|
Axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va boshqarish
|
bet | 133/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin3. Axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va boshqarish
uchun tayyorlash
Malumotlar nihoyatda xilma-xil va marketingni boshqarishda alohida ahamiyatga ega. Ularni yig‘ish sermashaqqat, ko‘pdan-ko‘p mutaxassis va texnik vositalardan foydalanish orqali amalga oshirilganligi tufayli, ularni yig‘ish doimo qimmatga tushadi. Lekin qo‘yilgan maqsadga erishish uchun bu faoliyat juda zarur.
Qabul qilish
Qayd
qilish
Ijro etish
Jo’natish
Saqlash
9-rasm. Axborotlarni boshqarish.
Bu ma’lumotlarni xaridorlar, vositachilar, o‘tkazish yo‘li bilan olinadi. Birlamchi malumotlarni yig‘ishning bir necha usullari mavjud. Ular kuzatish, obzorlar tayyorlash, eksperimentdir.
Kuzatish uculini qo‘llab tadqiqotchi, xaridorlar va sotuvchilar atrofida aylanib, uni qiziqtirgan tovarga bo‘lgan talabini o‘zgarishi haqida malumotlar yig‘ishi mumkin. Huddi shu yo‘l bilan raqobatchilar tovari to‘g‘risida ham ma’lumot yig‘adi.
Obzorlar tayyorlashda yangi tovarlar tasnifini yaratishda, reklama matnlarini tuzishda, reklama qilishda ommaviy axborot vositalaridan foydalanilganda, sotishni rag‘batlantirish tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rishda tovar harakati kanallarini tadqiq qilish va boshqalardan foydalanish muhimdir. Bu usul kuzatish va eksperiment oralig‘ida turuvchi usuldir.
Eksperiment yordamida tadqiq qilinayotgan narsaning qandaydir omillari va ularning o‘zgarishiga bo‘lgan ta’sir aniqlanadi. Bu usulning maqsadi ishchi gipotezalarini inkor etishdir. Malumotlar yig‘ishning bu usuli savdo personalini tayyorlashning yaxshi usulini aniqlashda baholar darajasini aniqlash kabi marketing muommolarini o‘rganishda qo‘llaniladi.
Kerakli axborotni yig‘ish uchun tadqiqotchi ilgaridan ma’lum bo‘lgan va ishonchli, yangi yaratilgan instrumentariyadan foydalanishi lozim. Kuzatish va eksperiment usuli texnik vocitalar, ya’ni magnitofonlar, foto, video va kinokameralardan foydalanish bilan tasniflanadi. Obzorlar tayyorlash va ayrim hollarda eksperiment anketa so‘rovlari o‘tkazishni talab qiladi.
|
| |