|
Men konsepsiyasi
|
bet | 2/7 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 58,84 Kb. | | #252374 |
Bog'liq Shaxs òzini-òzi anglashi va men konsepsiyasiKurs ishining ob’ekti. Intilishlar darajasining shakllanishi faqat nutqqa erishilishi yoki muvaffaqiyatsizlikka uchrash mukinligini oldindan sеzish.
Kurs ishining predmeti. O’ziga–o’zi bеrish shaxsning shaxsning intilishlari darajasi bilan chambarchasligi.
Kurs ishining maqsadi. Kishi navbatdagi harakatning qiyinchilik darajasini bеmalol tanlash imkonyatiga ega bo’lishi.
Kurs ishining vaifasi. Bir tomondan eng ko’p nutqqa erishish uchun intilishni kuchaytirib yuborishga harakat qilinsa, ikkinchidan muvaffaqiyatsizlikka uchramaslik uchun intilishlarni kamaytirishga harakat qilinadi.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi 2 bob, 4 bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
I Bob. Shaxsning o’z-o’zini anglashi va “Men konsepsiyasi”ning ilmiy –nazariy o’rganilishi.
Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ shaxs, individuallik tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog’lom odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo’q, oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisinigina shaxs deb atash an'ana tusiga kirib qolgan, chunki o’sha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy munosabatlar mashsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo’la oladi. Individ sifatida yorug’ dunyoga kelgan odam ijtimoiy mushit ta'sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. Ilk bolalik chog’idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimi doirasiga tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo’lib, u yoshligidanoq shu tayyor ijtimoiy munosabat, muomala, muloqot tizimi bilan tanisha boradi. Ijtimoiy qurshov, ijtimoiy guruh ichida odamning bundan keyingi rivojlanishi uni shaxs sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog’liq bo’lmagan har xil xususiyatli munosabatlar majmuasini vujudga keltiradi. Jahon psixologiyasi fanida onda-sonda uchrab turadigan shaxsni ijtimoiy mushitning sust mashsuli deb tushuntirish va unda faollikni inkor etish o’ta bashsli fikrdir. Shuni aloshida ta'kidlab o’tish kerakki, shaxsning ijtimoiy tajribani o’zlashtirish jarayoni odamning o’zicha amalga oshirayotgan faoliyatiga va uning bilan qanday maqsad ko’zlayotganiga nisbatan munosabatini aks ettiruvchi ruhiy dunyosi orqali namoyon bo’ladi. Odatda faollik shaxsga xos xulq-atvor, faoliyat, muomala motivlarida, ustanovkalarida, amaliy ko’nikmalarida ko’zga tashlanadi. Boshqacha so’z bilan aytganda, faollik shaxsning atrof-mushitdagi voqelikni egallashga intilgan sa'i-harakatlarda vujudga keladi. Shaxsning faolligi uning o’z istiqboli uchun yo’l-yo’riq tanlashda, uni o’zlashtirishda, shayotda o’z mavqei va o’rnini topishda gavdalanadi. Bir xil turmush haroitlari shaxs faolligining turli shakllarini yaratish hamda har xil shayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkoniyatiga ega. shayotda biron bir tanbesh berishning o’zi kimgadir ruhiy shisni uyg’otsa, boshqa birining sirtiga ham yuqmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta'sir qiluvchi barcha tashqi qo’zg’atuvchilar ijtimoiy hart-haroitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismlari tuzilishi yig’indisi bilan boyitilishi evaziga shaxs degan tushuncha shosil bo’ladi. Shaxsning eng muhim xususiyatli jishatlaridan biri - bu uning individualligidir, ya'ni yakkasholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, shukmron xususiyatlar yig’indisi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Psixik xususiyatlarning birikmasini aynan o’xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan, yaqin odamdan ayrilganligi qayg’u-alam, uning bilan birga esa shayotda tiklab bo’lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqelikning mangulikka yo’nalishi bilan izoshlash mumkin. Shaxs o’zining qadrqimmati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilishi, ta'lim va tarbiya yordamida yuzaga kelgan o’zining kuchli va kuchsiz jishatlari bilan yaqqol, betakror oliy zotdir. 3
“Men” konsepsiyasi”– insonning o’zi haqidagi tasavvurlarining rivojlanib boruvchi tizimi, uning tarkibiga: a) o’zining jismoniy, intelektual, xarakterologik, ijtimoiy va boshqa xususiyatlarini idrok qilish; b) o’z-o’ziga baho berish; v) shaxsiyatga tasir o’tkazuvchi tashqi omillarni subyektiv idrok etishkiradi. “Men” konsepsiyasi tushunchasi 1950- yillarda fenomenologik, gumanistik psixologiya yo’nalishlari ichida paydo bo’lgan. Bixeviorist va freydistlarga ko’ra, insonning “Men”i uning axloq va rivojlanishning asosiy omili sifatida umumiy ko’rib chiqishiga intilishgan. “Men” konsepsiyasi shakllanishiga simvolik interaksionizm va identifikatsiyalash konsepsiyasi muhim ta’sir ko’rsatgan. Biroq birinchi nazariy ishlanmalar shu yo’lda U.Djeyms tomonidan olib borilgan. U birinchi bo’lib, shaxsning global “Men” ni o’zaro bog’langan “Men-yaratuvchi” va “Men-obyekt”ga bo’lgan.
