|
Kirish Nazariy bo‘lim
|
bet | 1/10 | Sana | 26.12.2023 | Hajmi | 1,49 Mb. | | #128542 |
Bog'liq Ibragimov Quvonchbek (2)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Fizika-Matematika fakulteti “Fizika o‘qitish metodikasi’’ kafedrasi
Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi mutaxassisligi
3V-kurs studenti Ibragimov Quvonchbekning
Fizika va astranomiya o‘qitish metodikasi fanidan yozgan
KURS ISHI
Mavzu: Qattiq jismlar inersiya momentlarini dasturiy hisoblash metodikasi
Kafedra mudiri: f-m.f.doc. A. Kamolov
Ilmiy rahbar: f-m.f.doc. B. Yavidov
Student: Q.Ibragimov
Nukus-2020
MAVZU: Qattiq jismlar inersiya momentlarini dasturiy hisoblash metodikasi
Reja:
Kirish
Nazariy bo‘lim
II.1 Qattiq jismlar
II.2 Qattiq jismlar inersiya momentlari
II.3 Qattiq jismlar inersiya momentlarini hisoblash
Uslubiy bo‘lim
III.1 Pedagogik texnologiyalar “Mantiqiy сhalkash zanjir’’ “Ko‘rgazma”metodi
III.2 Python dasturi haqida ma’lumot
III.3 Python dasturi orqali mavzuni tushintrish
IVXulosa
V.Foydalanilgan manbalar
V.1 Foydalanilgan adabiyotlar
V.2 Internet saytlari
V.3 Dasturiy ta’minot
Kirish
Respublikamizda yuqori malakali mutaxasis kadrlar tayyorlash bevosita ta’lim muassasalarining moddiy–texnika va axborot bazasini mustaxkamlash, yuqori sifatli o‘quv adabiyotlar, darsliklar, elektron o‘quv qo‘llanmalar va ma’ruza matnlarini yaratish, elektron kutubxonalar tashkil etish bilan bog’likdir. Zamonaviy bilimlar sari keng yo‘l ochish, ta’lim tizimini takomillashtirishda yangi axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish xozirgi kunning talabiga aylandi.
Fizika darslarida Maktab fizika kursida va Oliy fizika kursida shu zaruriyatlardan kelib chiqqan holda biz “Qattiq jismlar inersiya momentlarini dasturiy hisoblash metodikasi” mavzusidagi kurs ishini bayon etmoqchimiz.
Mavzuning dolzarbligi: Fizika fani tabiat hodisalarini tajriba yo‘li bilan o‘rganuvchi eksperimental fandir. Keyingi yillarda respublikamizda pedagogik amaliyotga yangi usul va vositalar jadal tadbiq etilmoqda. An’anaviy ta’lim shakli va usullari o‘rnini yangi ta’lim texnologiyalari egallamoqda. Bunday ta’limiy texnologiya jarayonini loyihalashtirish va rejalashtirishni faqat yangi ta’lim texnologiyaga oid bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lgan o‘quvchigina bajara olish mumkin. Shuni hisobga olib dastlab oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, so‘ngra akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o‘qituvchilari tarkibi uchun,”Innovatsion ta’limiy texnologiyalarni o‘quv jarayonlariga qo‘llash’’mavzudagi maxsus seminar trening va malaka oshirish kurslari tashkil etib, ularga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini dars jarayoniga qo‘llash to‘g’risidagi bilim, ko‘nikma va malakalar o‘rgatilib kelinmoqda. Va barcha fanlarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish yuzasidan uslubiy majmualarni ishlab chiqish jarayoni bosqichma-bosqich davom etmoqda. Hozirgi kunda ham bu jarayon to‘la nihoyasiga yetgan emas. Anashunday qilinayotgan ishlarning hayrli davomi sifatida fizika fani bo‘yicha ham shunday majmuani yaratishga ushbu kurs ishi mavzusining bag’ishlanganligi uning dolzarbligini ko‘rsatib beradi.
Mavzuni dolzarbligidan kelib chiqqan holda “Umumiy fizika” kursining “Qattiq jismlar inersiya momentlarini dasturiy hisoblash metodikasi’’ mavzusini o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy usullari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilishi nazarda tutilgan.
- ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalaridan
- amaliy mashg’ulotlarda aqliy hujum, guruhli fikrlash pedagogik texnologiyalaridan;
- o‘tkaziladigan tajriba mashg’ulotlarida kichik guruhlar musobaqalari, guruhli fikrlash texnologiyalarini qo‘llash nazarda tutiladi.
Bu maqsadga erishish uchun “Qattiq jismlar inersiya momentlarini dasturiy hisoblash metodikasi” mavzusini o‘qitish jarayoniga yangi ta’lim texnologiyalarini qo‘llashga oid quyidagi ilmiy uslubiy vazifalarini kurs ishida bajarilishi zarurligini asosiy vazifalar qilib qo‘yildi.
Mavzuning maqsad va vazifalari: Fizika fanidan Qattiq jismlar inersiya momentlarini dasturiy hisoblash metodikasini o‘rganish mavzusidagi Kurs ishida bayon etilgan nazariy va amaliy, hamda metodik tavsiyalarni fizika fanini o‘qitishda kerak deb hisoblaydi va quyidagilarni asosiy maqsad va vazifalar deb belgilaydi:
fizik nazariya kuzatishlar, tajribalar va hodisalar haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirilgan shaklini keng ommaga ko‘rsatish;
nazariy bilim amaliyot bilan uzviy bog’liqligini ko‘rsatish;
fizika fanining amaliy ahamiyatini ko‘rsatish;
fizik hodisalarni o‘rganishda zamonaviy axborot texnalogiya vositalardan foydalanish;
elektron manbalardagi materiallarni o‘qitishdagi afzaligini to‘g’ri talqin qilish;
dasturlar bilan ishlashni o‘rgatish va ular haqida ma’lumot berish.
fanga nisbatan qiziqishni uyg’otish;
yosh avlodga fizikani o‘rganishni davom ettirishga zamin yaratishdan iborat.
Mavzuning o‘qitishning ahamiyati: Kurs ishida bayon etilayotgan qattiq jismlarning inersiya momenti tushunchasini hamda mavzuning nazariy va amaliy tushunchalarini zamonaviy axborot texnalogiyalar yordamida elektron versiyalari (rasm, gif va video)ni dars jarayoniga tadbiq qilish natijasida o‘quvchilar fizika kursi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lib, ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy fikrlay olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirishi va milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayotlari va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan manbalarga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari fizika fani o‘qituvchilari uchun dars jarayonini to‘g’ri tashkil etish va vaqt me’yoridan to‘g’ri foydalanish imkoniyatlarini beradi.
|
| |