-Ma’ruza: MEHNAT MUHOFAZASINING NAZARIY ASOSLARI




Download 4,17 Mb.
bet8/61
Sana29.09.2024
Hajmi4,17 Mb.
#272893
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61
Bog'liq
21.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligicover maryam o

2-Ma’ruza: MEHNAT MUHOFAZASINING NAZARIY ASOSLARI.


Reja:
1 . Mehnat muhofazasining ergonomik asoslari.



  1. Mehnat xavfsizligining psixologik asoslari.

  2. Mehnat sharoitini aniqlovchi asosiy omillar..

Ergonomika – insonning mehnat faoliyati davomida faoliyatni samarali bo‘lishini va inson uchun qulay sharoitlar yaratilishini ta’minlay oladigan funksional imkoniyatlarni o‘rganuvchi fandir. Boshqacha aytganda, bu fan –inson xususiyati, mashina imkoniyatlari va tavsifnomalari hamda muhit xususiyati orasidagi o‘zaro muvofiqlik hamda o‘zaro ta’sirni o‘rganuvchi fandir. Ergonomika atamasini qo‘llash polyak olimi Yastshembovskiy tomonidan taklif etilgan va u o‘zining “Chert ergonomiki, tоyest nauki оtrude» nomli kitobida ushbu atamani ishlatgan.
Ergonomika sohasida “inson-mashina-muhit» tizimining kafolatli faoliyatini ta’minlovchi quyidagi besh xil muvofiqlik mavjud: ma’lumotlar (axborot), biofizik, energetik, fazoviy- antropometrik va texnik-estetik: Мa’lumotlar muvofiqligi. Murakkab tizimlarda ishchi odatda, bevosita fizik jarayonlarni boshqarmaydi. Chunki ko‘pincha xavflilik nuqtayi nazaridan ishchi, ushbu jarayonning bаjarilish joyidan ma’lum masofada uzoqda bo‘ladi. Boshqarish оbyektlari esa ko‘rinmaydigan, eshitilmaydigan, sezilmaydigan holatda bo‘lishi mumkin.
Ishchi faqatgina o‘lchash asboblari va jihozlarining ko‘rsatkichlarini ko‘rishi, signallarni eshitishi va bu orqali jarayon borishini boshqarib, nazorat qilib borishi mumkin.
Bu turdagi barcha qurilmalar ma’lumotni aks ettiruvchi vositalar deb yuritiladi. Ayrim hollarda, ishchi boshqarish dastaklaridan, yoqib-o‘chirgichlardan va shu kabi boshqa boshqarish jihozlaridan foydalanishi mumkin. Bunday boshqarish vositalarining birgalikdagi holati sensomotor qurilmalar deb ataladi. Мa’lumotni aks ettiruvchi vositalar va sensomotor qurilmalar mashinaning axborot modelini tashkil etadi. Ishchi ushbu model orqali eng murakkab tizimlarni ham xavfsiz boshqarishi mumkin bo‘ladi.
Lekin ular ko‘pincha ishchining funksional vazifalari bilan bog‘lanmagan bo‘ladi. Shu sababli, mashinalarni ishlab chiqishda (loyihalashda) shovqin, titrash, yoritilganlik, havo muhiti va shu kabi omillami maxsus tadqiqot qilish va ularning miqdorlarini REM bo‘yicha o‘rnatish talab etiladi.
Zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida baxtsiz hodisalarni (jaro- hatlanishlar, shikastlanishlar, kasallanishlar, yong‘inlar va b.) kamaytirish muammosini faqatgina muhandislik uslublari orqali hal etib bo‘1maydi. Shu sababli, mehnat xavfsizligi psixologiyasi faoliyat xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.Tajribalarning ko‘rsatishicha ishlab chiqarishdagi avariyalar va jarohatlanishlarning ko‘pchiligi mashinalardagi muhandislik- konstruktorliknuqsonlar yoki texniktexnologik sabablar orqali emas, balki tashkiliy-psixologik, уa’ni xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yetarli bilimga ega
bo‘lmaslik, yetarli darajada o‘qitilmaslik, ishchining bilib bilmay xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasligi, xavfli ishlarga maxsus o‘qishlardan o‘tmaganlarga ruxsat berish, ishga mutaxassislik bo‘yicha qabul qilmaslik va shu kabi qator sabablar ta’sirida yuz beradi. Shu sababli, ko‘pincha jarohatlanishlarning 60–70 foiziga bevosita jarohatlanuvchilarning o‘zlari aybdor bo‘ladi.
Mehnat psixologiyasi vazifalari hamda mehnat xavfsizligi psixologiyasi muammolaridan kelib chiqqan holda, ruhiy holatni: ishlab chiqarish ruhiy holati va maxsus Ishlab chiqarishda kasb kasalliklarining oldini olish va ishlab chiqarish jarohatlarini kamaytirishda, ushbu baxtsiz hodisalarni chuqur tahlil qilish asosida ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni hamda ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillarni puxta o‘rganish mubim rol o‘ynaydi.
Baxtsiz hodisalarning sabablari asosan quyidagi 4 guruhga bo‘linadi: texnikaviy, sanitar-gigiyenik, tashkiliy va psixofiziologik. Texnikaviy sabablarga mashina va mexanizmlar hamda ish jihozlarining nosozligi, elektr qurilmalarining yerga ulanmaganligi, yuklashtushirish mashinalaridan noto‘g‘ri foydalanish, mashina va mexanizmlar konstruksiyasini mehnat muhofazasi talablariga javob bermasligi kabilar kiradi. Sanitar-gigiyenik sabablarga esa mehnat gigiyenasi, sanitar me’yorlar va qoidalarga amal qilmaslik, yoritilganlik, harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi, havoning bosimi kabi ko‘rsatkichlarni me’yordan chetga chiqishi, yuqori miqdordagi shovqin, titrash, havoning changlanganligi yoki gazlanganligini kiritish mumkin.

SINOV SAVOLLARI:


1 . Mehnat muhofazasining ergonomik asoslari deganda nimani tushinasiz?.

  1. Mehnat xavfsizligining psixologik asoslari niima?

  2. Mehnat sharoitini aniqlovchi asosiy omillarni sanab bering?

Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi №3

Download 4,17 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61




Download 4,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Ma’ruza: MEHNAT MUHOFAZASINING NAZARIY ASOSLARI

Download 4,17 Mb.