• 3. Psixodiagnostik metodikalarni ishlab chiqish, moslashtirish va foydalanish. 4. Ishonchlilik..Validlik. Tayanch so‘z va iboralar
  • 1. Diagnostik materiallarni sifat tahlili. Meyoriy yo‘naltirilgan testlarni ishonchliligini baholash.
  • 2. Testologiya va psixodiagnostika metodlari tushunchalari. Metodikalarni ishlab chiqish va foydalanishning talablari.
  • -MAVZU: PSIXODIAGNOSTIKANING PSIXOMETRIK ASOSLARI




    Download 464.35 Kb.
    bet7/41
    Sana13.06.2023
    Hajmi464.35 Kb.
    #72442
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
    Bog'liq
    Mustaqil ish
    2 mavzu Ergashgan qoʻshma gaplar Bosh va ergash gap 2 soat, 1 mavzu Qoʻshma gap haqida ma\'lumot Bogʻlangan va bogʻlovchisiz, Influence of local food on tourist motivation in Bukhara, Thesis paper (18110526)!, Barabanli quritgich (4), KURS ISHI 3, Metrologiya, 121993 (1), Lesson plan, Jismoniy madaniyat bakalavriat ta`lim yo\'nalishida o\'quv jarayonini, 100-104, 415-419, Daily routine1, 02
    3-MAVZU: PSIXODIAGNOSTIKANING PSIXOMETRIK ASOSLARI
    Reja:
    1. Diagnostik materiallarni sifat tahlili. Meyoriy yo‘naltirilgan testlarni ishonchliligini baholash.
    2. Testologiya va psixodiagnostika metodlari tushunchalari. Metodikalarni ishlab chiqish va foydalanishning talablari.
    3. Psixodiagnostik metodikalarni ishlab chiqish, moslashtirish va foydalanish.
    4. Ishonchlilik..Validlik.
    Tayanch so‘z va iboralar
    Test tuzish, testni qo‘llash, modifikatsiya, diagnostik material, ishonchlilik, testni baholash, obyektivlashtirish
    1. Diagnostik materiallarni sifat tahlili. Meyoriy yo‘naltirilgan testlarni ishonchliligini baholash.
    Eksperimental psixologik tadqiqot naijalari ishonchli bo‘lishi uchun tadqiqotni o‘tkazishda muayyan reja tartibga amal qilishi kerak. Dastlab tekshiriluvchi Haqida umumiy ma’lumotlar tuplashga Harakat qilinadi, suxbat o‘tkaziladi. Bunda tadqiqotchi tekshirilovchi bilan iJobiy xissiy aloqa urnatib, bajariladigan topshirikning maqsad va vazifalarini tushuntirib beradi, sungra tadqiqotning eksperimental kismiga utish mumkin.
    Eksperiment jarayonida olingan natijaarni puxta yezib berishi keyingi sifatli taxlilni yeritib beradi. Eksperimental psixologik tadqiqot bir necha bosqichda o‘tkazilishi zarur.
    Olingan ma’lumotlar asosida tadqiqotchi tekshiriluvchi shaxsning Harakteri,aqli,xotirasi,xissiyeti psixik buzilishlar mavjudligi yoki yukligi Haqida xulosa chiqaradi.
    Psixologiyada matematik statistikaga nisbatan zarurat nega paydo bo‘lganligini tahlil qilganimizda psixologik kuzatish va tajriba natijalarini so‘z orqali ifodalaganda subyektivlik xolatlari bo‘lishi muqarrar, bunday subyektivlik xolatlari muddatidan avval xulosa chiqarishda, asoslanmagan umumlashtirishlarda namoyon bo‘lishini tasavvur etishimiz lozim.
    2. Testologiya va psixodiagnostika metodlari tushunchalari. Metodikalarni ishlab chiqish va foydalanishning talablari.
    Testologiyada yetarlicha izlanishlar va metodikalar yaratilayotgan bo‘lsa-da, ammo tatbiq etishdagi sifati masalasi doimo mutaxassislar diqqat marakazi bo‘lishi lozim bo‘ladi. Testologiya tarixidan ham ma’lumki, dastlabki diagnsotik metodikalar, xususan, ispan olimi Xuan Xart(1530-1589), J.Eskirol(1772-1840), E.Segen(1812-1880), tomonidan taqdim etilgan diagnostik vositalar inson psixologiyasining ma’lum bir jihatlarini yoritishga qaratilgan bo‘lsa-da, tashxis natijalari sifatini baholash borasida ma’lum talablar masalalari xususida to‘xtalishga erta edi. Shunday bo‘lsa-da, fransuz olimlar J.Eskirol va E.Segenlar psixik kasallik bilan aqliy taraqqiyotdan ortda qolish o‘rtasida farqlashni mezonlar orqali o‘rganishga kirishgan edilar.
    Ilmiy Testologiyaning tarkib topishida psixologiya fanida eksperiment va o‘lchash g‘oyalarining kirib kelganligini tadqiqot sohasida qo‘yilgan katta qadam deb baholash mumkin. Bu boradagi o‘rinishlarniXIX asrning30-yillarida nemis olimi Volf tomonidan diqqat xususiyatlarini aniqlash borasidagi uzoq vaqt davomida olib borgan izlanishlarida kuzatish mumkin. Bu esa nemis olimini psixometriya tushunchasini fanga olib kirgan degan xulosani beradi. E.Veber va G.Fexnerning(XIX asrdagi o‘rtalari) psixofizik tadqiqotlari ham eksperimental psixologiyada psixik hodisalarni o‘rganishda yangi yo‘nalish ochgan deyishimiz mumkin. Bu tarzdagi tadqiqotlarlar ko‘lamini yana bir qator olimlar misolida sharhlash mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan tarixiy manbalar psixodiagnosika sohasidagi ilmiy qadamlar hisoblanadi. Ammo bugungi kunda ham psixodiagnostik metodikalarni tatbiq etishda sifat masalasiga e’tibor qaratish tadqiqotchilarning diqqat markazida bo‘lishi lozim. Chunki, ko‘p holatlarda tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilayotgan muammoning baholash apparati, ularning mezonlari va yondashuvlari mavhum holda bo‘ladi. Natijada tadqiqotdan olinayotgan ma’lumotlarda ilmiy yanglishishlar yo‘l qo‘yiladi yoki tadqiqot yangiligini izohlashga asos bo‘lmay qoladi. Shuning uchun psixodiagnostik metodikalarni tatbiq etish yoki diagnostika sifatini aniqlashda uning darajalari va jihatlarini inobatga olish maqsadga muvofiq. Shu o‘rinda golland olimi Yan ter Laakning yondashuvini e’tiborga olish lozim. Uning fikricha Testologiyada sifatni muhokama qilishdan oldin, testlar nazariyasi(klassik va zamonaviy), muhit bilan taraqqiyot borasidagi nazariyalarni, metodika bilan tadqiqot muammosning mosligini, diagnostik jarayoning borishidagi talablarni yaxshi bilish muhim degan xulosani beradi. Ammo Testologiyada sifatni aniqlash masalasi keng ko‘lamdagi ishlarni bajarishni talab etadi. Buning uchin psixodiagonostik metodikalar sifatini belgilovchi asosiy jihatlarga murojaat etish o‘rinli.

    Download 464.35 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




    Download 464.35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MAVZU: PSIXODIAGNOSTIKANING PSIXOMETRIK ASOSLARI

    Download 464.35 Kb.