|
Yuqorida qayd etilgan nazariy bilimlarga asoslangan holda har bir kasb egasi fanni o‘rganish bilan quyidagilarni amalda uddalashlari lozim
|
bet | 13/17 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 52,5 Kb. | | #254497 |
Bog'liq O\'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi ahamiyati.Yuqorida qayd etilgan nazariy bilimlarga asoslangan holda har bir kasb egasi fanni o‘rganish bilan quyidagilarni amalda uddalashlari lozim:
xavfli va zararli ishlab chiqarish jarayonlarini baholash;
mehnat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha maqbul variantlarni tanlashda mustaqil qarorlar qabul qilish;
xavfsizlik texnikasi bo‘yicha уo‘riqnomalar («instruktaj») bilan tanishish va ularni hujjatlashtirish tartiblarini bilish;
malakali ravishda baxtsiz hodisalarni tekshirish va ularning sabablarini aniqlash;
mehnat muhofazasi bo‘yicha ko‘rsatmalar («instruksiya»)ni mustaqil tahlil qilish va o‘rganish;
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining sanitar-gigiyenik holatini belgilovchi ko‘rsatkichlarni (gazlanganlik va changlanganlik darajasi, shovqin va titrash, yoritilganlik, хоnа havosining harorati, nisbiy namligi, harakatlanish tezligi, bosimi va b.) aniqlovchi asbob-uskunalar va jihozlardan foydalana bilish;
o‘t o‘chirgichlar va o‘t o‘chirish texnikalarini ishlata bilish;
jarohatlangan yoki shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
Fanning nazariy asoslarida mehnat muhofazasining ergonomik va psixologik asoslari, zararsiz va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishning аsоsiу уo‘llari, mehnat sharoiti va xavfsizligini aniqlovchi asosiy omillar tahlili, ishlab chiqarishdagi mehnat sharoitining xusu-siyatlari, mehnat sharoiti va xavfsizligini tekshirish usullari, ishlarning jismoniy og‘irligi va zararliligi bo‘yicha tasniflanishi, jarohat-lanish ko‘rsatkichlari, mehnatni muhofaza qilishni boshqarish asos-lari, mehnat xavfsizligi ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasbiy kasallanishning profilaktik asoslari, mehnatni muhofaza qilishning ijtimoiyiqtisodiy jihatlari kabi masalalar o‘rganiladi.
Ikkinchi bo‘lim – mehnat muhofazasining huquqiy va tashkiliy asoslarida ishlab chiqarishda mehnat muhofazasini amalga oshirish, sog‘lom va xavfsiz ish sharoitlarini yaratish bo‘yicha qonunchilik, jumladan, davlat qonunlari («Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun», «Mehnat kodeksi» va b.), nizomlar, me’yoriy hujjatlar, davlat standartlari, ularni hayotga tatbiq etish уo‘llаri va bu boradagi rahbar xodimlarning javobgarliklari, sog‘lom va xavfsiz ish sharoitlarini yaratish yuzasidan davlat nazorat tashkilotlari hamda jamoat nazoratlari, ularning vazifalari, huquqlari kabi masalalar o‘rganiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Yuqorida qayd etilgan nazariy bilimlarga asoslangan holda har bir kasb egasi fanni o‘rganish bilan quyidagilarni amalda uddalashlari lozim
|