|
Marketing maqsad va vazifalari: mumkin bo‘lgan maksimal yuqori iste’molga erishish, iste’molchilarning talabining maksimal qondirilishiga erishish
|
bet | 124/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin2.Marketing maqsad va vazifalari: mumkin bo‘lgan maksimal yuqori iste’molga erishish, iste’molchilarning talabining maksimal qondirilishiga erishish.
Marketing jarayoni xaridorni o‘rganish va uning talablarini aniqlash bilan boshlansa, xaridor tomonidan mahsulotni xarid qilish va uning aniqlangan talabini qondirish bilan ushbu jarayon o‘z nihoyasiga etadi.
Marketingni boshqarishni asosiy mazmuni bu talabni boshqarish deb qaraladi. Shunday ekan talabni turlari va bu talabning turli holatlarida marketingning qanday yo‘l tutishini ko‘rib chiqish kerak. Talabning asosiy turlari 8 ta bo‘lib, ular qo‘ydagilardan iborat:
Qarshi talab. Bunda bozor qarshi talabga uchragan bo‘lib, tovarni yoqtirmaganlar bu tovarni chetlab o‘tish uchun qo‘shimcha xarakat qilishga ham tayyor bo‘ladi. Bu holatda marketingning vazifasi - nega bozor tovarni yoqtirmayapti degan savolni tahlil qilib, bu holatni marketing dasturi orqali tovarni o‘zgartirish, narxini pasaytirish bilan hal qilish mumkinmi degan savolga javob topishi kerak.
Talabning yo‘qligi. Bunda xaridorlar tovarga nisbatan qiziqishlari yo‘q yoki umuman befarq bo‘ladilar. Marketing bu holatda xaridorlarni tovarga qiziqishlarini oshirish yo‘llarini topishi zarur.
Yashirin talab. Ko‘p xaridorlar o‘z ehtiyojlarini namoyon qiladilar, ammo bu ehtiyojlarni qondirib bo‘lmaydi. Marketing bu holatda iste’molchi talabini qondiruvchi samarali tovar va xizmatlarni yaratishi lozim.
Pasayuvchi talab. Erta yoki kech har bir korxona talabning pasayishi bilan to‘qnashadi. Marketing bunda bu tendentsiya (ziddiyat)ni tovar taklifini o‘zgartirish orqali teskarisiga aylantirishi lozim.
Doimiy bo‘lmagan talab. Ko‘pchilik korxonalar mavsumi, kunlik tarzda ishlaydi va ishning ortib ketishi va kamayib ketishi muammosi kelib chiqadi. Marketing bunday talabni vaqt bo‘yicha taqsimlanishini egiluvchan narxlar orqali to‘g‘irlashi zarur.
To‘liq talab. Korxona o‘z savdo oboroti bilan mamnun bo‘ladi. Marketing bunda mavjud talabni kuchayayotgan raqobatga qaramasdan ushlab turishi lozim.
Ortiqcha talab. Ko‘p korxonalarda talab hajmi ular qondira olish hajmidan yuqoridir. Marketing bunda vaqtincha yoki doimiy talabni pasaytirish yo‘llarini izlab topishlari zarur.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Marketing maqsad va vazifalari: mumkin bo‘lgan maksimal yuqori iste’molga erishish, iste’molchilarning talabining maksimal qondirilishiga erishish
|