4.Yangi mavzuni mustahkamlash
Bugungi mavzuni mustahkamlash uchun biz ‘‘Ko‘rgazma strategiyasi metodidan foydalanamiz.
“KO‘RGAZMA” STRATEGIYASI
Texnologiya o‘quvchi (talaba)larda mavzu yuzasidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni ko‘rgazmali qurollar vositasida namoyish etish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Ko‘rgazmali qurollar (tasvir, sxema, maket va)ni yaratish uchun o‘quvchi (talaba)lar mavzu mohiyatini yorituvchi asosiy g’oya tushunchalarni ajrata olish, ular o‘rtasida o‘zaro mantiqiy bog’liqlikni yuzaga keltirish layoqatiga ega bo‘lishlari lozim.
Ta’lim-tarbiya jarayonida texnologiya asosida ishlashlari uchun o‘quvchi
(talaba)larga namuna sifatida quyidagi sxema taqdim etiladi:
Mashg’ulotda texnologiyani qo‘llash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
O‘qituvchi tomonidan topshiriq uchun mavzu, masala yoki muammo tanlanadi.
O‘quvchi (talaba)lar belgilab olingan asosiy g’oya va tushunchalaning mazmuni,ma'nosini sharhlaydi
Sharhlar kompyuterda “Power Point” dasturi bo‘yicha slaydlarda aks ettiriladi
O‘quvchi (talaba)lar tomonidan individual ravishda yoki guruh (juftlik) asosida tayyorlangan slaydlar muhokama qilinib,yakuniy xulosaga kelinadi
O‘quvchi (talaba)laning faoliyati o‘qituvchi tomonidan baholanadi
Bu ko‘rgazma strategiyasini darsda qo‘llash uchun auditoriyadagi o‘quvchilarni 3 ta guruhga bo‘lib olamiz,va har bir guruhga alohida mavzuga tegishli bo‘lgan bittadan ko‘rgazmani taqdim qilamiz. O‘quvchilar berilgan vaqt ichida shu ko‘rgazma haqida ma’lumot aytishlari kerak.
Demak bizda savollar
1-Savol, quyidagi rasmda ko`rsatilgan 3 ta jismga bir xil kuch ta'sir qilsa, ularning qaysi birining tezlanishi (joyidan qo‘zg`alishi) katta bo`ladi?
6-rasm
Buning javobi oddiy, to`g`rimi? Nyutonning 2–qonuniga ko`ra, kuchlar bir xil bo`lgani uchun, massasi kichik jismning tezlanishi (qo`zg`alishi) katta, massasi katta
bo`lgan jismning tezlanishi (qo`zg`alishi) kichik bo`ladi.
Endi sizlarga boshqa savol.
Quyidagi rasmlarda massalari bir xil bo`lgan, vertikal o`q atrofida aylanadigan turli shakldagi jismlar tasvirlangan. Ularga aylanish o`qidan bir xil masofada bir xil F kuchlar ta'sir qiladi (kuch o`zi qo`yilgan nuqta va aylanish o`qini tutashtiruvchi chiziq–radiusga tik yo`nalgan), ya'ni barchasida aylantiruvchi kuch momentlari bir xilda. Qaysi bir jismning burchak tezlanishi (qo`zg`alishi) katta (yoki kichik) bo`ladi?
Yuqoridagi 8 ta rasmda ko`rsatilgan holatlarda aylanuvchi jismlarning massalari va aylanturivchi kuch momentlari teng bo`lsada, ularning qo`zg`alishlari, ya'ni burchak
tezlanishlari turlicha bo`ladi. Ilgarilanma harakatda jismning tezlanishini uning inertligi, ya'ni massasiga bog`liq bo`lgan bo`lsa, aylanma haralatda burchak tezlanish jismning Inersiya momenti ga bog`liq bo`ladi.
1)Aylanish o`qidan r masofada joylashgan va aylanish o`qi bilan vaznsiz sterjen (ip) bilan bog`langan m massali moddiy nuqta (kichik jism):
J1=mr2
2) Radiusi r ga teng bo`lgan m massali xalqa (ichi g`ovak bo`lgan, qalinligi kichik silindr):
J2=mr2
3)Radiusi r ga teng bo`lgan m massali disk (huddi shunday radiusli ichi to`liq bo`lgan silindr):
J3=
4) Radiusi r bo`lgan m massali shar (ichi to`liq):
J4=
5) Radiusi r bo`lgan m massali sfera (ichi bo`sh, qalinligi kichik):
J5=
6) Uzunligi L bo`lgan m massali ingichka sterjen:
J6=
7–8) Eni va bo`yi a va b bo`lgan m massali to`g`ri to`rtburchak (va balandligi h bo`lgan to`g`ri burchakli parallelopiped)
J7,8=
O‘quvchilar javoblarini tinglab bo‘lgandan keyin savollar yakunida o‘qituvchi qo‘shimcha malumotlarni ham aytib o‘tadi:Keltirilgan inersiya momentlarining formulalaridan shu narsa xulosa qilinadiki, aylantiruvchi kuch momentlari bir-xil bo`lganda, qaysi jismning inersiya momenti eng kichik bo`lsa, o`shaning qo`zg`alishi oson bo`ladi, burchak tezlanishi katta bo`ladi.
|