Sun’iy intelekt, axborot xavfsizligi texnikasi va texnologiyalari
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г.
495
ERATOSFEN PANJARASIDAN FOYDALANIB KATTA TUB
SONLARNI TOPISH
A.G.Abdukadirov, S.M.Raxmonaliyev
F.-m.f.n., dotsent, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali
Kirish.
Hozirgi vaqtda jamiyatni jadal axborotlashtirish
- axborotga
bo'lgan ehtiyojni qondirish va fuqarolarning, davlat
hokimiyati organlarining,
mahalliy
davlat
hokimiyati
organlarining,
tashkilotlarning,
jamoat
birlashmalarining axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish
huquqlarini amalga oshirish uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratishning tashkil
etilgan ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni jadal rivojlanmoqda.
Axborotlashtirishning maqsadi - mehnat unumdorligini
oshirish va ularning
mehnat sharoitlarini yengillashtirish orqali odamlarning hayot sifatini
yaxshilashdan iborat. Kompyuter texnologiyalarining
bunday jadal rivojlanishi
va ularning ijtimoiy sohaga tatbiq etilishi axborotni muhofaza qilish bo‘yicha
yangi talablarni – himoyalangan axborotga xujumlarni oldini olish,
himoyalangan axborotga ruxsatsiz va qasddan ta’sir
qilishning oldini olish
bo‘yicha tadbirlarni ilgari surmoqda. Axborot xavfsizligining klassik usullaridan
biri 1977 yilda ishlab chiqilgan RSA shifrlash usulidir [2]. RSA (ijodkorlar
ismlarining qisqartmasi: Rivest , Shamir va Adleman ) eng mashhur shifrlash
algoritmlaridan biridir.
Usulni tavsiflashdan oldin, bir nechta ta'riflarni
keltiramiz: shifr – biron usul yordamida maxfiylashtirilgan matn, algoritm – o’z
xossalari bilan aniqlanuvchi biron masalaning yechimi bayoni, tub son –
faqat
o’zi va birga qoldiqsiz bo’linuvchi son , mod
- bu bo'lishning qoldiq qismini
olish operatsiyasi.
Matnni maxfiylashtirish RSA algoritmining
qadamlar ketma-ketligini
tasvirlaymiz [3,4]:
- ikkita katta p va q tub sonlarni tanlanadi;
- hisoblanadi: n = p
⋅
q, m = (p - 1)
⋅
(q - 1);
- tasodifiy sonni m bilan ko'paytirishni bajaramiz;
Искусственный интеллект, методы и технологии информационной безопасности
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г.
496
- berilgan ifoda to'g'ri bo'ladigan e sonini aniqlanadi: (e
⋅
d) mod (m) = 1;
- e
va n raqamlari ochiq kalit, d va n raqamlari esa yopiq kalit xisoblanadi;
Usulning
tavsifidan kelib chiqadiki , shifrning kriptografik barqarorligi
ikkita tub sonni sifatli tanlashga bog'liq.