Shaxsning o’z-o’zini anglashi va “Men konsepsiyasi”ning eksiztensial psixologik kategoriyasi




Download 58,84 Kb.
bet3/7
Sana24.05.2024
Hajmi58,84 Kb.
#252374
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Shaxs òzini-òzi anglashi va men konsepsiyasi

Shaxsning o’z-o’zini anglashi va “Men konsepsiyasi”ning eksiztensial psixologik kategoriyasi

Ekzistensial psixologiyada, R. May, inson doimo mavjud boʻlish jarayonida, potentsial inqirozda idrok qilinadi, bu Gʻarb madaniyatiga xos boʻlib, unda tashvish, umidsizlik, oʻzidan begonalashish va ziddiyatlarni boshdan kechiradi.
Ekzistensial psixoterapiya va psixologiyaning asosiy tushunchasi, R.May aytganidek — bu „insonni borliq sifatida tushunishdir. R.May fikriga koʻra, ekzistensialistlarning asosiy deklaratsiyasi shundan iboratki: inson borligʻiga qanchalik kuchli kuchlar taʼsir qilmasin, inson oʻz hayotining aniqligini bilishi va shu orqali unga munosabatini oʻzgartirishi mumkin. Shaxsning kuchi — bu qanchalik ahamiyatsiz boʻlmasin, maʼlum bir pozitsiyani egallash, aniq qaror qabul qilish qobiliyatida. Ana shu maʼnoda inson borligʻi pirovard natijada erkinlikdan iborat: P. Tillich, „Inson haqiqatan ham qaror qabul qilish paytidagina shaxsga aylanadi“.
O’z-o’zini anglash jarayoni milliy o’zligini anglash bilan uzviy bog’liq bo’lib, muayyan vaqt, muddat o’tishini, ya'ni ma'lum davrni taqozo etadi, lekin u ham evolyusion, ham revolyusion yo’l ta'sirida amalga oshishi mumkin. o’z-o’zini anglash borliq va jamiyatni in'ikos etishning yuqori bosqichi sanalib, pirovard natija sifatida yuzaga keladi, insonning donishmandligini namoyish qiladi. o’zo’zini anglash besh tarkibdan iborat bo’lib, u o’ta murakkab jarayon shisoblanib, uning tarkiblari birin-ketin anglashinish imkoniyatiga ega emas. Chunki insonda 93 o’zining shayoti va faoliyati yutuqlari, nuqsonlarini, xulq-atvor ko’nikmalarini, aql-idrok darajalarini, ichki imkoniyat zaxiralarini, qadriyat hamda ma'naviyat ko’rsatkichlarini oqilona basholash qurbi yetishmaydi. Shaxsda tanqid va o’zo’zini tanqid, basholash va o’z-o’zini basholash, tekshirish va o’z-o’zini tekshirish, nazorat qilish va o’z-o’zini nazorat qilish, boshqarish va o’z-o’zini boshqarish, takomillashtirish va o’z-o’zini takomillashtirish, rivojlantirish va o’z-o’zini rivojlantirish mutanosibligi maqsadga javob bera olmaydi. Individual va ijtimoiy ongni tobora rivojlanib borishi mazkur mutanosiblikni amalga oshirishni ta'minlaydi, bu esa muayyan muddatni talab qiladi. Inson o’z-o’zini anglash jarayonida ko’pincha reallikdan boshlaydi, Hozirgi va favquloddagi holatni tashlil qiladi, shaxsiy imkoniyati bilan taqqoslaydi, ma'lum mezon yoki namuna, ibrat tanlab, unga tenglashishga intiladi. Keyinchalik esa kelajak, istiqbol rejalari uni qiziqtiradi, o’zining nimalarga qodirligi yuzasidan mulohaza yuritadi va bu borada muayyan qaror qabul qilishga erishadi, lekin uning ongliligi yoki oqilliligiga shubshalanadi. Uni bir necha marta tashlil qilish, qiyoslash, unga o’zgartirishlar kiritish, yangilash orqali bo’lg’usi "Men" iga aniqlik kiritadi va faollik mexanizmiga aylantiradi. O’z-o’zini anglashning navbatdagi bosqichida shaxs o’tmishini tashlil qiladi, undagi qusurli va ibratli