|
Tranzak tahlilda “Men” tushunchasi va “Men “ konsepsiyasi
|
bet | 4/7 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 58,84 Kb. | | #252374 |
Bog'liq Shaxs òzini-òzi anglashi va men konsepsiyasiTranzak tahlilda “Men” tushunchasi va “Men “ konsepsiyasi.
«Men-konsepsiyasi» faqat anglanadiganlarni o’z ichiga olgani uchun uni ongli kognitiv idrok va individning o’zini o’zi baholashi, ya’ni, o’zi haqida fikr va mulohaza bildirishi sifatida aniqlash mumkin.
Ko’pchilik chet ellik mualliflarning U. Xyuit tomonidan umumlashtirilgan qarashlariga ko’ra, «Men-konsepsiyasi» bir necha tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi.
Jismoniy nuqtai nazarga ko’ra, «Men-konsepsiyasi» odam tanasi va organizmining psixofiziologik va anatomik xususiyatlarida: ko’rish, eshitish, og‘irlik, jins, bo’y o’lchami va boshqalarda namoyon bo’ladi. Bularga yana kiyinish rusumi, yoqtirgan avtomobil rusumi, uy-joy turi, yashash hududini kiritish zarur.
Akademik nuqtai nazarga ko’ra, «Men-konsepsiyasi» maktabda olingan baholar va erishilgan yutuqlar, o’qishga bo’lgan istak va malakalar, va shu kabilarda ifodalanadi. Odatda, ular ikki darajaga bo’linadi: a) matematika, adabiyot, chet tillar va boshqa fanlar bo’yicha erishilgan yutuqlarning qay darajada yaxshi va yuqoriligida namoyon bo’ladigan akademik yutuqlarning umumiy jihatdan baholanishi; b) shaxsiy yutuqlarning bir xil ijtimoiy guruh yoki bir avlodga mansub bo’lgan boshqa odamlarning yutuqlari bilan qiyoslashtirish asosida shakllanadigan akademik yutuqlarning ijtimoiy jihatdan baholanishi.
Ijtimoiy nuqtai nazarga ko’ra, «Men-konsepsiyasi» atrofdagi odamlar bilan – oila doirasida, qo’shnilar orasida, ishxonada o’zaro munosabatlarning o’rnatilishiga bog‘liq bo’ladi.
Ijtimoiy «Men» bizning boshqa odamlar, jamiyat hayotiga kirgan holda bu jamiyatga nisbatan ba’zi bir majburiyatlarni bajarishimiz, boshqacha aytganda, ijtimoiy rollar: o’quvchi, o’g‘il-qiz, do’st, sportchi, a’lochi, yigit, qiz bolaning rolini o’ynaganimiz yuzasidan paydo bo’ladi. Biz boshqa odamlar bilan rollar darajasidagi muloqotda juda ko’p vaqtimizni o’tkazamiz.
Transshaxsiy nuqtai nazarga ko’ra, «Men-konsepsiyasi» hayot mazmuni muammosini hal etishga mas’ul bo’lganligi, inson diniy qarashlari yoki ularning mavjud emasligi bilan bevosita bog‘liqligi sababidan muhimdir.
Transaksion tahlil psixologik model boʻlib, insonning individual va guruhlardagi xatti-harakatlarini tavsiflash va tahlil qilish uchun xizmat qiladi. Ushbu model odamlarga oʻzlarini va boshqalar bilan oʻzaro munosabatlarining oʻziga xos xususiyatlarini tushunishga imkon beradigan falsafa, nazariya va usullarni oʻz ichiga oladi.
Transaksion tahlilni rivojlantirishning asosiy boshlangʻich nuqtasi psixoanaliz edi, ammo TA, model sifatida, ancha umumiy va keng koʻlamli xarakterga ega boʻldi. Transaksion tahlilning oʻziga xos xususiyati shundaki, u sodda va tushunarli tilda taqdim etilgan va uning asosiy tamoyillari juda sodda va hamma uchun ochiqdir va tushunarlidir.
Tranzaktsion tahlilning asosi shaxsning maʼlum bir muayyan vaziyatda boʻlgan holda, bir-biridan aniq ajralib turadigan uchta ego holatidan biri asosida ishlay oladigan pozitsiyadir.
Transaksion tahlil — bu har bir inson oʻziga ishonishni, oʻzi oʻylashni, mustaqil qarorlar qabul qilishni va his-tuygʻularini ochiq ifoda etishni oʻrganishi mumkin degan xulosaga asoslangan xatti-harakatni tushunishning oqilona usuli. Uning tamoyillari ishda, uyda, maktabda, qoʻshnilar bilan — umuman olganda odamlar bilan muomala qiladigan joyda qoʻllanilishi mumkin.
Transaksion tahlil nazariyasining asoslari Erik Bern va boshqa bir qator psixoterapevtlar, shuningdek, bir qancha psixologlar tomonidan yaratilgan. Erik Bern 1960-yillarning boshidayoq inson faoliyati haqidagi oʻz kuzatuvlarini nashr eta boshladi va jamoatchilikning tranzaksion tahliliga qiziqishi 1970-yillarda avj oldi.
Ego holatlari
Transaksion tahlilga koʻra, har birimizda 3ta ego holati mavjud: ota-ona, kattalar va bola.
Ota-ona ego holati ® birinchi navbatda, ota-onadan qabul qilingan munosabat va xatti-harakatlarni oʻz ichiga oladi. Tashqi tomondan, ular koʻpincha boshqalarga nisbatan notoʻgʻri munosabatda, tanqidiy va gʻamxoʻrlikda namoyon boʻladi. Ichkarida — bizning ichki farzandimizga taʼsir qilishda davom etadigan eski ota-ona nasihatlari kabi koʻrinishda boʻladi.
Voyaga etgan odam (katta odam) ego holati (K) shaxsning yoshiga bogʻliq emas. U hozirgi voqelikni idrok etishga va ob’ektiv maʼlumot olishga qaratilgan. U tashkillashtirilgan, yaxshi moslashtirilgan, topqir va haqiqatni oʻrganish, uning imkoniyatlarini baholash va xotirjamlik bilan hisoblash orqali ishlaydi.
Bola ego holati (B) bolada tabiiy ravishda paydo boʻladigan barcha impulslarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, u erta bolalikdagi tajribalar, oʻziga va boshqalarga boʻlgan munosabati va munosabatlarini oʻz ichiga oladi. Bu bolalikning „eski“ xatti-harakati sifatida ifodalanadi. Bolaning ego holati shaxsiyatning ijodiy namoyon boʻlishi uchun ham javobgardir.
Biz ota-onamiz kabi harakat qilsak, ular kabi oʻylasak, biz ota-onaning ego holatida boʻlamiz. Biz hozirgi voqelik, faktlarning toʻplanishi, ularni ob’ektiv baholash bilan shugʻullanayotganimizda, biz katta odam ego holatida boʻlamiz. Biz oʻzimizni bolalikdagidek his qilsak va oʻzimizni shunday tutsak, biz bola ego holatida boʻlamiz.
|
| |