• Kalit so’zlar
  • Yo’l qoplamalarini ta’mirlash usullari ahmadjonov Muhammad Ali Azimjon o‘g‘li




    Download 460.06 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana10.11.2023
    Hajmi460.06 Kb.
    #96935
      1   2   3   4
    Bog'liq
    415-419
    2 mavzu Ergashgan qoʻshma gaplar Bosh va ergash gap 2 soat, 1 mavzu Qoʻshma gap haqida ma\'lumot Bogʻlangan va bogʻlovchisiz, Influence of local food on tourist motivation in Bukhara, Thesis paper (18110526)!, Barabanli quritgich (4), KURS ISHI 3, Metrologiya, 121993 (1), Lesson plan, Mustaqil ish, Jismoniy madaniyat bakalavriat ta`lim yo\'nalishida o\'quv jarayonini, 100-104, Daily routine1, 02


    415
    YO’L QOPLAMALARINI TA’MIRLASH USULLARI
    Ahmadjonov Muhammad Ali Azimjon o‘g‘li
    Stajyor o‘qituvchi Namangan muhandislik qurilish inistituti
    Annotasiya: Maqolada sementbeton qoplamalarini yuza qatlamlarini ta’mirlash,
    qoplama yuzasini ta’mirlashga tayyorlash, sement “qaymog’i”ni ko’chishini bartaraf etish
    jarayoni, qoplamaning yuza qatlamini ta’mirlash uchun materiallar, qoplama yuzasini
    ta’mirlashga tayyorlash bo’yicha amalga oshiriladigan ishlar, qorishmani tayyorlash usullari
    yoritilgan.
    Kalit so’zlar: Sement “qaymog’i”, qoplama, ta’mirlash, rekonstruksiya, texnologiya,
    yo’riqnoma, beton, olmos, arrali, sement aralashmasi, ogoxlantiruvchi, tayyorlash, rivojlantirish,
    yo’l, jarayon, suniy.
    Kirish. Ta’mirlash ishlarini boshlash uchun tayyorgarlik ishlari ta’mirlash ishlarini
    boshlash uchun tayyorgarlik ishlari quyidagilardan iborat:
    a) Loyiha instituti yoki mutaxassislar tomonidan tayyorlanib, buyurtmachi tasdiqlagan
    loyiha-smeta bilan tanishish;
    b) Loyiha–smetada ko’rsatilgan texnologik jarayonni bajarilishini ta’minlovchi
    materiallar va mashina- mexanizm, jihozlar (barmoqli va olmos diskli freza, olmosli kesgich, sim
    ignali pistoletlar, metall cho’tkalar, purkovchi qurilma va sayqallovchi mashinalar)ni ob’ektga
    olib kelishni ta’minlash.
    v) Sementobeton qoplamalarni yuza qatlamini ta’mirlashda ishtirok etuvchi ishchi-
    mutaxassislarga ta’mirlash texnologik jarayonlarni bajarilish usullarini tushuntirish.
    g) Mehnat muxofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilishi bo’yicha
    yo’riqnoma berish va maxsus jurnalga shaxsiy imzolar bilan qayd etish.
    d) Harakat xavfsizligini ta’minlash uchun ogohlantiruvchi, ta’qiqlovchi va buyuruvchi
    yo’l belgilarini zahirasini yaratish kerak va undan keyin qoplama yuzasini ta’mirlashga
    tayyorlash. Qoplama yuzasini ta’mirlashga tayyorlashni tashkil etishda quyidagilarga rioya qilish
    lozim:
    a) Avtomobil yo’llarida ta’mirlash ishlarini olib borish qismida xavfsizlikni ta’minlash
    uchun transport vositalari harakatini MQN 37-07 [15] talabiga asosan tashkil etish (belgilarni
    me’yorga asosan o’rnatib chiqish).
    b) Ta’mirlanayotgan qism yuzasini tayyorlash alohida jiddiy e’tibor berish, texnologiya
    asosida puxtalik bilan amalga oshirish. Qoplama yuzasiga transport vositalarining yuklamasi va
    tabiiy iqlim omillari ta’sir etganda, undan ko’p jihatdan ta’mirlashga ishlatiluvchi mahsulotning
    tarkibi eski beton yuzasi bilan ilashish mustahkamligi va ta’mirlangan qismning buzilishga
    qarshiligiga bog’liq bo’ladi.
    v) Qoplamadagi nuqsonli yuzalar chegarasini aniqlash.
    g) Ta’mirlanayotgan beton yuzasini tayyorlashga qo’yiladigan talablar ularni buzilish
    darajasiga va ta’mirlash ishlarini bajarishda ishlatiladigan materialga bog’liq holda belgilanadi.
    Qoplamani ta’mirlash ishlarini bajarish texnologiyasi Qoplamani ta’mirlash ishlarini bajarish
    texnologiyasi quyidagi jarayonlarni qamrab oladi:
    a) Beton qoplamani buzilgan yuzasi cheti (konturi), sirt bo’yicha beton qoplama
    yuzasiga perpendikulyar ravishda tishiga olmos bilan ishlov berilgan yumaloq arrali kuch
    qurilmasi elektr yoki avtobenzin bilan ishlovchi ichki yonuv dvigatelga bo’lgan uskuna bilan
    buzilgan yuza chuqurligidan kam bo’lmagan chuqurlikkacha kesiladi.
    b) Nuqsonli kuchsizlangan betonli yuzani perforator, havo bilan ishlovchi zarbali bolg’a
    (pnevmo otboyn molotok) yordamida buzib olib, qo’l kuchi yordamida chiqindilardan tozalash
    yoki freza yordamida buzilgan qatlam belgilangan qalinlikda qo’porib olinadi. Kontur bo’yicha
    “Sog’lom” betonni olmosli jihoz bilan kesish, bo’ylama (gorizontal) yuza bo’yicha qoplamani


    416
    buzilgan eng chekka yuza chegarasidan 20 mm dan oshmasligi lozim. Qoplamadagi nuqsonli
    joylarni belgilash va kesishning tavsiya etiladigan sxemasi quyidagi rasmlarda keltirilgan.

    Download 460.06 Kb.
      1   2   3   4




    Download 460.06 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yo’l qoplamalarini ta’mirlash usullari ahmadjonov Muhammad Ali Azimjon o‘g‘li

    Download 460.06 Kb.
    Pdf ko'rish