“Men” konsepsiyasini ko’pincha yo’naltirilgan tushunchalar sifatida aniqlanadi, uning ichida uchta tarkibiy qisimlarni ajratadi:
1. Kongnitiv qism – “Men” qiyofam, o’z ichiga shaxsning o’zi haqida taassurotni qamrab oladi.
2. Emotsional-qadriyatlar–o’ziga shaxs sifatida, o’z faoliyatiga bo’lgan munosabati. Bu tarkibiy qism, boshqacha aytganda, o’z-o’ziga baho berish tizimini ichiga o’zini baholash tizimi kiradi;
3. Axloqiy fe’l-atvor qism, bu kognitiv va baholash qismlarining fe’l-atvorida namoyon bo’lishini xarakterlaydi. Masalan: nutqda, o’zi haqidagi fikrlarda o’zini anglab ko’rsatadi.
“Men” konsepsiyasi – bir butun hosila va uning barcha tarkibiy qismlari mustaqil mantiqiga ega bo’lsa ham, o’zaro chambarchas bog’liqdir. Bu konsepsiya seziladigan va sezilmaydigan jihatlardan iborat va o’zi haqida taqdimotlari, ularning murakkabligi va xilma-xilligi, shaxs uchun ularninng subyektiv ahamiyati, shuningdek, ichki yaxlitli va izchillik, uyg’unlik, vaqtga bardoshliligi nuqtaiy nazardan ta’riflanadi. 4
Adabiyotlarda “Men” konsepsiyasini yagona tafsifi haligacha mavjud emas.Masalan, R.Berne “Men” konsepsiyasini ierarxiyaga asosalngan tuzilma ko’rinishida taqdim etadi. Uning cho’qqisi global “Men” konsepsiyasi shaxsning o’zi haqida tushunchalarini kiritadi. Bu tushunchalar har xil turlariga xos:
1. Real “Men” (“Men kimman”);
2. Ideal “Men”(“Meni kim bo’lishni istayman - intilaman).
3. Oynali “Men” (“Meni qanday baholashadi).
Bularning har bir turi bir qator jihatlarni o’z ichiga qamrab oladi- jismoniy “Men”, ijtimoiy “Men”, aqliy “Men”, emotsional “Men” bo’ladi, shaxsning rivojlanishi nufuzli manba sifatida xizmat qiladi, biroq ular orasidagi jiddiy ziddiyatlar shaxsning ichki mojarolar va negativ qayg’urishlar manbasiga aylanishi mumkin.
Shaxsning faoliyatiga ko’ra - organizm, ijtimoiy individ yoki shaxs darajasida namoyon bo’lishiga qarab, “Men” konsepsiyasining uchta bosqichi ajratiladi:
1) ”organizm-muhit” darajasi - jismoniy “Men” obraz, organizmning jismoniy samaradorlikga bo’lgan ehtiyoji;
2) “ijtimoiy individ” darajasida – ijtimoy o’zlikni, jins, yosh, etnik fuqarolik, ijtimoiy rol bular shaxsning jamiytga a’zo bo’lishi ehtiyoji bilan bog’langan.
3) ”Shaxs” darajasida - “Men”ning farqlanuvchi obrazi, o’zi haqidagi fikrlarni aniqlash ehtiyojini ta’minlaydigan, boshqa shaxslar bilan solishtirganda o’zi haqida ta’riflovchi fikrlarini va o’zining noyoblik hissini beruvchi, o’zini ko’rsatishga bo’lgan ehtiyojni ta’minlovchi daraja. `zini, o’z mavqeini va kamchiligini anglashga intilish, o’zlarini kattalarning baholashi bilan solishtirish, o’z familiyasini, ismini, yoshini, manzilini, oila a’zolarini bilish, boshqalarning hohishini hurmat qilish.
