Ma’ruza: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH VA MEHNAT XAVFSIZLIGINI BOSHQARISH




Download 4,17 Mb.
bet11/61
Sana29.09.2024
Hajmi4,17 Mb.
#272893
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61
Bog'liq
21.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligicover maryam o

Ma’ruza: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH VA MEHNAT XAVFSIZLIGINI BOSHQARISH.


Reja:
1.Mehnatni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligini boshqarish tizimi. 2 .Mehnatni xavfsizligini ta`minlovchi omillar.

  1. Xavfsizlikni ta`minlovchi vositalar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 7-noyabr 1994-yildagi 538-sonli qaroriga asosan korxonalarda mehnatni muhofaza qilish davlat boshqaruviga o‘tkazildi va bиmasalada bosh mutasaddi qilib Mehnat vazirligi tayinlandi. Keyinchalik Vazirlar Mahkamasining 16-fevral 1995-yildagi 58- son qarori bilan Mehnat vazirligi qoshida “Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi» tuzildi. Bu oshqarmaning vazifasi respublikamizdagi korxona va muassasalarda mehnat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tashkiliy va texnikaviy muammolarni o‘z vaqtida yechilishini nazorat qilish hamda xavfsizlik mezonlarini muhokama etish va tasdiqlash jarayonida ishtirok etishdan iboratdir.


Mehnat xavfsizligi xizmatini bevosita tashkilotning bosh rahbari boshqaradi. Unga amalda bu xizmatni tashkil etish uchun uning yordamchisi va asosiy mutasaddi shaxs sifatida texnika xavfsizligi muhandisi tayinlanadi va ungahamkorlik uchun ko‘рyillik ish tajribasiga ega bo‘lgan muhandis hamda texnik xodimlar, mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘zlari saylagan vakillari jalb etiladi.
Mehnat xavfsizligi xizmatining asosiy vazifasi ishlab chiqarishda sodir bo‘ladigan jarohatlanish va boshqa baxtsizliklarni keltirib chiqaradigan sabablarni bartaraf qilish va tashkilot ma’muriyatining ishchi-xizmatchilarga ish sharoitini yaxshilab borishi ustidan nazorat qilib turish, fan va texnika yutuqlarini joriy etish asosida mehnat xavfsizligi va himoya vositalarini muttasil takomillashtirish, mehnat madaniyatini oshirish, baxtsizliklarni oldini olishga qaratilgan tashkiliy va texnik hamda sanitariya tadbirlarini ishlab chiqish va ularni joriy qilishdan iboratdir.
Mehnat xavfsizligini boshqarish tizimining birdan bir maqsadi, mehnat muhofazasi qonun-qoidalariga ishchi va xizmatchilarning e’tiborini oshirish, sog‘lom va xavfsiz ish sharoitini yaratishni yagona, to‘g‘ri yechimini aniqlash hamda uni ishlab chiqarishda tatbiq etishga tavsiya qilishdir.
Mehnat xavfsizligini boshqarish – bu bir qator, tashkiliy, texnikaviy va sanitar-gigiyenik hamda iqtisodiy tadbirlar tizimini tayyorlash va joriy qilish asosida amalga oshiriladi.Tashkiliy tamoyillar vaqt bilan himoyalash,ma’lumot, zaxiradan foydalanish, muvofiqlashmaslik, me’yorlash, kadrlarni tanlash, ketma- ketlik o‘rnatish, ergonomik kabi turlarga bo‘linadi.
Мa’lumot berish tamoyillari. Ishchiga ish davrida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha уo‘1-yo‘riqlar, o‘rsatmalar berishga asoslangan. Bunga kurs o‘qishlari, уo‘riqnomalar o‘tish, xavfsizlik belgilari, ogohlantiruvchi yozuvlar vaboshqalar kiradi. Tasniflash tamoyillarida obyektlarni xavflilik darajasiga bog‘liq holda sinflarga yoki kategoriyalarga ajratish tushuniladi. Masalan, sanitar - himoya
zona1ari (5 sinfga ajratilgan), portlash-yonish xavfliligi bo‘yicha ishlab chiqarish binolarining kategoriyalari (А, В,V,G,D, Ye), yong‘in zonalari va boshqalar. Xavfsizlikni ta’minlash uslublari. Xavfsizlikni ta’minlovchi uslublarni o‘rganishdan oldin ishchi zona va xavf zonasi kabi iboralarga tushuncha beramiz. Mehnat jarayoni davrida ishchi turadigan yoki harakat qiladigan joy, ishchi zona – gomosfera deb yuritiladi. Doimiy yoki davriy ravishda xavf sodir bo‘ladigan zona– noksosfera deb yuritiladi. Mehnat jarayoni davrida xavfsizlikni ta’minlash uslublarini quyidagi 3 turga ajratish mumkin:

    1. Gomosfera va noksosferani fazoviy va (yoki) vaqt bo‘yicha ajratishga asoslangan uslub. Bu asosan distansion boshqarish, аvtomatlashtirish, robotlashtirish va boshqa tashkiliy tadbirlar orqali, amalga oshiriladi.

    2. Xavfni bartaraf etish orqali noksosferani me’yorlashtirish uslubi. Bunga insonni shovqin, gazlar, changlar ta’siridan himoya qilishga qaratilgan tadbirlarmajmui va jamoa imoyavositalari kiradi.

    3. Мa’lum muhitda insonni himoyalash darajasini oshirishga qaratilgan usullar va vositalar majmui. Bu uslub ishchilarni xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish, ShHVdan foydalanish, psixologik ta’siretish va boshqa shu kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Xavfsizlikni ta’minlovchi vositalar – bu xavfsizlik tamoyillari va uslublarini amalga oshirishdagi konstruktiv, tashkiliy namda material mujassamlikdir. Tamoyillar, uslub va vosita – bu xavfsizlikni ta’minlovchi mantiqiy bosqichdir. Ularni tanlash faoliyatning aniq shart- sharoitlariga, xavf darajasiga, iqtisodiy ko‘rsatkichlarga va shu kabi bir qancha mezonlarga bog‘liq bo‘ladi. Xavfsizlikni ta’minlovchi vositalar jamoa himoya vositalari (JHV) va shaxsiy himoya vositalariga (ShHV) bo‘linadi. 0'z o‘rnida JHV va ShHVlar ham xavfning xususiyati, amalga oshish tartibi, ishlatilish sohasi va shu kabi ko‘rsatkichlarga bog‘liq holda bir necha guruhlarga bo‘linadi

SINOV SAVOLLARI


1.Mehnatni xavfsizligini ta`minlovchi omillarni aytib bering? 2.Xavfsizlikni ta`minlovchi vositalar sanab bering?

  1. Mehnat jarayoni davrida xavfsizlikni ta`minlash uslublari necha turga ajratish mumkin?

Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi №4

Download 4,17 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61




Download 4,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’ruza: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH VA MEHNAT XAVFSIZLIGINI BOSHQARISH

Download 4,17 Mb.