9-mavzu: Axborot xavfsizligini taʼminlashning gʻoyaviy-nazariy asoslari (2 soat)




Download 438.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana23.11.2023
Hajmi438.92 Kb.
#104331
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Media 9- mavzu (1)
Topshiriq 2.1. (4), Лаборатория намуна, CAD- CAM- va CAE- tizimlari bilan ishlash., Kompyuter grafikasi va uning turlari, 7-Amaliy, Haydovchilar va piyodalarning majburyatlari, Ibragimov Quvonchbek (2), 1-2-3-4 ta chorak 25 ta j b-n 11 SINF TEST, Basqarıw wazıypaların anıqlaw (2), Boshlang’ich ta’lim metodikasi-azkurs.org, word, О\'zgarmas kuchlanish sathini siljitish qurilmasi


9-mavzu: Axborot xavfsizligini taʼminlashning gʻoyaviy-nazariy 
asoslari (2 soat) 
Reja: 
1. Yoshlarda media maydon, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish 
madaniyatini shakllantirish. 
2. Axborot manbalariga qiyosiy va tanqidiy yondashuv. 
3. Inkorini inkor qonunining media savodxonlik va axborot madaniyatida 
namoyon boʻlishi. 
4. Internet tarmogʻidagi milliy segmentlar va axborot xavfsizligining 
nazariy-metodologik asoslari.
Media madaniyat va media taʼlim muammolari 
YuNESKOning xalqaro konferensiyalarida (Parij, 1997, 
Vena, 1999), San-Paulodagi konferensiya va sammitda 
(1998), Yevropa Kengashi eshituvlarida (Strasburg, 
2002) muhokama mavzusi boʻldi. Umuman, chet ellik 
olimlarning aksariyati zoʻravonlik koʻrinishlari nazoratsiz oqimining yoshlarga 
salbiy taʼsirini baholashda yakdildirlar va bu sohada puxta oʻylangan yagona davlat 
siyosati yaratilishini qoʻllab-quvvatlaydilar.
Axborot olish imkoni va axborotlashuv jarayonlari rivojlanishini tartibga 
solishning mustahkam huquqiy bazasini shakllantirish shaxs, jamiyat, davlatning 
axborot-psixologik xavfsizligini taʼminlashning muhim omilidir. Shu boisdan 
koʻpgina hukumatlar axborotlashuv davrining turli xil daʼvatlariga qarshi choralar 
koʻrish uchun muhim xalqaro hujjatlarni imzolamoqdalar, faol nuqtai nazarlarini 
bildirmoqdalar.
Hozirgi kunda turli mamlakatlarning xalqaro axborot almashuvidagi 
muvozanat allaqachon va jiddiy ravishda buzilib boʻlgan. Bu axborot 
texnologiyalariga egalik qiluvchi jamiyatlarning fikrlari va baholari, gʻoyalari va 
qadriyatlari butun dunyo boʻylab yoyilishiga olib keldi. Hatto Xitoy, Hindiston, Misr 
va ular singari betakror madaniyat sohibi boʻlgan boshqa yirik davlatlar ham ularga 
qaram ahvolga tushib qolmoqda. Binobarin, oʻziga xos, ajoyib madaniyatga ega 
mamlakatlar oʻz aholisini bunday axborot bosqinchiligidan avaylab-asrashni 
oʻrganmas ekanlar, bir necha oʻn yillar oʻtib sayyoramiz madaniy ekologiyasiga 
oʻnglab boʻlmas darajada zarar yetkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasini ham toʻla 
huquq bilan shunday ardoqlashga munosib davlatlar jumlasiga kiritsa boʻladi. 
Bundan tashqari, yurtimiz hayotiga doir ayrim noxolis, tor doiradagi 
manfaatlardan kelib chiqib tarqatilayotgan maʼlumotlarga javoban axborotlarni 
global miqyosda targʻib etish tashqi axborot xurujlariga qarshi oʻziga xos qalqon 
vazifasini bajaradi. Bu esa turli geosiyosiy manfaatlarni koʻzlab amalga 
oshirilayotgan axborot xurujlarining taʼsirini kamaytirish va milliy axborot makoni 
xavfsizligini taʼminlashning muhim sharti hisoblanadi. Buning uchun kishilarda 
axborot bobida isteʼmol madaniyatini yuksak darajada shakllantirishga erishish 
zarur. Shu yoʻl bilan maʼlumotlarga koʻr-koʻrona ergashish va ularni notoʻgʻri talqin 
etishning oldi olinadi. Binobarin, axborot isteʼmoli madaniyatiga, ushbu sohada 

Download 438.92 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 438.92 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-mavzu: Axborot xavfsizligini taʼminlashning gʻoyaviy-nazariy asoslari (2 soat)

Download 438.92 Kb.
Pdf ko'rish