- bosim ostida suv beruvchi nasosni olib kelingan suv Jdishiga
ulash;
- rezina uchiga o ‘matiIgan quvurni tozalovchi kallakni nazorat
qudugM ichidan drenaj quvuri ichiga yo‘naltirish;
- drenaj quvurini tozalash uchun suv berish jarayonini boshlash;
- tozalovchi kallak (tozalash masofasi 100 m) bo‘shliqqa
chiqqandan so‘ng suv berishni to‘xtatish;
- suv beruvchi ish jihozini qayta g ‘altakka o ‘rash.
K o‘rinib turibdiki, ishni bajarish texnologiyasi ancha murakkab
bo‘lib, tozalash uchun sarf qilinadigan suv miqdorini haddan tashqari
ko‘p talab qilinishi va uni ayniqsa tashib kelinish jarayoni qiyinchilik
bilan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, agarda yotqizilgan drenajning
qandaydir qismida uni qurilish davrida quvurlarni uzilishi yoki boshqa
sabablarga asosan to ‘siqlar bo‘lsa, tozalovchi kallak o ‘z harakatini
to ‘xtatadi, kallak to‘xtagan masofa aniqlanib shu joyning ustki qismi
kavlanib, drenaj ochiladi, kamchilik tuzatilib shu joydan yana tozalash
ishlari davom ettiriladi.
Qazilgan xandakdan yer osti suvlari ko‘tarilishi natijasida hosil
bo‘lgan suvlar suv nasoslari yordamida so‘rib olinadi va tuzatish ishlari
hamda drenaj quvurini tozalash ishlari tugagandan so‘ng xandak qayta
ko‘miladi.
Bundan tashqari yopiq gorizontal drenaj qurish loyihasida oldingi
yillarda nazorat quduqlari har 100 m da o ‘matilgan bo‘lsa, hozirda
iqtisod nuqtai nazardan ular har 400 m da o ‘rnatilmoqda va ularni
tozalash uchun o ‘ta yuqori bosimga (1,6-1,8 MPa) ega boMgan ПДТ-
200
rusumli
mashinadan
foydalanilmoqda
(7.1l-rasm). Drenaj
quvurlarini tozalovchi mashinalar esa har 100 m masofaga hisoblangan.
Lekin boshqa texnik vositalarini yo‘qligi sababli shu mavjud
texnikadan hozirda ham murakkab boMishiga qaramasdan foydalanib
kelinmoqda. Ayniqsa nazorat quduqlari orasidagi masofaning uch
joyidan xandak qazib, drenaj quvurlari tozalanilmoqda.
123
Umuman drenajlami himoyalash va yaxshi ishlashini ta’minlash
maqsadida ushbu sohaga muammo sifatida qarab bir necha yillardan buyon
shu sohada ham kuzatuv, hamda ilmiy tadqiqot ishlari ofib borilmoqda.
S
7