• Oltinchi bo‘lim – «Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish»da
  • Xavfsizlik
  • Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi




    Download 52,5 Kb.
    bet15/17
    Sana27.05.2024
    Hajmi52,5 Kb.
    #254497
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    Bog'liq
    O\'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi ahamiyati.

    Beshinchi bo‘lim – «Yong‘in xavfsizligi»da yong‘in xavfsizligi bo‘yicha umumiy talablar, yonish jarayonining mohiyati, yong‘in va portlash sabablari, materiallarning yonish va portlash xususiyatlari bo‘yicha tasniflanishi, ishlab chiqarishni portlash, yonib-portlash va yong‘in xavfliligi bo‘yicha kategoriyalari, yong‘in zonalari, yon-g‘indan himoyalanish tizimlari, binolar va inshootlarning yong‘inga mustahkamligi va chidamligi bo‘yicha tasnifi, o‘t o‘chiruvchi vositalar, yong‘inga qarshi suv ta’minoti, o‘t o‘chirgichlar va o‘t o‘chirish texnikalari, yong‘inni o‘chirishni tashkil etish, yong‘in aloqasi va signalizatsiyasi, yong‘in vaqtida evakuatsiya ishlarini tashkil etish kabi masalalar o‘rganiladi.
    Oltinchi bo‘lim – «Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish»da ishlab chiqarishda jarohatlanganda yoki shikastlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullari to‘g‘risida ma’lumot beriladi.
    Fanning rivojlanish tarixi va boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi
    Insoniyatning uzoq o‘tmish hayotiy tajribasi har qanday faoliyat potensial xavfga ega ekanligini tasdiqlaydi. Albatta, bu tasdiq aksiomaviy xususiyatga egadir. Vaholanki, ishlab chiqarish sharoitida xavf darajasini boshqarish hamda kamaytirish ham mumkin. Lekin qanday holatda bo‘lmasin, absolyut xavfsizlikka erishib bo‘lmaydi.
    Xavfsizlik – ma’lum darajada xavf tug‘ilishi bartaraf etilgan faoliyat holati, уa’ni faoliyatni amalga oshirishdagi asosiy maqsadlardan biridir.
    Mehnatni muhofaza qilish – ishlab chiqarishdagi mehnat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan vositalar usullar majmuidir. Demak, insonning mehnat xavfsizligini ta’minlash birinchi navbatda uning mehnat faoliyati jarayonini va uni amalga oshirishda yuzaga keladigan xavfli faktorlarni o‘rganishni talab etadi. Shu sababli, inson mehnat faoliyatining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot ishlari eramizdan oldingi 384322-yillarda ijod qilgan Aristotel, eramizdan oldingi 460377-yillarda yashagan Gippokrat asarlarida ham uchraydi.
    Tiklanish davrining buyuk, taniqli olimi Paratsels (14931541-y.) tog‘ ishlarini bajarishda yuzaga keladigan xavfli faktorlarni o‘rganib chiqqan. U o‘z asarlarida: «Barcha moddalar zahardir va bаrchа moddalar dori-darmon hamdir. Faqat bir me’yor ushbu moddani za-harga aylantirsa, ikkinchi me’уог esa uni dori-darmonga aylantiradi», deb yozadi. Nemis olimi Agrikol (14941555-у.) o‘zning «Tog‘ ishlari haqida» потli asarida, shuningdek, italyan olimi Ramatstsin (1633–1714-у.), rus olimi М. V. Lomonosov (1711–1765-у.) o‘z asarlarida mehnat muhofazasi masalalariga katta e’tibor qaratgan.
    XIX asrda sanoatni intensiv rivojlanishi natijasida mehnat muhofazasi muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan bir qancha olimlar yetishib chiqdi. Jumladan, V.L.Kirpichev (18451913-у.), А.А.Bess (18571930-у.), D.Р.Nikolskiy (18551918-у.), V.А.Levitskiy (18671936у.), А.А.Skochinslay (18741960-у.), S.1.Kaplun (18971943-у.) shular jumlasidandir. Yuqorida ta’kid-langanidek, mehnat xavfsizligini ta’minlash qadimgi davrdan hozirgi kungacha inson faoliyatining muhim tomonlaridan biri hisoblanib kelindi. Shu sababli «Mehnatni muhofaza qilish» mustaqil fan sifatida shakllandi va o‘z nazariyasiga, uslubiga hamda tamoyillariga ega bo‘ldi. Shu bilan bir qatorda «Mehnatni muhofaza qilish» fani muhandislik psixologiyasi, psixofiziologiya, mehnat fiziologiyasi, mehnat gigiyenasi, antropometriya, ergonomika, texnikaviy estetika kabi fanlarning yutuqlariga asoslanadi. Ushbu fanlar bir-biridan tadqiqot qilinadigan yoki o‘rganiladigan оbyektlarining turi, уa’ni «inson-mashina», «inson-muhit», «inson-mashina muhit» tizimlari bilan farq qiladi. Birinchi turdagi tizimlar qonuniyatlarini muhandislik psixologiyasi,. psixofiziologiya, mehnat fiziologiyasi o‘rgansa, «inson-muhit» tizimi qonuniyatlarini mehnat gigiyenasi o‘rganadi. «Insonmashina-muhit» qonuniyatlari esa ergonomikaning asosiy tatbiq obyekti hisoblanadi. Lekin, real ishlab chiqarish sharoitida barcha turdagi bog‘lanishlar bir vaqtda yuzaga keladi va shu sababli inson o‘z mehnat faoliyatida bir necha omillar bilan bog‘lanadi, o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Shu sababli, ishlab chiqarish sharoitidagi umumlashgan xavfli va zararli faktorlarning inson sog‘ligi va mehnat qobiliyatiga birgalikdagi ta’sirini alohida mustaqil fan «Mehnatni muhofaza qilish» fani о‘rganadi.

    Download 52,5 Kb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 52,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi

    Download 52,5 Kb.