Axborot texnologiyalari va zamonaviy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishning dolzarb muammolari
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г.
56
tibbiyot sohasi hisoblanadi. Teletibbiyot mustaqil fanlarga tegishli emas, balki
jarrohlik va terapevt mutaxassislari uchun yordamchi
hisoblanadi va xizmat
qiladi. Teletibbiyot tizimiini amalga oshirishda quyidagi o‘ziga xos struktura va
yo‘nalishlardan foydalaniladi. “Bemor va SHifokorlar” hamda “SHifkor va
shifkorlar” Bemor va shifkor yo‘nalishida -teletibbiyot orqali bemorga tibbiy
konsultatsiya berib boradi. Masofadan bemorni tibbiy biomonitoringdan
o‘tkazishi mumkin. Teletibbiyotning ikkinchi bosqichida Shifkor va shifokorlar
jarrohlik amaliyotlarini masofadan o‘tkazish, shoshilinch tibbiy maslahat olish
yoki ko‘rsatish hamda tibbiyot xodimlarini masofadan interaktiv elektron
shaklda ta’lim olishi, malaka oshirishi nazarda tutilgan. Teletibbiyotda
masofaviy tibbiy maslahat olish va bemorlarning
diagnostikasi eng keng
tarqalgan va ommabop hisoblanadi. Maxsuslashtirilgan vidokonferentsiya
tizimlari yordamida shifokor-konsultatsiyasi, uning shifokor yordamchisi va
bemorning o‘zi o‘rtasida to‘liq formatda audiovizual aloqa o‘rnatiladi, bunda
ular bir-birlarini ko‘rish va eshitishlari, grafik matnli va matnli ma’lumotlarni
almashishlari mumkin.Misol
tariqasida, bemorning rengen kartasi shifokorga
ko‘rastilishi mumkin. Bugungi rivojlangan tibbiyot sohasida teletibbiyot
bo‘yicha maslahat xizmatlaridan foydalanuvchilar o‘zlarining shaxsiy
faoliyatlarini yetarlicha kuzatib borish shuningdek, yetarlicha vaqtga ega
emaslar. Ushbu kamchilik aholini tibbiy ko‘rik
uchun ortiqcha vaqt navbat
turishlariga sababchi bo‘luvchi omillardan biri hisoblanadi. Bemorlarda
masofadan biomonitoring olib borish tizimlari sog‘liqni saqlash sohasi
mutaxassislari tomonidan ularni sog‘ligi holatinitekshirish va kuzatishda
foydalanib kelinadi. Ko‘p vaqtlarda terapevtik barcha kerakli terapevtik
manipulyatsiyalarni mustaqil ravishda amalga oshirishga qodir bo‘lmagan keksa
yoshdagi qariyalarni kuzatish uchun masofadan turib mas’ul shaxs yordamida
biomonitoring yordamida tekshiruv olib borish mumkin.Uy
sharoitida
teletibbiyotda muntazam jarrohlik tekshiruviga muhtoj bo‘lgan bemorlar ya’ni
yurak qon tomir kasalliklari, surunkali joyidan turolmaydigan og‘ir kasallar
uchun dolzarb hisoblanadi. Jarrohlik amaliyotlarini masofadan o‘tkazish
teletibbiyotning ushbu yo‘nalishi yangi yoki tajribasi kam mutaxassis tomonidan
o‘tkazilayotgan jarrohlik amaliyotida yoki bo‘lmasa tajribasiz jarrohlar uchun