|
-Ma’ruza: MEHNAT MUHOFAZASI BO‘YICHA ASOSIY QONUNLAR,STANDARTLAR VA ME`YORIY HUJJATLAR
|
bet | 15/61 | Sana | 29.09.2024 | Hajmi | 4,17 Mb. | | #272893 |
Bog'liq 21.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligicover maryam o 4-Ma’ruza: MEHNAT MUHOFAZASI BO‘YICHA ASOSIY QONUNLAR,STANDARTLAR VA ME`YORIY HUJJATLAR.
Reja:
O‘zbekistonda mehnat muhofazasi
Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar
Mehnat sharoitlarini me`yorlashtirish.
O‘zbekistonda mehnat muhofazasi – bu tegishli qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat- salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iboratdir.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha belgilangan barcha tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (8-dekabr 1992-у.), O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (21-dekabr 1995-у.), “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun» (6-may 1993-у.), Davlat standartlari, nizomlar va me’yorlar, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha qoidalar asosida olib boriladi. Respublikamizda demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatining qurilishi inson huquqlari va erkinliklariga to‘liq rioya etilishini taqozo qiladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida respublikamiz fuqarolarining shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari yaqqol o‘z ifodasini topgandir. Konstitutsiyada ko‘rsatilganidek, “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaat- lariga xizmat qiladi.
Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar” (2-modda), “Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir.....”(24-modda). “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir” (37-modda).
Mehnat qonunlari kodeksida balog‘atga yetmagan yoshlarning, ayollarning mehnatiga alohida e’tibor berilgan. 18 yoshga to‘lmagan yigitlarni 16 kg.dan, qizlarni 10 kg.dan ortiq yuk ko‘tarishiga, ularningish vaqtini haftasiga 36 soatdan ortib ketishiga уo‘l qo‘ymaslik kerak. Shuningdek, ularni tungi va ish vaqtidan tashqari ishlarga hamda dam olish kunlari ishlashga jalb etish taqiqlanadi. Ishchi xodimlar uchun ish vaqtining me’yoriy muddati 40 soatdan oshib ketmasligi, 18 ga kirmagan yoshlar hamda mehnat sharoiti zararli bo‘lgan ishlarda mehnat qiluvchilar uchun ish vaqti miqdori haftasiga ko‘pi bilan 36 soat bo‘lishi kerak. Ish vaqtidan ortiq ishlash har bir ishchi va xizmatchi uchun surunkasiga ikki kun davomida 4 soatdan va yiliga 120 soatdan ko‘рbo‘lmasligi lozim.
Mehnat sharoitlarini me’yorlashtirish, ishchilar uchun sog‘lom va xavfsiz ish sharoitini ta’minlash maqsadida mehnat xavfsizligi talablari asosida standartlar ishlab chiqilib, ular ma’lum bir tizimga solingan.
Ishlab chiqarishda yuz beradigan baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan tadbirlardan biri – sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarni to‘g‘ri .tekshirish va
tahlil qilish, ularning sabablarini aniqlashhamda olingan ma’lumotlar asosida tegishli tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir. Shu nuqtayi nazardan O‘zbekiston
Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-уil 6-iyundagi 286-sonli qaroriga yoritilgan. 1995-yil 21-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi qabul qilindi va u 1996-yil aprel oyidan boshlab amalda kuchga kirdi. Ushbu qonunda ko‘rsatilishicha, xavfsizlik texnikasiga, ishlab chiqarish sanitariyasiga, yong‘in chiqishidan saqlanishga va mehnat muhofazasining boshqa qoidalariga rioya etish yuzasidan ishchi va xizmatchilarga уo‘l-у’riqlar berish, shuningdek, xodimlarning mehnat muhofazasiga doir qo‘llanmalarda ko‘rsatilgan hamma talablarga amal qilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish ma’muriyat zimmasiga yuklanadi. Mehnat sharoiti zararli bo‘lgan ishlarda, shuningdek, alohida harorat asosan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa zararlanishini tekshirish va hisobga olish» to‘g‘risida Nizomi qabul qilindi.
SINOV SAVOLLARI
“ Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun nechinchi yilda joriy qilingan?
16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan hodimlar haftasiga nechi soatdan ortiq ishlashlari mumkin emas?
Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlikka tortish O‘zbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish to‘g‘ri-sidagi qonuni nechinchi bo‘lim va nechinchi moddalarida ko‘rsatilgan?
O‘quvchilar faoliyatini baholash mezonlari
|
90-100 %
|
5 baho “a`lo”
|
75 – 89 %
|
4 baho “yaxshi”
|
60 – 74 %
|
3 baho “qoniqarli”
|
Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi №5
|
| |