9-mavzu: Axborot xavfsizligini taʼminlashning gʻoyaviy-nazariy asoslari (2 soat)




Download 438,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana23.11.2023
Hajmi438,92 Kb.
#104331
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Media 9- mavzu (1)
Topshiriq 2.1. (4), Лаборатория намуна, CAD- CAM- va CAE- tizimlari bilan ishlash., Kompyuter grafikasi va uning turlari, 7-Amaliy, Haydovchilar va piyodalarning majburyatlari, Ibragimov Quvonchbek (2), 1-2-3-4 ta chorak 25 ta j b-n 11 SINF TEST, Basqarıw wazıypaların anıqlaw (2), Boshlang’ich ta’lim metodikasi-azkurs.org, word, О\'zgarmas kuchlanish sathini siljitish qurilmasi
Inkorini inkor qonunining 
media savodxonlik va 
axborot madaniyatida 
namoyon boʻlishi 


boʻlish (inkor)ni ifodalamay, balki taraqqiyot uchun zamin boʻlib xizmat qiladigan 
inkorni ifodalaydi. Bu qonunning ikki marta takrorlanuvchi inkorda (inkorni inkor) 
ifodalanishi narsa va hodisalarning doimiy ravishda oʻzgarib, bir holatdan ikkinchi 
holatga oʻtishi va oqibatda rivojlanishi uzluksiz ekanligidan kelib chiqadi. Har bir 
mavjud boʻlgan narsa va hodisa oʻzigacha boʻlgan narsa va hodisaning inkor 
etilishining mahsuli, ayni vaqtda shu narsa va hodisalarning oʻzi ham sharoitning 
oʻzgarishi va vaqtning oʻtishi bilan dialektik inkor etilishga mahkumdir. Har bir 
narsa va hodisaning oʻzgarishi qoʻshaloq, yaʼni hamisha ikki yoki undan koʻproq 
inkor etishlar bilan amalga oshadi. 
Inkorni inkorning yana bir muhim belgisi shuki, taraqqiyotdagi davriylikning 
tugallovchi halqasida, ikkinchi inkor bosqichida uning oldingi bosqichidagi baʼzi 
belgilari qayta tiklanadi (don — oʻsimlik va yana don). Boshlangʻich shaklni inkor 
qilgan narsa yana inkor etilganligi sababli qoʻshaloq inkor mazkur boshlangʻich 
shakldagi baʼzi tomonlarga xos belgilarning qayta tiklanishiga olib keladi. 
Inkorni inkorning mohiyatini ilgarilama harakat va vorislikning uzviy 
birligidan iborat, deb taʼriflash mumkin. Inkorni inkor tufayli taraqqiyot toʻgʻri 
chiziq shakliga emas, balki doira shakliga ega boʻlib, bu doirada oxirgi nuqta 
boshlangʻich nuqtaga yaqinlashadi. Lekin bu yaqinlashuv yuqori asosda sodir 
boʻlishi tufayli taraqqiyot burama (spiral) shaklga ega boʻladi. Bu buramaning har 
bir doirasi, aylanmasi yuqoriroq taraqqiyot holatini bildiradi, shu maʼnoda 
taraqqiyotning dialektik nazariyasida "buramasimon" soʻzi ishlatiladi. 
Koʻpincha inkorni inkor jarayonini "tezis" (taraqqiyotning boshlangʻich 
nuqtasi), "antitezis" (birinchi inkor) va "sintez" (inkorni inkor) shaklida ifodalab, 
taraqqiyotning mohiyatini ana shu uchlikda deb tushuntiradilar. 
Inkorni inkor jarayonida oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga qarab 
boruvchi rivojlanish sodir boʻladi.
Internet tarmogʻida "milliy segmentlar" 
ifodasi oʻzbek tili (Uzbek language) yoki 
Oʻzbekiston bilan bogʻliq xizmatlar uchun 
ishlatiladigan maxsus saytlar yoki platformalarni 
ifodalaydi. Bu tarmoq segmentlari oʻzbek tilida 
taqdim 
etilgan, 
Oʻzbekiston 
hududida 
joylashgan, 
oʻzbekistonlik 
foydalanuvchilarga yoʻnaltirilgan va Oʻzbekistonning milliy va madaniy 
xususiyatlari bilan mos keladigan internet resurslardir. 
Internetda milliy segmentlarga kirish uchun oʻzbek tili bilan yozilgan saytlar, 
Oʻzbekiston haqida yangiliklar, ijtimoiy tarmoqdagi oʻzbek tilidagi guruhlar va 
forumlar, Oʻzbekiston madaniyatini taqdim etadigan saytlar, oʻzbek milliy musiqa 
va kinolar bilan bogʻliq platformalar, oʻzbek oyoqlari (blogs) kabi resurslar 
kiritiladi. 

Download 438,92 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 438,92 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-mavzu: Axborot xavfsizligini taʼminlashning gʻoyaviy-nazariy asoslari (2 soat)

Download 438,92 Kb.
Pdf ko'rish