|
Menejment va marketing
|
bet | 120/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin*Nominal belgi - bunda hujjatlar vazifasiga yoki nomiga ko`ra (hisobotlar, aktlar, qarorlar, buyruqlar va h.k.) birlashtiriladi.
*Xronologik belgi - bunda hujjatlar kalendar davrlari bo`yicha guruhlanadi (oylar, yillar bo`yicha hisobo?lar)
*Korrespondentsiyalar belgisi - bunda hujjatlar kelish manbaalari (vazirliklar, qo`mitalar, birlashmalar, kontsernlar va h.k.)ga ko`ra birlashtiriladi.
*Yo`nalishlar bo`yicha - bunda hujjatlar yo`nalishlar (fan-texnika kengashining maxsus ilmiy kengash qarori va h.k.) bo`yicha birlashtiriladi.
*Geografik belgi - bunda hujjatlar bir shahar yoki tumanda bo`lgan korxona, tashkilotlar bo`yicha guruhlanadi.
Hujjat oborotini tartibga solish uchun axborat oqimini, uning barqarorligini, paydo bo`lishi va vazifasini o`rganish lozim. Bu hol turli usullar (o¨zaki so`rash, anketalash, tadqiq qilishning maxsus kartalari) yordamida bajariladi.
Hujjat oborotini o`rganishda hujjat qaerdan kelishini, qaerda qayd qilinishini, qaerga berilishini, bu hujjat asosida qanday hujjatlar ishlab chiqilishini, hujjat tayyorlash davriyligini, nusxasi va h.k.larni aniqlash talab qilinadi. Buning natijasida hujjat oboroti marshruti tuziladi.
Shundan so`ng hujjat oboroti tizimi loyihalanadi, bunda hujjat shakllarini yaxshilash, ularnin? oborot vaqtini qisqartirish, hujjat b?lan eshlashni maqsadga muvofiqlashtirish hamda ijroni nazorat qilishning turli yo`llari topiladi.
Hujjat oboroti tizimida korrespondentsiyalarning eksped-itsiyadan korxonaning tarkibiy bo`linmalariga ma’lum tartibda etkazib berilishi muhimdir. Hujjatlar hajmi katta va korxona xududi ancha tarqoq yoki ko`p joyni egallagan bo`lsa, transport vositalaridan foydalanish, halqa marshruti?i oashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Hujjat oborotini takomillashtirish ko`p jihatdan korxona-ning o`ziga, uning hujjat ustida ishlash madaniyatini ko`tarish uchun qunt bilan ish olib borishi va tashabbus ko`tarishiga hamda qo¨ozlarni rasmiylashtirish va ular harakati to`¨risidagi eskicha qarashlarga keskin barham berishga bo¨liqdir.
Gap shundaki, ish yuritish yagona davlat tizimi bu qo`llanma emas, u korxona va tashkilotlarda hujjatlashtirish ishlarini tashkil etishni ko`rsatib bermaydi. Unda printsipial qoidalar, me’yoriy talablar va tavsiyalar bor, ?olos. Ulardan har bir idora, uning muassasa va korxonalarida ish yuritish bo`yicha aniq yo`l-yo`riqlar ishlab chiqish uchun foydalanish lozim. Hujjat oborotida hujjat ustida ishlash operatsiyalarini kamaytirish yoki umuman takroriy operatsiyalarga yo`l qo`ymaslik lozim.
-
|
| |