• Shaxsiy intervyu
  • Guruhli intervyu
  • Menejment va marketing




    Download 2,21 Mb.
    bet134/192
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #140803
    1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   192
    Bog'liq
    Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin

    Anketa co‘rovlari birlamchi malumotlar yig‘ish instrumentidir. Anketalar respodentlarga mo‘ljallangan savollarga javoblardan iborat. Respodentlar - anketa so‘roviga javob beruvchilardir. Anketa so‘rovi o‘tkazishda xato va kamchiliklarga yo‘l ko‘ymaslik uchun ilgaridan juda aniq, tayyorgarlik ko‘rish zarur, bunday tayyorgarlik jarayonda quyidagilarni aniqlab olish lozim:
    • olinishi kerak bo‘lgan axborot;
    • anketa turi va harakat usuli;
    • har bir savolning mazmuni;
    • har bir savolning lug‘atini aks ettirish;
    • savollar ketma-ketligi va davomiyligi;
    • anketaning jismoniy tasnifi.
    Anketa tuzish yuqori malakani talab qiladi. Har bir savol, uni keng miqyosida ishlatishidan tanlash orqali ba’zi xaridorlar orasida sinab ko‘rilishi kerak. Bozorni tadqiq etuvchi tanlashni o‘rganish rejasini tuzishdan oldin uch asosiy savol bo‘yicha qaror qabul qilishi zarur.
    1. Aniq qilib kimdan so‘rash kerak?
    2. Qancha kishidan so‘rash kerak?
    3. So‘rovni qanday qilib o‘tkazish kerak?
    Shaxsiy intervyu - so‘rov o‘tkazishning eng maqbul usullaridan biridir. Chunki intervyur (intervyu o‘tkazuvchi) zarur hollarda anketada ko‘zda tutilgandan tashqari ko‘proq savollar berishi va intervyuni o‘z shaxsiy kuzatishlari bilan to‘ldirishi mumkin. Bu usulning kamchiligi uning ancha qimmatga tushushi va maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassislar bo‘lishini talab qilishidir. Chunki turli vaziyatlarda: ko‘chada, uyda, ishda va boshqa hollarda shaxsiy intervyu olishni bilish zarur.
    Guruhli intervyu-6-10 kishi bilan bir vaqtda o‘tkaziladi. Ular ancha uzoq vaqtda intervyu bilan mahsulot, servis savdoni tashkil qilish va marketingning boshqa muammolari bo‘yicha baxs (suhbat) o‘tkazishadi. Tanlash hajmini aniqlash shuni ko‘rsatadiki, tanlash hajmining kattaligi kichik hajmlariga nisbatan ishonchli natija beradi. Lekin tajriba shuni ko‘rsatadiki, to‘g‘ri qaror qabul qilishi uchun javob bera oluvchi barchadan so‘rash shart emas. Talab qilingan ishonchli natijalarga tanlash reprezentativligi shartiga amal qilish orqali kam foiz aholini so‘rash orqali ham erishish mumkin. Tanlash protsedurasi tadqiqot maqsadidan kelib chiqadi. Aniq tasniflarga erishish uchun aholining jinsi, yoshi va ijtimoiy kelib chiqishini hisobga oluvchi ehtimolli tanlashdan foydalanish lozim. Tadqiqot jarayonida so‘raluvchilar bilan aloqa (kontakt) usulini ham aniqlab olmoq zarur. Belgilangan aholi guruhini telefon, pochta, shaxsiy interyu o‘tkazish va boshqa usullar bilan so‘rov o‘tkazish mumkin.

    Download 2,21 Mb.
    1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   192




    Download 2,21 Mb.