|
Mehrobdan chayon romanida obrazlar tahliliBog'liq 171-176www.pedagoglar.uz
43-son 2–to’plam aprel 2023
Sahifa: 173
uchdan bir qismigagina qo’nib o’ltirgan tor pilta to’ppi bir “husn”ga yana bir yuz
“husn” qo’shib arz qilar edi. Bu maxluq doimiy o’rdada turadirg’an xonning
kundalik qizig’i mulla Baxtiyor edi. Ikkinchisi mulla Baxtiyor bilan
o’chakishkandek , juda uzun bo’yliq, g’ilay ko’zlik, ajina qoshiqdek yuzlik, qotma,
o’zining bo’yidan ham uzunroq to’n va boshig’a qalandar kulohi kiyib, yalang
oyog’, o’rta yashar Davlat ismlik yana bir qiziq edi.”(Abdulla Qodiriy “Mehrobdan
chayon”,
168-bet)
Adib “Mehrobdan chayon” romanida ham tasviriy vositalardan keng
foydalangan.. Adibning tasvirlashidan asar qahramonlarining salbiy bo’yoqqa ega
ekanligini
ko’rinib
turadi.
Keltirilgan
parchadagi “kelishkan”,
“husn”
“muzoyaqakor” so’zlaridan qahramonga nisbatan kinoya, piching, masxaralash va
kulgu sezilib turadi. Bu o’z navbatida o’zbek adabiyotining naqadar so’zga boy
ekanligini isbotlaydi, va bu boylikni adib nazaridan qochirmagan. Xulosa qilib
aytganda Abdulla Qodiriy o’z asarlari orqali qiyofa musavviri ekanligini yaqqol
namoyon qiladi. Abdulla Qodiriy romanlarida tasvirlangan asosiy qahramonlari
hayotiyligi, tabiiyligi bilan, qalbning ko’z ilg’amas darajada tovlanib turishi,
favqulodda kuchli jozibasi, sir-asrorlarga boy poetikligi bilan kishini maftun etadi.
Ra’no ham shulardan biri. U, avvalo, o’zbek xotin-qizlarining timsoli yanglig’
qabul etiladi. Ra’no shu so’zning to’la ma’nosi bilan samimiy, latofatli,
zohirangina emas, botinan ham go’zallar go’zali.«Mehrobdan chayon» romanidagi
asosiy ijobiy obrazlardan bo’lgan Ra’no obrazining tahlilini Abdulla Qodiriyning
bu obrazni yaratishdan asosiy maqsadini bildiruvchi quyidagi parchani o’qib berish
bilan boshlash mumkin: «Ra’noning jasorati, -- deydi yozuvchi, --xonga qarshi
isyoni… o’z zamonasi uchungina emas, bizning hozirgi asrimiz uchun ham loyiqi
tahsin va Ra’no yoshlik qizlarimizga ibratdir».
«Ra’noning ismi jismiga yohud husniga juda muvofiq tushgan edi… bu
go’zal qiz och ra’no gulining tusida yoki oq-sariq tusida yaratilgan edi…sochi
gungurt – qora, ya’ni quyoshsiz joylarda qora ko’rinsa ham, quyoshda bir oz
|
| |