kiradi.
    Barcha proektiv testlarga quyidagilar xos:
    - Materialning yoki vazifaning nisbatan noaniqligi.
    - «Ochiqlik» - barcha javoblar – sinaluvchi barcha reaktsiyalari qabul qilinadi.
    - Mulozamatlilik muhiti va eksperimentator tomonidan chetdan baholashning ishtirok etmasligi.
    -Psixik funktsiyaning o’lchanishi emas, ijtimoiy muhitga munosabatni, shaxsning xususiyati o’lchanishidir.

    Metodikalarni standartlashtirish mezonlari






    Ijtimoiy psixologik me`yorlar

    Matematik statistik qayta ishlanganlik





    Tanlanma to’plamdagi sinaluvchilarning ko’rsatkichlari



    Download 464.35 Kb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




    Download 464.35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsusta’lim vazirligi qarshi davlat universeteti

    Download 464.35 Kb.