|
V.Baholash va ragʻbatlantirish
|
bet | 7/10 | Sana | 26.12.2023 | Hajmi | 1,49 Mb. | | #128542 |
Bog'liq Ibragimov Quvonchbek (2)V.Baholash va ragʻbatlantirish
Dars paytida faol qatnashgan o‘quvchilar albatta dars yakunida munosib taqdirlanadi. Bunday taqdirlashga oddiy bir misol bu rag’bat kartchkalari hisoblanadi.
Darsada qatnashgan ammo faol bo‘lmagan o‘quvchilar uchun ‘‘HARAKAT QIL ‘’ deb nomlangan kartchkalarni beramiz
Darsada qatnashgan ammo yetarlicha faol bo‘lmagan lekin harakatlari qoniqarli bo‘lgan o‘quvchilar uchun ‘‘YAXSHI‘’ deb nomlangan kartchkalarni beramiz
Darsada qatnashgan yetarlicha faol bo‘lgan o‘quvchilar uchun ‘‘A’LO‘’ deb nomlangan kartchkalarni beramiz
Darsada qatnashgan yetarlicha faol bo‘lgan sinfdagi boshqa o‘quvchilardan ajralib turgan o‘quvchi uchun ‘‘OTA ONASIGA MING RAXMAT‘’ deb nomlangan kartchkalarni beramiz
VI.Uyga vazifa berish. O‘tilgan mavzuni o‘qib kelish va mavzuga ta’luqli qo‘shimcha malumotlar bilan tanishib kelish.
III.2 Python dasturi haqida ma’lumot
Python dasturlash tili orqali nimalar qila olishimizni bilish qiziqarli bo‘lsa kerak
Python qila oladigan ba'zi narsalar quyidagilardir:
Python orqali veb-ilovalarni muammosiz ishlab chiqishimiz mumkin. HTML va XML, JSON fayllar hamda elektron pochta bilan ishlash, FTP, IMAP va boshqa shu kabi internet protokollari uchun kutubxonalar mavjud.
Requests - HTTP so‘rovlar bilan ishlash kutubxonasi
BeautifulSoup - HTML-parser
Feedparser - RSS / Atomni tahlil qilish uchun
Paramiko - SSH2 protokoli bilan ishlash uchun
Twisted Python - Asinxron veb dasturlash uchun
Django - Veb freymvork
Pyramid - Veb freymvork
Python dasturlash tilining Tk deb nomlangan standart GUI kutubxonasi mavjud bo‘lib, u orqali grafik interfeysli dasturlarni tuzish mumkin. Bundan tashqari GUI bilan ishlash uchun qo‘shimcha modullar ham mavjud.
wxWidgets
Kivy – multitouch ilovalarini yozish uchun (Desktop, Android, iOS)
Qt via pyqt or pyside (Desktop)
Ilmiy va sonlar bilan ishlovchi dastur:Python nafaqat dasturchilar balki fan hodimlari, olimlar tomonidan ham aktiv ravishda foydalaniladi,
bunga sabab uni o‘rganishning osonligi, tushunarliligi va tayyor kutubxonalarning mavjudligidir:
SciPy - matematika, fan va muhandislik uchun modullar to‘plami.
Pandas - ma'lumotlarni tahlil qilish va modellashtirish kutubxonasi
IPython - Ish sessiyalarini oson tartibga solish va yozish uchun kuchli qobiq. Bundan tashqari,tasvirlash va parallel hisoblashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Dasturlarni sozlash kursi - bu ilmiy hisoblash va bootcamps ishlaydigan asosiy ko‘nikmalarni
o‘rgatadi. Shuningdek, u ochiq-oydin o‘quv materiallarini taqdim etadi.
Python da qilingan katta lohiyalar
Youtube
Instagram Python/Django dan foydalangan
sentry
Disqus Python/Django da ishlab chiqilgan
Reddit
Read the Docs
reCaptcha dastlab Python da yozilgan
Pinterest
Quora
va boshqalar
7-rasm Python dasturining ishchi stolimizdagi ko‘rinishi
8-rasm. Mana bu esa python dasturining (hali birorta operatsiya bajarmagan paytdagi) ichki ko‘rinishi
Bu ko‘rinishdan shu narsa ayon bo‘ladiki yani bu ko‘rinish yani dasturning (ishchi stoli) ko‘rinishi 3 qismga bo‘linadi.
9-rasm. Dasturning qismlarga bo‘linish ishlash prinsipi va ularning vazifalari,
1-qism chap tomondagi kata bo‘lak bo‘lib biz bunda python dasturida ishlatiladigan kodlarni yozib ko‘rish uchun qo‘llaniladigan 1-ishchi stol.
Agarda kodni noto‘g’ri yozadigan bo‘lsak x belgisini ko‘ramiz bu belgi shuni anglatadiki biz yozayotgan ifodaning qaysidir joyida xato bor yoki noto‘g’ri operatsiya bajarayotganimzing isboti hisoblanadi.
2-qism; O‘ng tomondagi pastdagi qism bo‘lib biz bunda odatda asosiy hisoblashlarni ekranga chiqaramiz. Yani 1-qismda tayyor bo‘lgan kodlarni son qiymatlari bilan 2-qismga qo‘yib hisoblashlarni amalga oshiramiz.
3-qism; bu qism vazifalari ko‘p yani biz 1 va2-qismlarda yozgan ifodalarni son qiymatlarini ularni shakl, ko‘rinish, garfiklarini rasmlarini manshu qism ekranga olib chiqadi.
Endi esa biz bu dastur orqali nimalarga erisha olishimiz haqida va bu dastur bizning mavzuni qanday yoritib, o‘quvchi-talaba yoshlarga qanday tushintrib berishi va afzalliklari haqida to‘xtalsak:
Bu dasturning afzalliklari shundaki biror bir fizik jarayon (labaratoriya ishi, amaliy ish,kuzatilayotgan jism) ning hisob kitobini bajaribgina qolmay balkim uning shaklini va grafiklarini ham chizib bizga ko‘rsatib bera oladi.
Yana bir afzal taraflaridan bittasi bu uning tezkorligidir.
Bu dasturga qancha katta xonali son yozmang dastur uni bir zumda hisoblaydi.
|
| |