|
Tijorat harakatlarini intensifikatsiya qilish kontseptsiyasi
|
bet | 128/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanininTijorat harakatlarini intensifikatsiya qilish kontseptsiyasi. Bu usulni ko‘pgina ishlab chiqaruvchilar qo‘llaydi. Tijorat harakatlarini intensifikatsiya qilish kontseptsiyasini quyidagicha ta’riflanadi: agar korxona sotish va rag‘batlantirish sohasida yaxshi harakat qilmasa, iste’molchilar uning tovarlarini etarli miqdorda sotib olmaydilar.
Asosan bu kontseptsiyani past talabga moyil tovarlarga ishlatiladi. Bu tovarlarni xaridor sotib olishni o‘ylamaydi. Masalan, sug‘urta, entsiklopedik lug‘at, go‘r uchastkasi va hokazo. Bu sohalarda faoliyatlar mukammallikka etkazilgan bo‘lib, turli xil yo‘llar bilan potentsial xaridorlarni topish va tovarni «qattiq sotuvi» amalga oshiriladi. Misol keltiramiz: mijoz yoki xaridor demonstratsiya zaliga kirishi bilan sotuvchi «ruhiy qayta ishlash»ni boshlaydi. Xaridorga biron bir model yoqsa, unga bu modelni boshqa bir odam sotib olmoqchi ekanligi va shuning uchun tez bir qarorga kelish kerakligini aytadi. Xaridorga tovarning narxi yoqmasa, sotuvchi boshqaruvchi bilan gaplashib, arzonlashtirishga urinib ko‘rishini taklif qiladi. 10 daqiqadan so‘ng sotuvchi qaytib kelib, bu fikr bahosi boshqaruvchiga yoqmagani, ammo u rozi bo‘lganini aytadi. Bu ishlarning maqsadi - xaridorni joyida sotib olishga majbur qilishdan iborat. Bu kontseptsiyani tijoratdan tashqari faoliyatida, ya’ni notijorat faoliyatlarida ham qo‘llaniladi.
Marketing kontseptsiyasi. Bu tadbirkorlik faoliyatida boshqa usullarga nisbatan yangidir. Marketing kontseptsiyasi shunday deydi: korxonaning o‘z maqsadlariga erishishning kafolati bu uning bozorning nimaga muhtojligini aniqlash va kerakli mahsulotlar bilan ta’minlashni boshqa raqobatchilardan samaraliroq bajarishga harakat qilishidan iborat.
Bu kontseptsiyasining ma’nosini quyidagi iboralardan topish mumkin: «Ehtiyojlarni qidiring va qondiring», «Ishlab chiqarilgan tovarni sotishga harakat qilgandan ko‘ra, sotiladigan mahsulotingni ishlab chiqar», «Mijozlarni seving, tovarni emas», «Siz aytgancha bo‘la qolsin», «Siz - bizning boss» va hokazo.
Tijorat harakatlarini intensifikatsiya qilish kontseptsiyasi va marketing kontseptsiyasini ko‘pincha adashtirishadi. Birinchi kontseptsiyada xaridor ehtiyojini, ya’ni uning muammolarini hal etsa, ikkinchi kontseptsiyada xaridor ehtiyojini, ya’ni u muhtoj bo‘lgan tovarlar bilan qondiradi. 1-rasmda bu ikki kontseptsiyani taqqoslangan. Tijorat intensifikatsiya qilish kontseptsiyasining asosiy ob’ektiga - firmaning mijozlari va ularning ehtiyoj-lari, talablari kiradi. Firma o‘z faoliyatini iste’molchilar talabi evaziga, ya’ni o‘z mijozi talabini qondirgan holda yuqo-ri foyda olishga intiladi.
Asosiy e’tibor beriladigan ob’ekt
|
Maqsadga erishish predmeti
|
Oxirgi maqsad
|
Tijorat harakatlarini intensifikatsiya qilish kontseptsiyasi
Marketing kontseptsiyasi
Tovarlar
|
Tijorat harakatlarini
rag‘batlantirish
|
Sotish hajmini o‘sishi hisobiga foyda olish
|
Iste’molchilarning ehtiyojlari
|
Marketing kompleks harakati
|
Iste’molchilarning talabini qondirish evaziga foyda olish
|
|
| |