• 5. A.Shtangelning vizual psixodiagnostika metodining mohiyati. 6. K.Yung psixologik tiplar haqida. Ekstravert. Introvert. Intuitiv tiplilar. Fikrlovchi tiplar.
  • - mavzu: Temperament asab tizimi xususiyatlari diagnostikasi




    Download 464.35 Kb.
    bet14/41
    Sana13.06.2023
    Hajmi464.35 Kb.
    #72442
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41
    Bog'liq
    Mustaqil ish
    2 mavzu Ergashgan qoʻshma gaplar Bosh va ergash gap 2 soat, 1 mavzu Qoʻshma gap haqida ma\'lumot Bogʻlangan va bogʻlovchisiz, Influence of local food on tourist motivation in Bukhara, Thesis paper (18110526)!, Barabanli quritgich (4), KURS ISHI 3, Metrologiya, 121993 (1), Lesson plan, Jismoniy madaniyat bakalavriat ta`lim yo\'nalishida o\'quv jarayonini, 100-104, 415-419, Daily routine1, 02
    7- mavzu: Temperament asab tizimi xususiyatlari diagnostikasi
    Reja:
    1. Shaxsning xulq-atvor nazariyasi
    2. Temperament va uning psixodiagnostikasi.
    3. Shaxsning guruhlardagi xulq-atvori.
    4. Shaxsning professional faoliyati va uning jamoadagi o’rni va statusi.
    5. A.Shtangelning vizual psixodiagnostika metodining mohiyati.
    6. K.Yung psixologik tiplar haqida. Ekstravert. Introvert. Intuitiv tiplilar. Fikrlovchi tiplar.
    Faylasuflar qadim zamonlardan buyon shaxs xulq-atvorining u yoki bu shakllari qonuniyatlarini aniqlashga, nima sababdan bir kishi bilan umumiy til topishi oson-u, boshqa kishi bilan umumiy til topishning hyech qanday iloji yo’qligini, ayrim kishining xulq-atvori mantig’i nima bilan belgilanishini aniqlashga urinib kelganlar.
    Xulq-atvor shaxsning atrof-muhit bilan o’zaro ta’sirga kirishish shakllaridan iborat bo’lib, ular bir qator omillarga bog’liq bo’ladi. Shaxsni va uning xulq-atvorini tavsiflab beradigan asosiy omillarga quyidagilar kiradi:

    • shaxsning tabiiy xususiyatlari, uning o’ziga xos psixologik xususiyatlari;

    • ehtiyojlari, sabablari, qiziqishlari tizimi;

    • shaxsni boshqarish tizimi, uning “men-obrazi”.

    Shaxsning tabiiy xususiyatlari – bular unda tug’ilgan vaqtidan boshlab mavjud bo’lgan narsalardir. Odatda, ular faollik va ta’sirchanlik singari dinamik tavsiflarning ma’lum darajada ifodalanishi bilan ajralib turadi. Shaxsning faolligi turli xil faoliyatlarga intilishida, o’zini namoyon qilishida, psixik jarayonlarning, harakat reaksiyasining kechish kuchi va tezligida ifodalanadi, ya’ni shaxsning faoliyatiga xos bo’lgan xususiyat sifatida namoyon bo’ladi. Faollikning eng oxirgi ifodasi, bir tomondan, katta kuch-g’ayrat sarflpsh, harakatdagi, faoliyatdagi, nutqdagi shiddatkorlik bo’lsa, ikkinchi tomondan, psixik faoliyat, nutq, imo-ishoraning zaifligi, passivligida aks etadi. Ta’sirchanlik shaxsning asabi qo’zg’aluvchanligining turli darajasida, uning atrofimizdagi olamga bo’lgan munosabatini ko’rsatib beruvchi his-tuyg’ularining shiddatkorligida namoyon bo’ladi. XX asr 20-yillarining boshlarida shvesariyalik psixiatr K.G.Yung shaxsning psixologik xususiyatlarini “ekstraversiya” va “introversiya” tushunchalari orqali ta’riflab berishni taklif etdi.
    Introversiya (into – ichki) shaxsning o’z shaxsiy manfaatlariga, ichki olamiga diqqat e’tiborining qayd qilinishi bilan ajralib turadi. Introvertlar o’zlarining manfaatlarini eng muhim deb hisoblab, uni yuqori darajada qadrlaydilar. Ular uchun odamovilik, biqiqlik, ijtimoiy passivlik, mustaqil tahlil qilishga moyillik, yetarli darajada murakkab ijtimoiy adabtasiya (ko’nikuvchanlik) xosdir. Introversiya – ekstraversiyaning hissiy tavsiflar bilan birga qo’shilib kelishi shaxs temperamentini belgilab beradi.

    Download 464.35 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41




    Download 464.35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - mavzu: Temperament asab tizimi xususiyatlari diagnostikasi

    Download 464.35 Kb.