• Bozor imkoniyatlarining tahlili
  • Maqsadli bozorni tanlash.
  • Ratsional bo‘lmagan talab




    Download 2,21 Mb.
    bet125/192
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #140803
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   192
    Bog'liq
    Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin

    Ratsional bo‘lmagan talab. Sog‘liq uchun zararli bo‘lgan tovarlarga talabni kamaytirishga harakat qilish zarur. Marketing bunda har xil qo‘rqinchli xabarlarni tarqatib, narxni tezda ko‘tarib, odamlarni o‘zi sevgan zararli odatlarni tashlashga undaydi.

    Marketing sub’ektlari amal qilayotgan bozorlarni ikkiga bo‘lishimiz mumkin. Bu korxona o‘zining mahsulotini realizatsiya qilayotgan «sotuvchi bozori» va kerakli bo‘lgan ishlab chiqarish komponentlarini xarid qila oladigan «xaridor bozori». Shunday qilib marketing mahsulot sotuvchilari va xaridorlari uchun zarurdir.
    Ammo qiziqtirgan hamkorlar bilan aloqani o‘rnatishdan avval quyidagilarni aniqlash lozim:
    - o‘zga tomon bunga qiziqishi bormi yoki yo‘qmi;
    -texnik aloqa vositalari (telefon, faks) mavjudmi va aloqa uchun mas’ul shaxs bormi.
    Mavjud yoki potentsial hamkorlar bilan aloqa va biznes muloqot marketingning muhim bo‘limlaridan biridir.
    Marketingni boshqarish jarayoni quyidagilardan iborat:

    1. Bozor imkoniyatlarini tahlil (analiz) qilish.

    2. Maqsadli bozorlarni tanlab olish.

    3. Marketig kompleksini ishlab chiqish.

    4. Marketing maqsadlarini amalda tadbiq qilish.

    Bozor imkoniyatlarining tahlili. Bozor imkoniyatlarini tahlil qilish uchun bozor to‘g‘risidagi to‘liq va to‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lishga intilish kerak bo‘ladi. Buning uchun shu tanlangan bozorda tadqiqot ishlarini olib borish va aniq ma’lumotlarga asoslanib uning sistemasini tuzish yaxshi natijalar beradi. Bozor qanday bo‘lishidan qat’iy nazar uni har tomonlama o‘rganish kerak bo‘ladi. Bozordagi individual iste’molchilarni va korxona ko‘rinishidagi iste’molchilar talabini o‘rganib, ularni solishtirish, qaysi birining ko‘p talabgorligini o‘rganish lozimdir. Chunki bu ishlab chiqarilishi kerak bo‘lgan mahsulotlarni bozorda joylashtirilishi uchun muhimdir.
    Maqsadli bozorni tanlash. Aniq bir bozorni tanlashda bozorlardagi talab kengligini o‘rganib, ularni o‘lchash lozim bo‘ladi. Buning uchun o‘z oldiga bozorni segmentlarga bo‘lib o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladigan maqsadlar qo‘yish talab etiladi. Eng muhimi tovarning bozordagi o‘rnini va holatini to‘g‘ri o‘rganib aniq maqcad uchun yo‘naltira oladigan imkoniyatlarni izlashdan iboratdir.

    Download 2,21 Mb.
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   192




    Download 2,21 Mb.