|
-Ma’ruza: “MEHNAT MUHOFAZASI VA TEXNIKA XAVFSIZLIGI” FANINING ASOSIY MAZMUNI VA IJTIMOIY AHAMIYATI
|
bet | 6/61 | Sana | 29.09.2024 | Hajmi | 4,17 Mb. | | #272893 |
Bog'liq 21.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligicover maryam o 1-Ma’ruza: “MEHNAT MUHOFAZASI VA TEXNIKA XAVFSIZLIGI” FANINING ASOSIY MAZMUNI VA IJTIMOIY AHAMIYATI
Reja:
«Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi» fanining maqsadi vazifasi.
«Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi» fanining asosiy mazmuni.
«Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi» fanining ijtimoiy ahamiyati.
Insonning mehnat xavfsizligini ta’minlashda ilmiynazariy izlanishlar asosida vujudga kelgan qonunlar, nizomlar, standartlar, ko‘rsatmalar, qoidalar va sanitar- texnik me’yorlar hamda ularni o‘rganish bo‘yicha uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini vujudga keltirish, uni rivojlantirish muhim o‘rin tutadi.
Mehnatni muhofaza qilish fanining asosiy maqsadi talabalarga insonning ishlab chiqarishdagi mehnat faoliyati davrida yuzaga keladigan xavfli faktorlar, ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish уo‘llari, mehnat xafsizligini ta’minlash hamda xavfsiz va sog‘lom ish sharoitlarini yaratish bo‘yicha nazariy bilim berish va amaliy ko‘nikmalar hosil qilishdan iboratdir.
Yuqoridagilarga mos holda talabalar fanni o‘rganish davomida quyidagilarni nazariy jihatdan о’zlashtirishlari lozim:
mehnat xavfsizligining nazariy asoslari. Ergonomika va mehnat xavfsizligi psixologiyasi haqida tushuncha;
mehnat xavfsizligini ta’minlovchi asosiy tamoyillar, uslublar va vositalar tizimi;
mehnat xavfsizligini boshqarish asoslari;
mehnat xavfsizligining huquqiy va tashkiliy asoslari.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qonunlar, standartlar tizimi, nizomlar, ko‘rsatmalar, ishlab chiqarish sanitariyasi me’yorlari va boshqa me’yoriy hujjatlar:
ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini ta’minlash, sog‘lom va xavfsiz ish sharoitlarini yaratish bo‘yicha rejali tadbirlar mazmuni, uni ishlab chiqish tartibi;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tahlil qilish, ularni tekshirish va hujjatlashtirish tartiblari;
mehnat xavfsizligini ta’minlashning iqtisodiy samaradorligini oshirish, baxtsiz hodisalar sabablarini aniqlash uslublarini o‘rganish;
xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlashga qaratilgan shaxsiy himoya vositalari bilan ishchi-xizmatchilarni ta’minlash tartibi va ulardan foydalanish уo‘llari;
sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish bo‘yicha sanitar-gigiyenik tadbirlar;
ishlab chiqarishdagi texnika vositalaridan, mashina- mexanizmlar, qurilmalar va moslamalardan foydalanishdagi xavf-sizlik qoidalari;
yong‘in xavfsizligi. Yong‘inning kelib chiqish sabablari, uning oldini olish, yong‘inni o‘chirish texnika vositalari va usullari;
jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi va qoidalari. Yuqorida qayd etilgan nazariy bilimlarga asoslangan holda har bir kasb egasi fannio‘rganish bilan quyidagilarni amalda udda-lashlari lozim:
xavfli va zararli ishlab chiqarish jarayonlarini baholash;
mehnat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha maqbul variantlarni tanlashda mustaqil qarorlar qabul qilish;
xavfsizlik texnikasi bo‘yicha уo‘riqnomalar (“instruktaj») bilan tanishish va ularni hujjatlashtirish tartiblarini bilish;
malakali ravishda baxtsiz hodisalarni tekshirish va ularning sabablarini aniqlash;
mehnat muhofazasi bo‘yicha ko‘rsatmalar (“instruksiya»)ni mustaqil tahlil qilish va o‘rganish;
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining sanitargigiyenik holatini belgilovchi ko‘rsatkichlarni (gazlanganlik va chang-langanlik darajasi, shovqin va titrash, yoritilganlik, xоnа havosining harorati, nisbiy namligi, harakatlanish tezligi, bosimi va b.) aniqlovchi asbob-uskunalar va jihozlardan foydalana bilish;
o‘t o‘chirgichlar va o‘t o‘chirish texnikalarini ishlata bilish;
jarohatlangan yoki shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
Insoniyatning uzoq o‘tmish hayotiy tajribasi har qanday faoliyat potensial xavfga ega ekanligini tasdiqlaydi. Albatta, bu tasdiq aksiomaviy xususiyatga egadir.
Vaholanki, ishlab chiqarish sharoitida xavf darajasini boshqarish hamda kamaytirish ham mumkin. Lekin qanday holatda bo‘lmasin, absolyut xavfsizlikka erishib bo‘lmaydi.
Xavfsizlik – ma’lum darajada xavf tug‘ilishi bartaraf etilgan faoliyat holati, уa’ni faoliyatni amalga oshirishdagi asosiy maqsadlardan biridir. Mehnatni muhofaza qilish – ishlab chiqarishdagi mehnat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan vositalar usullar majmuidir. Demak, insonning mehnat xavfsizligini ta’minlash birinchi navbatda uning mehnat faoliyati
jarayonini va uni amalga oshirishda yuzaga keladigan xavfli faktorlarni o‘rganishni talab etadi.
SINOV SAVOLLARI:
«Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi» fanining asosiy mazmuni nimadan iborat?.
«Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi» fanining ijtimoiy ahamiyatini tushuntiring.
Fanning rivojlanish tarixini aytib bering?
Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi №2
|
| |