Katta maktabgacha yoshdagi bolaning guruh umumiy manfaatlarni his etishi, boshqalarning huquqlari bilan hisoblashishi, umumiy yutuqlardan quvonishi, yordam ko’rsatishi, umum foydasi uchun mehnat qilishi, ijtimoiy mulkka o’yinchoqlar, kitoblar, qo’llanmalar, qo’g’irchoqlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishida o’z ifodasini topadi. Bolalarda jamoatchilikni tarbiyalash individuallikning rivojlanishini ko’zda tutadi: guruhda bolaning tashabbusi rag’batlantiriladi, qizquvchanlik, zehni o’tkirlik, individual qiziqishlar, did, mayllar qo’llab-quvvatlanadi. guruh o’yinlarni rag’batlantirish individual o’yinlarga yordam berish bilan qo’shib olib boriladi.
Amerikalik psixolog U.Jeyms o’zining psixologik nazariyasida XX asrning boshlaridayoq shaxs «Men» siymosining eng muhim tarkibiy qismi o’zini hurmat qilishi haqiqatan ham erishgan yutuqlarining kishi da’vogarlik qilgan, mo’ljallangan narsalarga munosabati bilan belgilanishi haqida umuman to’g‘ri fikr bildirgan edi. U surati individning real muvaffaqiyatlarini, maxraji esa shaxs intilishlarini ifoda etadigan formulani: muvaffaqiyat, o’zini hurmat qilish, intilishlarni taklif etgan edi. Ma’lumki, surati oshib, maxraji kamayganda kasr kattalashadi. Shu sababli kishi o’zini hurmat qilishini saqlab qolishi uchun ayrim hollarda eng ko’p kuch va g‘ayrat sarflashi va o’zini hurmat qilishini saqlab qolishi shart bo’lib, bu ko’pincha murakkab vazifa hisoblansa, boshqa bir yo’li intilishlarining darajasini pasaytirishdan iborat. Bunda hatto eng kamtarona muvaffaqiyatlarga erishganda ham o’zini hurmat qilish hissi yo’qolmaydi.
Psixologik muhofaza faqat intilishlar darajasini pasaytirish hollaridan iborat emas. Bu psixologik qulaylikning buzilishi «Men» siymosining mavjud bo’lishiga xavf tug‘diradigan his-tuyg‘ularni bartaraf etish va uni mazkur holatlar uchun maqbul va mumkin bo’lgan darajada saqlab qolish maqsadida shaxs qo’llaydigan alohida yo’naltiruvchi tizimdan iboratdir. «Psixologik muhofaza» tushunchasiga yaqin «muhofaza mexanizmlari» tushunchasini psixoanaliz maktabining yetakchisi Z.Freyd ishlab chiqqan edi. U bu tushunchani shaxsni biologik mavjudot deb hisoblaydigan mexanistik falsafa nuqtai nazaridan talqin qilgan edi. Z.Freyd kishining ongsiz instinktlari ongli «Menning muhofaza mexanizmlari», shaxsning «ichki senzurasi» bilan to’qnashib qoladi va buning natijasida turli o’zgarishlarga uchraydi, deb taxmin qilarkan, psixologik muhofazaning noto’g‘ri talqin etilishiga yo’l qo’ygan edi. Masalan psixologik muhofazaning mexanizmlaridan biri o’z maqsadiga erishish yo’lidagi g‘ovlarni bartaraf eta olmagan va frustratsiyaga tushgan paytda ro’y beradigan tajovuzkorlikdan iboratdir. Hayot uslubini ishlab chiqishda boshlang’ich nuqta odamning o’zi haqidagi tasavvurlari ekan, o’zini anglashning individual variativligini ko’rib chiqish darkor.
Insonni o’zi haqidagi tasavvurlari, g’oyalari, baholari va xulq-atvor tendensiyalari yig’indisi “Men” konsepsiyasi deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda, “Men” konsepsiyasi subyektni o’zi haqidagi eng umumiy ustanovkalari tizimidir. “Men” konsepsiyasi odamni turli sohalarda muvaffaqiyatini va zaif tomonlarini belgilaydi va 3 ta rolni bajaradi.
Birinchidan – shaxsning ichki o’zaro roziligiga erishishga turtki beradi;
Ikkinchidan – odamni tajribasini izohlaydi;
Uchinchidan – kutishni manbasi bo’ladi.
“Men” konsepsiyasi hamma shaxsiy va xarakterli jarayonlarni muvofiqlashtiruvchisi bo’lib aks etadi. “Men” konsepsiyasi o’zini kelib chiqishiga ko’ra asosan fenotipli havotirni irsiy darajasi va nerv tizimi xususiyatlari bilan mustaxkamlanadigan birlashma. Uni U.Djeyms orginal formulasi bo’yicha hisoblash mumkin. Yoshlikda o’z-o’zini baholash tashqi baholar ta’sirida shakllanadi, bu esa keyinchalik interiorizatsiyalanib o’ziga nisbatan munosabatga aylanadi.
|
| |