Psixodiagnostik metodikalarni ishlab chiqish, moslashtirish va foydalanish




Download 464.35 Kb.
bet8/41
Sana13.06.2023
Hajmi464.35 Kb.
#72442
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
Bog'liq
Mustaqil ish
2 mavzu Ergashgan qoʻshma gaplar Bosh va ergash gap 2 soat, 1 mavzu Qoʻshma gap haqida ma\'lumot Bogʻlangan va bogʻlovchisiz, Influence of local food on tourist motivation in Bukhara, Thesis paper (18110526)!, Barabanli quritgich (4), KURS ISHI 3, Metrologiya, 121993 (1), Lesson plan, Jismoniy madaniyat bakalavriat ta`lim yo\'nalishida o\'quv jarayonini, 100-104, 415-419, Daily routine1, 02
3.Psixodiagnostik metodikalarni ishlab chiqish, moslashtirish va foydalanish.
Psixodiagnostik adabiyotlarda qayd etilgan ma’lumotlarga tayanganimizda, test nazariyalari borasida o‘ziga xos tajribalar va talablar aniq belgilab qo‘yilganligini guvohi bo‘lamiz[1, 2, 3, 4, 5 ]. Testlar va so‘rovnomalarni yaratish, ularni bir muhitdan ikkinchisiga moslashtirish yoki yangi modifikatsiyalarni yaratishni o‘zi ulardan muttasil foydalanish lozim degan xulosani bermaydi. Testlar va so‘rovnomalarni ishonchli va validligini belgilovchi standartlar mavjud. AQShda har yili obyektiv ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan testlar va so‘rovnomalar haqida“Aqliy qobiliyatlarni o‘lchash yilnomasida” ma’lumotlar berib boriladi. Bundan ko‘rinadiki, qator mamlakatlarda testlar va so‘rovnomalar rasmiylashtiriladi va baholanib borilar ekan. Bugungi kunda bizning sharoitimizda ham psixodiagnostik tadbirlarda sifat bosqichiga erish uchun mavjud tajribalarga tayanib, mahalliy mutaxassislar tomonidan bir qator masalarlar qayta ko‘rib chiqilishi lozim:
Yuqorida sanab o‘tilgan holatlar bo‘yicha olib boriladigan chora-tadbirlar Respublikamizda psixologik tadqiqotlarda sifatga erishishda ijobiy natijalar beradi.
Psixologik testlardan foydalanishning tarixiy taraqqiyotining bir davri20-asrning boshlarida Fransuz olimlari A.Bine va T.Simonlarning xizmatlari kattadir. Chunki ular tomonidan bodaning maktabga tayyorligini psixologik aniqlashga qaratilgan dastlabki urinishlari zamirida J.Kettellning intellekt to‘g‘risida izlanishlarining uzviy davomi sifatida qarashga to‘g‘ri keladi. Ularning izlanishlarida Fransiya maorif vazirligi tomonidan berilgan topshiriqlarni amalga oshirish uchun olib borgan ishlari natijasida psixologiyada aqliy yoshni aniqlashga erishdilar. A.Bine va T.Simonning izlanishlariga qadar nemis olimi G.Ebbingaus tomonidan olib borilgan izlanishlar aynan ularning intellektula testlarni ishlab chiqishi uchun nazariy asos bo‘ldi deyish mumkin. Chunki, G.Ebbingaus tomonidan taqdim etilgan xotirani o‘rganish testlari inson psixologiyasi borasidagi Yangi metodik izlanishlar natijasi edi.
Ularning yosh xususiyatlariga ko‘ra farqlanishi foiz hisobida ajratilar edi. Bunda yosh bosqichlarini ajratuvchi foizli mezon67 % dan75 % diapazon olingan. Berilgan topshiriqlarni ko‘p miqdorda bolalar yecha olmasalar bu test topshiriqlari murakkab, aksincha ko‘pchilik qismi yecha olgan hollarda yengil test topshiriqlari hisoblangan. Test tarixidagi A.Bine va T.Simonning test topshiriqlarida misol sifatida keltiriladi(1911). Ularning ilmiy izlanish natijalari bir muncha bo‘lsa-da testlarninng ishlab chiqishda o‘ziga xos ilmiy– nazariy asos bo‘la olgan.


Download 464.35 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Download 464.35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Psixodiagnostik metodikalarni ishlab chiqish, moslashtirish va foydalanish

Download 464.35 Kb.