|
Kirish Nazariy bo‘lim
|
bet | 5/10 | Sana | 26.12.2023 | Hajmi | 1,49 Mb. | | #128542 |
Bog'liq Ibragimov Quvonchbek (2)Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism
Salomlashish, davomat olish, sinf tozaligiga e’tibor berish va o‘quvchilarni darsga tayyorlash;
O‘quvchilar diqqatini oʻziga jalb etish;
O‘quvchilar bilan do‘stona munosabatda bo‘lish.
O‘quvchilarni o‘tilgan mavzularni tarqatmali ko‘rgazmalar yordamida takrorlash va baholash
2.O‘tilgan darsni takrorlash uchun “Mantiqiy chalkash zanjir’’” strategiyasidan foydalanamiz. Buning uchun auiditoriyadagi o‘quvchilarni 3 guruhga bo‘lamiz.
,,Mantiqiy chalkash zanjir’’ strategiyasi
Strategiya tushinchalar, bildirilgan fikrlar o‘rtasida bog’liqlikni yuzaga keltirish, ularni mantiqiy jihatdan ketma-ketlikda to‘g’ri ifodalashga yordam beradi. Uning mohiyatiga o‘qituvchi mavzuni yorituvchi malumotlarni to‘g’ri va notog’ri tartibda bayon etadi. O‘quvchi talabalarning vazifasi mantiqiy jihatdan notog’ri ifodalangan ma’lumotlarni. To‘g’ri dalillarga aylantirish, yuzaga kelgan mantiqiy chalkashni tuzatish, fikrlarni muayyan ketma-ketlikda to‘g’ri joylashtirgan holda uzilgan zanjirni ,,ulash’’dan iborat.
Mashg’ulotda strategiyani qo‘llash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Bu metodni qo‘llashda biz o‘tilgan mavzudan foydalanamiz.
3. Yangi mavzu bayoni
Mavzu: Qattiq jismlar inersiya momentlarini hisoblash
Qattiq jismlar deb aniq shakl va hajmga ega bo‘lgan jismlarga aytiladi. Qattiq jismlarda moddaning shakli turgʻun agregat holatda boladi. Bu holatda modda atomlarining issiqlik harakati ularning muvozanat vaziyatlari atrofida kichik tebranishlaridan iborat boʻladi. Qattiq jismlar o‘zlarining xossalariga qarab ikki turga bo‘linadi. Ulardan birlari kristall jismlar deb atalsa, ikkinchisi esa amorf jismlar deb ataladi. Amorf jismlar shakllarini saqlash qobiliyatiga ko‘ra, qattiq jismlarga tegishli bo‘ladi, biroq boshqa xossalari jihatidan suyuqliklardan farq qilmaydi. Masalan, amorf jismlar suyuqliklar kabi izotrop bo‘ladi, ya`ni ularning fizik xossalari hamma yo‘nalishlar bo‘yicha bir xil. Bu tur moddalar o‘z tabiatiga ko‘ra qovushoqligi juda katta bo‘lgan suyuqliklarga o‘xshash bo‘ladi. Shu sababli ular odatdagi va past haroratlarda oqa olmaydi. Biroq harorat ortganda ularning qovushoqligi kamayib borib, suyuqliklarga xos oqish qobiliyatiga ega bo‘lib boradi.
Haqiqiy qattiq jismlarda, ya`ni kristall jismlarda harorat ortishi bilan bunday yumshoqlanish ro‘y bermaydi. Kristall jismlar ham harorat ortganda suyuq holatga o‘tadi. Biroq, bunday o‘tish har bir kristall modda uchun aniq bir haroratda - erish haroratida ro‘y beradi. Kristall jismlarni amorf jismlardan farqlovchi yana bir muhim xususiyati ularning anizatropligi, ya`ni kristall jismlar fizik xossalarining turli yo‘nalishlar uchun bir xil emasligidir. Kristall va amorf jismlar xossalaridagi farqlar ularning ichki tuzilishidagi o‘ziga xoslik bilan tushuntirilishi mumkin.
Jismning inertsiya momenti bu jism aylanayaptimi yoki yo‘qmi bunga bog’liq bulmaydi. U jismga biror aylanish o‘qigi nisbatan tashqi kuchlar momenti ta’sir qila boshlaganda yuzaga keladi. Jismni inertsiya momenti uning burchakli tezlanishiga ta’sir kursatadi.
Inersiya momenti tenzor fizik kattalik boʻlib, oʻq atrofida aylanma harakatdagi inertlik oʻlchovidir. Jism massasining undagi taqsimoti bilan xarakterlanadi: inersiya momenti elementar massalarning asos koʻplik (nuqta, chiziq yoki tekislik) dan masofa kvadratiga koʻpaytmalari yigʻindisiga teng.
J= 2dm (1)
Xalqaro birliklar tizimida oʻlchov birligi: kg·m² bilan.
Belgisi: I yoki J. bilan belgilanadi.
Endi esa bir nechta qattiq jismlarining inersiya momentlarini hisoblash formulalari haqida to‘xtalsak yani:
5-rasm Turli shakldagi jismlarning inersiya momentlari
1-qattiq slindr disk
2-ichi bo‘sh bo‘lgan halqa
3-qattiq sfera
4- uzunligi L bo‘lgan M massali sterjen
5-qattiq slindirning o‘rtasidan bo‘luvchi o‘q
6-Qalinligi R ga teng bo‘lgan xalqa
7-Radiusi r bo`lgan m massali sfera (ichi bo`sh, qalinligi
kichik)
8- uzunligi L bo‘lgan M massali sterjen chekka qismidagi inersiya momentlari.
Keltirilgan inersiya momentlarining formulalaridan shu narsa xulosa qilinadiki, aylantiruvchi kuch momentlari bir-xil bo`lganda, qaysi jismning inersiya momenti eng kichik bo`lsa, o`shaning qo`zg`alishi oson bo`ladi, burchak tezlanishi katta bo`ladi.
|
| |