|
Menejment va marketing
|
bet | 135/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanininTelefonli co‘rov - eng tez axborot yig‘ish usulidir. Lekin telefonli so‘rovni faqat telefoni bor kishilar orasidagina o‘tkazshi mumkin. Chunki u o‘tkazilayotgan muammolar bo‘yicha etarli bilimga ega bo‘lishi bilan birga pedagogika, xaridorlar hulq-atvorini ham yaxshi o‘rganmoq lozim.
Axborotlarning kelib chiqishi, manbai, belgilanishi, qaysi maqsadga yo‘naltirishi, murakkabligi ularga ishlov berish darajasiga qarab nihoyatda xilma-xil bo‘lganligi kabi ularni yig‘ib olish, qayta ishlash va tayyorlashda ham xilma-xil usullardan foydalaniladi. Ular, eng avvvalo, ijrochi shaxslar tomonndan qo‘l kuchi yordamida, qolaversa, o‘zi yozadigan moslamalar yordamida yig‘ishlishi, qayta ishlanishi, uzatilishi, tahlil qilinishi, boshqarish uchun umumlashtirilishi va tayyorlanishi mumkin. Hozirgi kunda marketing bo‘limlari, sofmarketing korxonalarida axborotlarning nihoyatda ko‘p va murakkabligidan maxsus qurilmalar, registratorlar va boshqa turli maxsus mashina texnikasidan foydalanilmoqda.
Axborot bilai ishlashning xarakteriga qarab marketingni boshqarishning texnika vositalarini bir necha guruharga bo‘lish mumkin.
Ular:
• axborot olish vositalari;
• axborotni qayd etish va caqlash vositalari;
• axborotdan nusxa ko‘chirish va uni ko‘paytirish vositalari;
• axborot berish vositalari, axborotni hisoblash yo‘li bilan ishlash vositalaridan iborat.
Axborot olish vositalari guruhiga o‘lchov asboblari, datchiklar, schyotchiklar, qayd etiladigan moslamalar kiradi.
Marketing xizmat va bo‘limlarining umumiy qo‘llaniladigan ma’lumotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun original-hujjatdan nusxa tayyorlanadi. Ko‘p miqdorda nusxa tayyorlash jarayoni nusxa ko‘paytirish deb aytiladi. Axborotdan nusxa ko‘chirish va ko‘paytirish vositasi sifatida nur yordamida nusxa ko‘chiradigan, elektrografik va elektrostatik nusxa ko‘chiradigan elektron nusxa ko‘chirish, issiqlik energiyasi yordamida nusxa ko‘chirish, ofset va trafaret yo‘li bilan bosib nusxa ko‘chirish, gektografik bosmada va mikrofoto orqali nusxa ko‘chirish singari turli uskunalar qo‘llaniladi.
|
| |