-Ma’ruza: YONG`IN MUHOFAZASINI TASHKIL ETISH VA YONG`INNI O‘CHIRISH




Download 4,17 Mb.
bet59/61
Sana29.09.2024
Hajmi4,17 Mb.
#272893
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Bog'liq
21.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligicover maryam o

19-Ma’ruza: YONG`IN MUHOFAZASINI TASHKIL ETISH VA YONG`INNI O‘CHIRISH.


Reja:
1 Yong`in muhofazasini tashkil etish.



  1. Yong`inni aniqlash.

  2. Yong`inni O‘chirish

Yong‘inni o‘chirishda professional va ko‘ngilli o‘t o‘chirish jamiyatlari amalda faoliyat ko‘rsatadi. Professional yong‘in muhofazasi harbiylashtirilgan va harbiylashtirilmagan turlarga bo‘linadi.Tashkilotlar, korxonalar va хo‘jаliklаrdа yong‘in muhofazasini tashkillashtirish va оbyektlarning yong‘inga qarshi holatini ta’minlash ushbutashkilotlarning rahbarlariga yuklatiladi. Ular har bir ishlab chiqarish bo‘limi uchun buyruq bilan javobgar shaxsni belgilashlari va ularning ishini nazorat qilib borishlari zarur. Хо’jalik yoki korxonalarning ma’muriy-texnik xodimlari o‘zlariga tegishli оbyektlarni ko‘rish va ulardan foydalanish davrida yong‘inga qarshi barcha tadbirlarni to‘liq amalga oshishini ta’minlashlari, yuqori yong‘in muhofazasi tashkilotlarining ko‘rsatmalari hamda qarorlarini bajarilishini nazorat qilib borishlari, yong‘in-qorovul muhofazasini, yong‘in-texnik komissiyasini va ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchilar drujinalarini tashkil etishlari, ularning ish faoliyatlarini doimiy nazorat qilib borishlari zarur.


Уоng‘in-texnik komissiyasi tarkibiga bosh mutaxassislar, muhandis- quruvchilar, mehnat muhofazasi bo‘yicha muhandis va ko‘ngilli o‘t o‘chirish drujinasining boshlig‘i kiradi. Komissiya bino va inshootlardan foydalanishda yong‘in muhofazasi qoidalariga amal qilinishini, yo‘1 qo‘yilayotgan kamchiliklarni, texnikalardan foydalanishdagi yong‘in muhofazasi holatini tekshirib boradi hamda tegishli choralar ko‘radi. Yong‘inni aniqlashning avtomat vositalari (YoAAV) va yong‘in-ni o‘chirishning avtomat vositalari (YoO‘АV), agar yong‘in tashki-lotning barcha ishlariga ta’sir etishi hamda katta moddiy zarar kelti-rishi mumkin bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Bunday оbyektlarga energetik qurilmalar, markaziy gaz stansiyalari, yengil yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar stansiyalari, xomashyo omborlari hamda yoqilg‘i materiallarini solishtirma sarfi 100 kg/m3dan ortiq bo‘lgan binolar kiradi.
YoO‘АV lari yong‘in joyini aniqlash va trevoga signalini berish hamda yong‘inni o‘chirish qurilmasini ishga tushirish moslamala-ridan iborat bo‘ladi. Bu qurilmaning ishlash tamoyili qo‘riqlanadigan оbyekt muhitidagi noelektrikfizik miqdorlarni elektrik signallarga aylantirib berishga asoslangan. Yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda avtomat yong‘in xabar beruvchi qurilmasida elektrik signal hosil bo‘ladi va bu signal sim orqali qabul qilish stansiyasiga uzatiladi.
Yong‘inni avtomat o‘chirish qurilmalari foydalaniladigan o‘t o‘chirish moddalarining turiga bog‘liq holda suv bilan o‘chiruvchi, suv-ko‘pikli, havo- ko‘pikli, gazli (uglerod ikki oksidi, azot va yonmaydigan gazlar), kukunli
va kombinatsiyalashgan turlarga bo‘linadi. Вu qurilmalar harakatga kelish vaqtiga qarab esa quyidagilarga bo‘linadi:
Yong‘inni o‘chirishni tashkil etish yong‘inni o‘chiruvchi vosi- talarning mavjudligiga, ko‘ngilli o‘t o‘chirish drujinachilari va yong‘in-qorovul muhofazasini tashkil etilganlik darajasiga, otryadlar o‘rtasida ishni qanday tashkil etilganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Agar yong‘inni o‘chirishda М-800Аmotopompasidan foy- dalanilsa, harbiy hisob (bоеvоуratchet) to‘rt kishidan, уa’ni otryad boshlig‘i, motorchi va ikki o‘t o‘chiruvchidan iborat bo‘ladi. М-1200 motopompasi ishlatilganda esa otryad olti kishidan: boshliq, motorchi va to‘rt' o‘t o‘chiruvchidan iborat bo‘ladi. O‘t o‘chirish vaqtida harbiy hisob quyidagi 5 otryadga bo‘linadi:

