• 8-§. ELEKTR SIG’IM
  • -§. ELEKTR MAYDONIDA O’TKAZGICHLAR




    Download 0,84 Mb.
    bet26/46
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,84 Mb.
    #232120
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46
    Bog'liq
    Физикадан мавзулар

    7-§. ELEKTR MAYDONIDA O’TKAZGICHLAR

    Tajriba shuni ko’rsatadiki, tabiatdagi hamma jismlar elektr o’tkazuvchanligiga qarab uch sinfga bo’linadi:



    1. elektr tokini yaxshi o’tkazuvchi jismlar – o’tkazgichlar;

    2. elektr tokini o’tkazmaydigan jismlar – izolyatorlar yoki dielektriklar;

    3. elektr tokini sust, lekin tashqi fizik ta’sir ostida sezilarli darajada o’tkazuvchi jismlar – yarim o’tkazgichlar .

    O’tkazgichdagi zaryad tashuvchilar juda kichik kuch ta’siri ostida harakat qila oladi. SHuning uchun zaryadlarning muvozanati quyidagi shartlar bajarilgan taqdirdagina kuzatiladi:
    1. O’tkazgich ichidagi barcha nuqtalarda maydon kuchlanganligi nolga teng bo’lishi zarur, ya’ni ye 0;
    2. Maydon kuchlanganligining o’tkazgich sirti har bir nuqtasidagi yo’nalishi sirtga o’tkazilgan normalga mos bo’lishi kerak, ya’ni ye En. Demak, zaryadlar muvozanatda bo’lganda o’tkazgich sirti ekvipotensial bo’ladi. Muvozanatdagi o’tkazgich ichidagi hech qanday nuqtada ortiqcha zaryadlar bo’lishi mumkin emas, barcha zaryadlar o’tkazgichning sirti bo’ylab ma’lum zichlik bilan joylashadi.


    8-§. ELEKTR SIG’IM

    Agar o’tkazgichga biror q zaryad berilsa, u o’tkazgich sirti bo’yicha shunday taqsimlanadiki, o’tkazgichdagi maydonning kuchlanganligi nolga teng bo’ladi. Agar q zaryadga ega bo’lgan o’tkazgichga kattaligi xuddi shunday zaryad berilsa, zaryad ham oldingi zaryad kabi taqsimlanishi kerak, aks holda u o’tkazgichda nolga teng bo’lmagan maydon paydo bo’ladi. O’tkazgichdagi zaryadning ko’payishi atrofdagi jismlar zaryadlarining qayta taqsimlanishiga olib kelmagan holdagina yuqorida aytib utiladigan shart bajarilishini eslatib utish zarurdir. SHunday qilib, boshqa jismlardan o’zok masofada joylashgan o’tkazgichda kattaliklari har xil bo’lgan zaryadlar yuqoridagiga o’xshash taqsimlanadi, ya’ni jismning istalgan ikkita nuqtasi ularni olingan zaryad zichliklarining nisbati zaryadlarning kattaligi qanday bo’lishiga qaramay doimiy bo’ladi. Potensial va zaryad o’rtasidagi proporsionallik koeffitsenti o’tkazgichning elektr sig’imi deyiladi. Ushbu kattalik C bilan belgilanadi.


    Sig’im son jihatidan shunday zaryadga tengki, bu zaryad o’tkazgichga berilsa, uning potensiali bir birlikka ortadi. Agar ikki o’tkazgichga 1 Kl va -1 Kl zaryad berilganda, ular orasida 1 V potensiallar ayirmasi hosil bo’lsa, bu ikki o’tkazgichning elektr sig’imi bir birlikka teng bo’ladi. Bu birlik (F) Farada deyiladi va u 1F 1Kl/1V bo’ladi.



    Download 0,84 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46




    Download 0,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -§. ELEKTR MAYDONIDA O’TKAZGICHLAR

    Download 0,84 Mb.