Menejment axborot tizimlari. Reja Menejmentda axborot tushunchasi Menejment texnikasi tushunchasi va tasnifi




Download 81.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana27.01.2023
Hajmi81.91 Kb.
#39786
1   2   3   4
Bog'liq
Menejment axborot tizimlari. Reja Menejmentda axborot tushunchas
Aynura 2, 19-maktab 2021-22 bandlik, Qadamboyev Hikmat, Tabriknoma, 1-kun uchun 50 test, Valiyev Ramazon 2, Valiyev R Kompyuter tarmoqlari 2-amaliy ish, Avtomobil tuzilishi Sardor, Assemblerlar, S.Bazarbayeva marketing referat, Yong\'in chiqish, portlash xavfli bo\'lgan ob\'eklardagi transport va kommunal tizimlardagi avariya va halokotlar, 8 sinf II chorak chsb, 1326128, sidiqova k 2
Axborot tizimi - hujjatlar axborot oqimlari, aloqa 
kanallari 
va 
menejment 
obyektining 
texnikaviy 
vositalarini qamrab oluvchi murakkab axborot majmuidir. 
Menejment obyektining qandaydir bir qismi bo'yicha 
axborot yig'indisi kichik tizimni tashkil etadi. Maqbul 
axborot tizimini tashkil etish menejmentning u yoki bu 


tashkiliy tizimini loyihalashtirish va uning samarali 
faoliyat 
yuritushuning 
muhim 
shartlaridan 
bo'lib 
hisoblanadi.
Axborot tizimlari oddiy va murakkab tizim bo'lishi 
mumkin. Oddiy axborot tizimi uni qayta ishlashni talab 
etmaydi, axborot manbasidan u iste’mol qilinishi 
joyigacha yetkazishda o'zgarish yuz bermaydi. Bunday 
axborot telefon yoki boshqa xabar berish vositalari 
yordamida bir marta beriluvchi xabar sifatida yetkaziladi. 
Murakkab axborot tizimlari axborotni qayta ishlashning 
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasi 
bo'yicha turlarga ajratiladi. Birinchi guruhga qo'lda yoki 
eng oddiy mexanizmlar yordamida qayta ishlanuvchi 
axborot tizimlari kiradi. Ikkinchi guruhga axborotni 
to'plash, qabul qilish va qayta ishlashda mexanizatsiya 
keng qo'llaniladigan axborot tizimlari kiradi. Uchinchi 
guruhga m a’lumotlarni majmuiy mexanizatsiya vositasi 
bilan birga avtomatlashtirish elementlarini qo'llab qayta 
ishlash va to'plash qo'llanilgan axborot tizimlari kiradi. 
 
Menejment texnikasi tushunchasi va tasnifi. 
 
Menejment texnikasi - bu aqliy mehnat texnikasi
menejment tizimida axborotni qayta ishlash texnikasidir. 
Texnika vositalari qanchalik takomillashgan bo'lsa, 
menejment texnologiyasi, menejment mehnatini tashkil 
etish va butun menejment jarayoni shunchalik samarali 
bo'ladi.
Hisoblarga asosan mamlakat iqtisodiyotini maqbul 
boshqarish uchun yil davomida 10 ta elementar arifmetik 
operatsiya bajarish zarur bo'lsa, boshqaruv apparati 


xodimlari 10 ta, ya’ni 10 ming marta kam operatsiya 
bajarish qobiliyatiga ega ekanlar. Bu muammoni 
muvaffaqiyatli hal etish uchun menejment mehnatini 
takomillashtirish, axborot to'plash hamda qayta ishlashni 
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish zarur. 
Menejment texnikasini faqat hisoblash mashinalari 
bilangina bog'lash noto'g'ridir. Dastlabki texnika vositalari 
100 yil burun paydo bo'lgan ruchka, chizg'ichdan tortib 
EHM va kompyutergacha bo'lgan texnika vositalarini 
quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin: orgtexnika va 
hisoblash mashinalari. 
Orgtexnika vositalariga juda turli-tuman uskuna va 
qurollar (oddiy qurol va vosita, axborot olish va qayta 
ishlash, ko'chirish, ko'paytirish, aloqa vositalari va 
axborot uzatish, xizmat ko'rsatish, xizmat xonalari 
uskunalari) kiradi. Menejment mehnati turli oddiy qurol 
va uskunalardan (qalam, ruchka, idora daftarlari, jadval, 
grafik va boshqalar) foydalanishga asoslanadi. Eng 
so'nggi avloddagi EHM va kompyuterlar oddiy texnika 
vositalari (qalam va chizg‘ich) o'rnini to‘liq bosa olmaydi. 
Qulay, oddiy, chidamli bu vositalar texnika vositalari 
singari juda muhimdir. 
Oddiy qurol va uskunalarni axborotni qayta ishlash 
bosqichlari bo‘yicha guruhlarga ajratish mumkin. Bu, 
avvalo, yozuv vositalari (qalam, ruchka, mo'yqalam, 
trafaret), tasvir vositalari (grafik, diagramma, nazorat va 
nozirlik oynalari, marshrut sxemalari), hujjatlar saqlash 
vositalari (tokcha, konvert, kartoteka va h.k.), axborot 
qabul qilish va mustahkamlash vositalari (tarozi, soat, 
hisob 
mashinasi, 
o'lchov 
vositalari, 
ko'chiruvchi 
mashinalar), aloqa vositalari (telefon, AS, rahbar va 


dispetcher kommutatori, radio aloqa, radiofon, signal 
uskunalari, ovoz berish uskunalari), axborot uzatuvchilar 
(ovoz, nur, kartochka, oyna, metall), menejment 
mashinalarida 
qo'llaniladigan 
axborot 
uzatuvchilar 
(disklar, qog'oz).
Axborot - menejment uchun zaruriy xabar va m 
a’lumotlar majmuidir. Axborotsiz menejment bo'lmaydi. 
Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o'rtasidagi 
bog'Iiqlik shakllari ishlab chiqarish axborotlaridir.

Download 81.91 Kb.
1   2   3   4




Download 81.91 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Menejment axborot tizimlari. Reja Menejmentda axborot tushunchasi Menejment texnikasi tushunchasi va tasnifi

Download 81.91 Kb.
Pdf ko'rish