jishatlarni o’zaro qiyoslab ustuvorlikni topishga intiladi, bu borada ayrim siljishlarga erishadi. Ijtimoiy shayotdan u o’ziga ideal bo’luvchi shaxsni tanlaydi va undagi ijobiy xislatlar, xususiyatlar va ko’rinishlarni, ko’rsatkichlarni o’zida mujassamlashtira boradi. Shaxs o’z-o’zini anglash davomida dinamik harakatsiz shech bir narsani ro’yobga chiqara olmasligiga iqror bo’ladi, natijada uzluksiz harakatlar asta-sekin, birdaniga, tavakkaliga amalga oshirish lozimligini tushunib yetadi. Dinamik holatni basholash, tekshirish, nazorat qilish, boshqarish natijasida dinamik "Men" shakllana boshlaydi. o’z-o’zini anglashning besh tarkibiy qismi bir tekis insonning ma'naviy dunyosiga aylansa, demakki, unda mukammallik, barkamollik darajasi vujudga kelganligidan dalolatdir. O’z-o’zini anglash shaxsning fazilatiga aylanishi uchun muayyan davr, vaqt, muddat talab qiladi, shuning uchun o’quvchilar, talabalar va respublikamizning boshqa fuqarolari bilan dasturiy tadbir-choralar o’tkazish orqali ko’zlangan maqsadga erishish mumkin. XXI asr odamlari komillikni egallovchi, ya'ni komil insonlikka intiluvchi shaxslardan tarkib topishi lozim. Komillikning bir nechta mezonlari mavjud bo’lib, unda jismoniy barkamollik, axloqiy barkamollik, betakrorlik, aql-zakovatlilik singari shaxsning ijtimoiy tarbiyaviy tarkiblari o’z ifodasini topadi. Komillikning o’ziga xos bosqichlari, ob'ektiv va sub'ektiv xususiyatli hart-haroitlari, omillari mavjuddir. Komil inson imkoniyati cheksiz, o’z iqtidori, iste'dodi, saloshiyati, qobiliyati, donishmandligi, qomusiyligi bilan o’z zamondoshlaridan sezilarli darajada ilgarilab ketuvchi, betakror, o’ta ongli, biosfera va neosfera munosabatlarini anglovchi ongli zotdir. Bizningcha, bu darajaga barcha fuqarolar erishish imkoniyatiga ega emas, chunki buning ham ob'ektiv, ham sub'ektiv omillari, hart-haroitlari mavjuddir. Xuddi shu sababdan shunchaki intilish, mayl, layoqat bilan yuksak kamolot cho’qqisiga erishib bo’lmaydi, mazkur ijtimoiy holatni chuqurroq tadqiqot qilish farazlarimizni yo tasdiqlaydi yoki inkor qiladi. XXI asrda yashovchi odamlar insonparvarlik g’oyalarini aks ettiruvchi kishilarning timsoli sifatida shayot va faoliyatda o’z-o’zini nazorat qilish, o’zo’zini basholash, o’z-o’ziga buyruq berish, o’z-o’zini ifodalay olish, o’z-o’zini kamol toptirish, o’z-o’zini kashf qilish imkoniyatlariga ega bo’lmoqlari lozim, bu esa o’z navbatida muayyan tarixiy davrni taqozo etadi. Bir ijtimoiy jamiyatning ikkinchisi bilan almashish, shuningdek, mustaqillik va uning ne'matlari respublikamiz fuqarolarida tub o’zgarishlarni vujudga keltirishga muhim zamin shozirlashda davom etadi. Milliy tuyg’u, milliy qiyofa, milliy xarakter, milliy ta'b, milliy kuy va raqs, milliy ma'naviyat, qadriyat ta'siri ostida o’zining tub moshiyatini aks ettira boshlaydi. 5 Lekin bu imkoniyatdan to’la foydalanish uchun barcha xalq yetarli darajada tayyor emas, chunki har bir shaxs ruhiyatida eshtiyoj bilan imkoniyat o’rtasida muayyan qarama-qarshiliklar shukm suradi. Har bir inson o’zining birdaniga tenglik alomatini qo’yib bo’lmaydi, chunki shaxslar orasida tafovutlar mavjud bo’lganligi tufayli "sun'iy" likka yo’l qo’yish odatdan tashqari holatdir.
