www.pedagoglar.uz
43-son 2–to’plam aprel 2023
Sahifa: 171
MEHROBDAN CHAYON ROMANIDA OBRAZLAR TAHLILI
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti talabalari
Sunnatullayeva Gulyora Akmal qizi Mardonova Marjona Sulaymon qizi
Annotatsiya:
Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” asari haqida so’z
yuritish
bilan cheklanmasdan, bu asarning mazmun mohiyatini atrofdagilarga
yetqazib berish. Adibning asar qahramonlari ruhiyatini tushunish.
Asar haqida
tasavvurlarimizni
yanada
kengaytirish.
Buyuk adib Abdulla Qodiriy haqida so’z ochganimizda uning “O’tgan
kunlar”, “Mehrobdan chayon “ romanlari haqida alohida to’xtalib o’tiladi.
Asardagi har bir qiyofa ko’z o’ngimizda jonlidek namoyon bo’ladi. Ular
mehrimizni muhabbatimizni qozonsa, ayrimlari nafratimizga sazovor bo’ladi.Lekin
qayta o’qisak umuman boshqa taasurotlarga egta bo’lamiz. Bu esa yozuvchining
so’zga jon bag’ishlay olish qobiliyatiga ega ekanligidan dalolat beradi.
Abdulla
Qodiriy juda boy so’z xazinasiga ega bo’lgan, har bir so’zning mohiyatini
anglagan, nozik qirralarini topa olgan, ajoyib so’zlar guldastasidan mohirona, o’z
o’rnida foydalana olgan adibdir.Abdulla Qodiriy uslubiga xos san’atkorona
mahorat uning badiiy asardagi qahramonlar tashqi
qiyofasini tasvirlashda ham
yaqqol ko’zga tashlanadi. Bunda yozuvchi xazinasidagi durlarni shunday mahorat
bilan tizadiki, natijada uning siyrati ham tashqi sifatlari
bilan birga kitobxon
tasavvurida aks etadi va bundan uning qanday odam ekanligi bilinadi. Ayrim
qahramonlari kungilchang mehrli, ayrimlari esa tamomila aksi. Badiiy adabiyotda
tilning ahamiyati beqiyos hisoblanadi. Agar yozuvchining o’ziga xos uslubi, badiiy
tili bo’lmasa u yozgan asar o’quvchiga yetarli darajada ta’sir qilmaydi. Abdulla
Qodiriy tilga va uning badiiy-estetik hamda ijtimoiy roliga katta ahamiyat berar va
yosh qalamkashlardan ham shuni talab qilar edi: “Yo’sinsiz
ravishda xotiraga