|
Menejment va marketing
|
bet | 123/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanininBoshqarish
Marketing xizmati
Reklama
Sotuvni qo‘llab-quvvatlash
Pablik releyshnz
Izlanish (tadqiqot)
Sotuvni bashorat qilish
Sotuvni nazorat qilish
Mahsulotni ishlab chiqarish
Sotuvni rejalashtirish
Mahsulotni rejalashtirish
Mahsulotni rivojlantirish
Narxni tashkil etish
Sotish
Tashqi xizmat
Xaridorlarga xizmat ko‘rsatish
Jo‘natish va omborlar
O‘rash (upakovka)
Tashqi soha
Reklama agentligi
1-chizma. Marketing faoliyatiga yo‘naltirilgan korxonani tashkil etish.
Mavjud tovarlarni o‘rganish va kelgusi tovarlarni rejalashtirish, ya’ni assortiment, parametrik qatorlar va qadoqlashni hisobga olgan holda yangi tovarlarni yaratish yoki eskirganlarini moderinizatsiya qilish kontseptsiyasini ishlab chiqish. Eskirgan va belgilangan daromadni keltirmaydigan tovarlar ishlab chiqarishdan va eksportdan olib tashlash.
Tovar harakati va sotilishini rejalashtirish kerak bo‘lgan taqdirda do‘kon va omborlarni hisobga olish bilan tegishli sotish tizimini yaratishni o‘z ichiga oladi.
Xaridor agent va bevosita sotuvchilarga yo‘naltirilgan reklamalarni kombinatsiyalash, shaxsiy sotuvni yo‘lga qo‘yish, obro‘li nosavdo tadbirlar («Pablik releyshnz») va turli xildagi iqtisodiy rag‘batlantirishlar orqali talabni shakllantirishni ta’minlash va sotishni rag‘batlantirish.
Eksport qilinuvchi mahsulotlarga narxlar darajasi va tizimini rejalashtirish, narx, kredit
Marketing faoliyatini tizim sifatida boshqarish, ya’ni marketing dasturlari va korxona ishida qatnashuvchi har bir ishchining individual majburiyatlarini bajarish va nazorat qilish, tavakkalchilik va foyda darajasi, marketing qarorlarini samaradorligini baholash kabilar kiradi.
Yuqorida ta’kidlangan tadbirlarni amalga oshirish uchun marketing strategiyalarini o‘tkazilishini samaradorligi bog‘liq bo‘lgan, ya’ni ishlab chiqaruvchilarni va xizmat ko‘rsatish korxonalarini, ulgurji va chakana savdo korxonalarni, marketing bo‘yicha mutaxassislarni va turli xil iste’molchilarni o‘zida mujassamlashtirgan marketing sub’ektlarining katta rolini hisobga olish zarurdir. Ta’kidlash lozimki, marketing funktsiyalarini bajarish ma’suliyati turli uslublar orqali taqsimlansada, ularni ko‘p hollarda umuman bajarmaslik mumkin emas, ular albatta biror kim tomonidan bajarilishi lozim.
Marketing jarayoni xaridorni o‘rganish va uning talablarini aniqlash bilan boshlansa, xaridor tomonidan mahsulotni xarid qilish va uning aniqlangan talabini qondirish bilan ushbu jarayon o‘z nihoyasiga etadi.
Marketing sub’ektlari amal qilayotgan bozorlarni ikkiga bo‘lishimiz mumkin. Bu korxona o‘zining mahsulotini realizatsiya qilayotgan «sotuvchi bozori» va kerakli bo‘lgan ishlab chiqarish komponentlarini xarid qila oladigan «xaridor bozori». Shunday qilib marketing mahsulot sotuvchilari va xaridorlari uchun zarurdir.
Ammo qiziqtirgan hamkorlar bilan aloqani o‘rnatishdan avval quyidagilarni aniqlash lozim:
- o‘zga tomon bunga qiziqishi bormi yoki yo‘qmi;
-texnik aloqa vositalari (telefon, faks) mavjudmi va aloqa uchun mas’ul shaxs bormi.
Mavjud yoki potentsial hamkorlar bilan aloqa va biznes muloqot marketingning muhim bo‘limlaridan biridir.
|
| |