O’zini o’zi anglash Hozirgi zamon psixologiya fanining metodologik va nazariy muammolari qatorida qo’llaniladigan asosiy kategoriyalar, tushunchalar, ta'riflarga aniqliklar kiritishdan, tezaurus, kontekst nuqtai nazaridan ularni talqin qilishdan iboratdir. Ushbu mulohazalar moshiyatini o’zini o’zi anglash, axloq, ma'naviyat, taraqqiyot, dinamika va shaxsga oid tushunchalar to’g’risidagi qarashlar tashkil etadi. Mazkur tushunchalar o’zaro ierarxik tuzilmaga ega bo’lib, biri ikkinchisini taqozo etadi va o’ziga xos muayyan tizimni vujudga keltiradi, majmuaning markazida esa inson turadi. Shu fikrni aloshida ta'kidlab o’tish joizki, psixologiya fanida axloqiy o’zini o’zi anglash ruhiy jarayon, hodisa, voqelik, xususiyat sifatida aloshida 97 o’rganilmaganligi tufayli uni tashlil qilish o’zini o’zi anglash, axloq, milliy xarakter, ma'naviyat, qadriyat kategoriyalari bilan bevosita bog’liq ravishda amalga oshiriladi. Bizningcha, ajratib ko’rsatilgan kategoriyalar, tushunchalarni o’ziga xos tarzda yoritish psixologiyani asosiy va ustuvor atamasi sanalmish shaxsni yaqqol anglash imkoniyatini yaratadi, axloqiy o’zini o’zi anglashning ijtimoiy-psixologik voqelik tariqasida aniq namoyon bo’lishini o’rganishni kafolatlaydi. Axloqiy o’zini o’zi anglash "o’zini o’zi anglash" ning xususiy ko’rinishi, jabshasi bo’lganligi tufayli uning ruhiy tuzilishi, tabiati, o’ziga xosligi, tarkib topishi, rivojlanishi va takomillashuvi, ob'ektiv, sub'ektiv, ichki hamda tashqi hart-haroitlari, eng avvalo, o’zini o’zi anglash jarayonining ichki xususiyatlariga ko’p jishatdan bog’liq. Hozirgi zamon psixologiya fanida o’zini o’zi anglashning tabiatini tushuntirishda, talqin qilishda ikki xil qarash, yondashish mavjud bo’lib, ular birbiridan keskin darajada tafovutlanib turadi. Birinchi yondashishga qaraganda, o’zini o’zi anglash-bu o’z yo’nalishini o’zgartirgan ongning aynan o’zidir, xuddi shu bois u inson ongining maxsus ko’rinishi demakdir. Bu sohadagi ikkinchi mulohaza S.L.Rubinshteynning ilmiy ishlarida o’z ifodasini topgan bo’lib, keyingi davrlarda uning shogirdi K.A.AbulxanovaSlavskaya tomonidan o’tkazilgan izlanishlarda izchil ravishda rivojlantirilmoqda. Uning fikriga binoan, ong va o’zini o’zi anglash jismoniy real hamda yuridik shaxsga taalluqli xususiyatlardan iborat bo’lib, ular uning shayoti va faoliyatini vosita yoki "qurol" sifatida ta'minlab turuvchi ruhiy jarayondir. Bizningcha, ikkinchi yondashish o’zini o’zi anglashning tabiati yuzasidan to’g’ri (adektiv) ma'lumot berish imkoniyatiga ega, binobarin, metodologik nuqtai nazardan uni ilmiy-nazariy va amaliy-tatbiqiy jishatdan tadqiqot qilish yuksak ko’rsatkichlar berish mumkin. Yuqoridagi o’zini o’zi anglashning ruhiy tabiati shaqidagi ikki xil munosabatning mavjudligi- uning paydo bo’lishi sabablarini, yo’nalish ob'ektini, tadqiqot predmetini turlicha yoritilishga olib keladi. Birinchi yondashashga ko’ra, o’zini o’zi anglashni vujudga kelishining bosh sababi-inson bilan jamiyat o’rtasidagi munosabatning o’zaro nomutanosibligidir. Inson muayyan jamiyatda, mikro va mize mushitda yahar ekan, u xuddi shu mushitda mavjud bo’lgan qonun-qoidalarga va tartib-intizomga bo’ysunishga hamda shular asosida, ularning negizida o’z xulq-atvori, munosabatlarini idora qilishga, boshqarishga majburdir. o’z xulq-atvorini va munosabatlarini o’zi idora qilish 98 jarayoni esa, ularni yuzaga keltiruvchi eshtiyojlarni, xoshish istaklarni, motiv va mayllarni, maqsad va qiziqishlarni boshqarishdan iboratdir. Bunday ko’rinishdagi, tuzilishdagi, mazmundagi anglash va uni idora qilish psixologik nuqtai nazardan eshtiyojning individual ongdagi ifodasini hamda ular