• Shaxsiy ijod: tarifi va ahamiyati
  • Shaxsiy ijod nima
  • Shaxsiy ijodkorlikni rivojlantirish uchun samarali strategiyalar
  • 1-qurol: Talqin
  • 4-qurol: Baholash
  • 2-Mavzu: Shaxsiy ijod va ijodiy fikrlash vositalari Reja




    Download 17,94 Kb.
    Sana16.05.2024
    Hajmi17,94 Kb.
    #236899
    Bog'liq
    2-ma\'ruza


    2-Mavzu: Shaxsiy ijod va ijodiy fikrlash vositalari
    Reja:
    1. Shaxsiy ijod: ta'rifi va ahamiyati
    2. Kreativ fikrlashda taʼlimning oʻrni qanday?
    3 Shaxsiy ijodkorlikni rivojlantirish uchun samarali strategiyalar
    4. Ijodiy fikrlash usullari
    Shaxsiy ijod: ta'rifi va ahamiyati
    Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg`ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o’tkirlikni belgilab beradi, “talabalar e'tiborini ta'lim jarayoniga faol jalb etishni ta'minlaydi”. Xorijiy mamlakatlarda barcha sohalarning mutaxassislari kabi o’qituvchilar ham o’zlarida kreativlik sifatlari mavjudligi va uning darajasini aniqlab boradi. Buning uchun ular E.P.Torrens tomonidan 1987 yilda asoslangan va shaxsning kreativ tafakkurga egaligini aniqlovchi testdan o’tadi. Mazkur test shaxs kreativligi va uning darajasini ijodiy faoliyatni tashkil etishdagi faollik, tezkor fikrlash, o’ziga xos (orginal)lik va takomillashganlik kabi mezonlar bo’yicha baholash imkoniyatini yaratadi. Talaba tomonidan tavsiya etilgan savollarga beriladigan javoblar aynan mana shu to’rtta mezonni qanotlantirishi lozim E.P.Torrens fikricha, “kreativlik” tushunchasi negizida quyidagi yoritiladi:
    - muammoni yoki ilmiy farazlarni ilgari surish;
    - farazni tekshirish va o’zgartirish;
    - qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash;
    Kreativ muammo echimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o’zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta'sirchanlik Kreativ fikrlash har bir ijtimoiy sohada yaqqol aks etishi mumkin.
    Shaxsiy ijod nima?
    Yangi g'oyalar eskilaridan kelib chiqadi degan kuzatish amaliy ahamiyatga ega, chunki bu bizga ijodkorlik uchun bilim zarurligini aytadi. Ijodkorlik vakuumda bo'lmaydi. Bizning tasavvurimiz qisman bilgan narsamizga bog'liq..

    Kreativ fikrlashda taʼlimning oʻrni qanday

    Taʼlimning asosiy vazifasi oʻquvchida jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak boʻladigan koʻnikmalarni shakllantirishdir. Kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega boʻlishi kerak boʻlgan muhim koʻnikmadir. Bu koʻnikma ularga doimiy tarzda va shiddat bilan oʻzgarayotgan, oddiy savodxonlikdan tashqari «XXI asr» koʻnikmalariga ega ishchilarni taqozo etayotgan dunyoga moslashishga koʻmaklashadi. Umuman olganda, bugungi oʻquvchi kela jakda hozir hatto mavjud boʻlmagan sohalarda ishlashi, yangi muammolarni yangi texnologiyalar orqali hal etishi kutilmoqda. Oʻquvchida kreativ fikrlash koʻnikmasini shakllantirish ularga tobora murakkablashayotgan mahalliy va global muammolarni noodatiy yondashuv orqali hal etish imkonini beradi.


    Shaxsiy ijodkorlikni rivojlantirish uchun samarali strategiyalar
    Shaxsiy ijodkorlikni rivojlantirish uchun samarali, tahliliy fikrlashning olti quroli
    Shaxsiy ijodkorlikni rivojlantirishda tahliliy fikrlashga aloqador tafakkur qurollarining soni faqat oltita emas, aslida ancha ko’p. Lekin biz eng muhimlarini tanlab olib, quyida ularni e’tiboringizga havola qilmoqchimiz.
    1-qurol: Talqin
    Talqin deganda sizga taqdim etilgan axborotni to’g’ri tushunib, uni boshqalarga to’g’ri yetkazib bera olish qobiliyati tushuniladi.
    Ishda yoki o’qishda siz turli holatlarda har xil ma’lumotlar bilan yuzlashasiz.
    2-qurol: Tahlil
    Tahlil deb turli qismlardan iborat axborotlarni jamlab, ularning xulosasini tushunishga aytiladi.
    3-qurol: Mantiqiy va dalil asosida fikrlash
    Mantiqiy va dalil asosida fikrlash mavjud ma’lumotlar asosida to’g’ri xulosa yoki natijaga erishish uchun yana nimalar lozim bo’lishini anglash qobiliyatidir.
    4-qurol: Baholash
    Sizga taqdim etilayotgan ma’lumotlarning to’g’riligini aniqlash uchun shu axborotni sizga yetkazayotgan shaxsning tajribasi, fikri va qarorining qanchalik xolisligini to’g’ri baholay olishingiz kerak.
    5-qurol: Tushuntirish
    Siz ma’lumotlarni nafaqat yetkazishni, balki qo’shimcha ma’lumotlar orqali tushuntirishni ham bilishingiz kerak. Chunki sizdan axborotni qabul qilayotgan odamda tug’iladigan qo’shimcha savollarga ham javob bera olishingiz kerak. Demak, biror masalani o’rganganda uni boshqalarga batafsil tushuntirib bera oladigan darajada bilishingiz kerak.
    6-qurol: Imkoniyatingiz chegarasini bilish
    Biror ishni amalga oshirishda o’z imkoniyatlaringiz chegarasini hisobga oling va qurbingiz yetmaydigan ishlarni bajarishga urinmang.
    Download 17,94 Kb.




    Download 17,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-Mavzu: Shaxsiy ijod va ijodiy fikrlash vositalari Reja

    Download 17,94 Kb.