  1. Qidirish, tekshirish otryadi – yonadigan оbyektni tekshirib, yong‘inni o‘chirish ishlarini hamda odamlarni, mollarni va moddiy boyliklarni qutqarish ishlarini bajarish ketma-ketligini belgilaydi.

  2. Yong‘inni o‘chirish otryadi – avtosisterna, motopompa va nasos bilan qurollangan harbiy hisobdan tashkil topadi. Yong‘inni o‘chirish va odamlarni qutqarish ishlarini bajaradi.

  3. Suv bilan ta’minlash otryadi – yong‘in nasosi, motopompa va boshqa o‘t o‘chiruvchi texnikalarni uzluksiz suv bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi.

  4. Himoyalash otryadi – yonadigan оbyekt yonidagi boshqa оbyektlarga young‘in o‘tmasligining oldini oladi, уa’ni yong‘inning tarqalishiga qarshi kurashadi.

  5. Qo‘riqlash otryadi – moddiy boyliklarni qo‘riqlaydi hamda o‘t o‘chirish otryadiga yong‘indan qutqarilgan boyliklar va chorva mollarinixavfsiz joyga evakuatsiya qilishda yordamlashadi.

Nazorat savollari: 1 Yong`in muhofazasini qanday tashkil etiladi?

  1. Yong`inni qanday aniqlash mumkin?.

  2. Yong`inni qanday O‘chirish kerak?

Foydalanilgan adabiyotlar: “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi»
O‘.R.Yo‘ldashev. O.D.Rahimov. 2002 yil Fan va texnologiya nashryoti

Internet manbalari ZiyoNET>Библотека<“Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi» http://library.ziyonet.uz>book


Baholash mezoni
Guruhda ishlashni baholash jadvali



Guruh

Javobning aniqligi va toliqligi (2-5 ball)

Taqdim etilgan axborot
yaqqolligi (2-5 ball)

Guruhning har bir a’zosi
faolligi (2-5 ball)

Umumiy ball miqdori (2+3+4)

Baho (5/4)

1

2

3

4

5

6

1
















Har bir guruh mezonlar bo‘yicha ballarni jamlab, boshqa guruhlar chiqishini baholaydi. Guruh olgan baho guruhning har bir a’zosi bahosini belgilab beradi: 5 ball – “a’lo»; 4– “yaxshi»; 3 – “qoniqarli»; 2 ball – “qoniqarsiz».
Dars yakuni O‘qituvchi o‘tgan yangi mavzu bo‘yicha tushunmagan savollarga javob beradi,darsni mustahkamlashdagi o‘quvchilar javobini muhokama qilib, o‘quvchilar bilimini baholaydi va darsni yakunlaydi



O‘quvchilar faoliyatini baholash mezonlari



90-100 %

5 baho “a`lo»

75 – 89 %

4 baho “yaxshi»

60 – 74 %

3 baho “qoniqarli»

Yong‘inni o‘chirish





Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi №20

Download 4,17 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Download 4,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Ma’ruza: YONG`IN MUHOFAZASINI TASHKIL ETISH VA YONG`INNI O‘CHIRISH

Download 4,17 Mb.