o’rtasidagi bo’ladigan munosabatlarni tartibga solishni taqozo etadi. Uning paydo bo’lishining bosh sababi ham, yo’nalish ob'ekti ham ongdir, ya'ni u ongning ichki barqarorligi natijasida yuzaga keladi va barqarorlikni shakllantirish uchun xizmat qiladi. Shu narsani ta'kidlash o’rinliki, birinchi yondashishning namoyandalari talqinida ongning ichki beqarorligini vujudga keltiruvchi elementar yuzasidan oladigan ma'lumotlarga qaratadi. Bunday ma'lumotlar inson tomonidan o’zlashtirilgandan keyin bir xil mazmunga ega bo’lmaganliklari tufayli o’zaro qarama-qarshilikka uchraydi, ularning o’zaro mutanosibligini ta'minlash uchun inson ijtimoiy ongiga murojaat qiladi va shu yo’l orqali ma'nolar o’rtasidagi ziddiyatni bartaraf etadi. Xuddi shu boisdan ham L.S.Vigotskiyning shaxsiy fikricha, o’zini o’zi anglash turli xil ma'nolar o’rtasida birlikni vujudga keltirish jarayoni sifatida va o’zlashtirilgan ong tariqasida namoyon bo’ladi. A.N.Leontev talqiniga qaraganda, individual (yakka shaxsga oid) ongdagi moshiyat bilan mazmun o’rtasidagi ziddiyat o’zini o’zi anglashning sababchisidir. A.N.Leontevning shogirdi V,V.Stolinning uqtirishicha, o’zini o’zi anglashning asosida (negizida) "menlik" ning mazmunlari o’rtasidagi ziddiyat yotadi. B.G.Ananev izlanishlarida aks etishicha, o’zini o’zi anglashning paydo bo’lishi omili- odamning individual xosiyati, faoliyat sub'ektliligi shaxslilik xususiyatlarining tarkib topishidagi notekislik va geteroxronlikdir. Uning mulohazasiga ko’ra, o’zini o’zi anglash ana shu uchala xususiyatni o’zaro muvofiqlashtiradi va xuddi shu tariqa ongning individualligini ta'minlab turadi. Amalga oshirilgan psixologik tashlildan ko’rinib turibdiki, birinchi yondashuvda o’zini o’zi anglash xulq-atvorni va munosabatlarni belgilovchi hamda idora qiluvchi mustaqil sub'ektga aylanadi, natijada real inson tadqiqot markazidan uzoqlashadi, uning o’rnini ong va o’zini o’zi angldash egallaydi. Bizningcha, o’zini o’zi anglashni bu tarzda tushunish (va tushuntirish) uning psixologik tabiatini atroflicha, to’liq yoritishga imkon bermaydi va nazariy jishatdan noto’g’ri (noadekvat) xulosa chiqarishga, shoshilinch qaror qabul qilishga olib keladi. Ikkinchi yo’nalishning asoschisi S.L.Rubinshteynning tadqiqotlariga asoslanib, biz o’zini o’zi anglash muammosini tadqiq etishga asosiy diqqate'tiborni, eng avvalo, uning sub'ektiga, ya'ni insonga-shaxsga qaratish maqsadga muvofiq, deb shisolaymiz. Ushbu fikrni boshqacha so’z bilan ifodalaganda, o’zini o’zi anglashni shakllantirishning manbai ong va undagi ziddiyat bo’lmasdan, balki insonning tarkib topishi va rivojlanishi sanaladi. Ruhiy faoliyatning maxsus holdagi (vaziyatdagi) ob'ektiv hart-haroitlar sifatida odamlarning shayoti, umumiy yashash haroiti deb yozadi S.L.Rubinshteyn, - aks ettirish faoliyatining harti 99 shaqida gap ketganda, odamning turlicha namoyon bo’lishining, umumiy hartlari ichidan xuddi mana shu in'ikos etish faoliyatining maxsus hartini ajratib olishimiz zarur bo’ladi. o’zini o’zi anglashning paydo bo’lishini ta'minlovchi maxsus hartni aniqlash uning sub'ekti to’g’risidagi muammoni shal qilishni, muayyan yo’lyo’riqlar va oqilona usullarga asoslanuvchi yechimni talab qiladi. Jahon psixologiyasi fanida to’plangan ma'lumotlardan ma'lumki, inson (shaxs) o’zini o’zi anglashi uchun xuddi shu o’zini o’zi anglash xususiyatining (jarayonining) sub'ekti bo’lishi muqarrar.




    1. Download 58,84 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 58,84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shaxsning o’z-o’zini anglashi va “Men konsepsiyasi”ning eksiztensial psixologik kategoriyasi

Download 58,84 Kb.