|
Korxona mikro-muhiti: ta’minotchilar, vositachilar, raqobatchilar, mijozlar va aloqalar o‘rnatiluvchi auditoriyalar
|
bet | 143/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin3.Korxona mikro-muhiti: ta’minotchilar, vositachilar, raqobatchilar, mijozlar va aloqalar o‘rnatiluvchi auditoriyalar.
Tovar bozorida to‘g‘ri raqobatchilar o‘rtasida raqobat kura-shining jadalligi va aniq shakli raqobatning xarakteriga bog‘liq holda o‘zgaradi. Bu raqobatchilar harakati natijasida yuzaga keladigan ularning o‘zaro bog‘liqligi darajasini xarakterlaydi.
Aniq bozordagi tahlilni o‘tkazishda iqtisodchilar tomonidan taklif etilgan turli raqobatli tuzilishlarga tayanish muhimdir. Odatda, bunday tuzilishni 4 ga bo‘lish mumkin: sof (yoki tako-millashgan) raqobat, oligopoliya, monopolistik raqobat va mo-nopoliya.
Sof raqobat modeli bozorda sotuvchilarning guruhi xa-ridorlarning katta guruhiga qarama-qarshi turishining mavjudligi bilan xarakterlanadi va bu gurahlarning hech biri baholarga ta’sir etishi uchun yetarlicha kuchga ega emas. Tovarlar aniq belgilangan tavsifga ega. O‘zaro o‘rinbosar va faqatgina talab va taklif o‘rtasidagi nisbat bilan belgilanadigan baholarda sotiladi. Bunday bozordagi sotuvchilar hech qanday bozor kuchiga ega emas va ularning ha-rakati boshqa sotuvchilar harakatiga bog‘liq emas. Bunday bozorning asosiy xususiyatlari quyidagilardir:
sotuvchi va xaridorning katta miqdori;
differensiallanmagan, to‘la o‘zaro o‘rinbosuvchi tovarlar;
bozor kuchlarining to‘laligicha mavjud bo‘lmasligi.
, Ushbu rasmdan ko‘rinib turibdiki, raqobatchilar tahlili quyi-dagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1. Bozorning tuzilishi va tavsiflanishini aniqlash.
2. Tayanch raqobatchilar xarakteristikasini tasvirlash va aniqlash.
3. Tayanch raqobatchilarni baholash.
4. Raqobatchilar xarakterini oldindan ko‘ra bilish.
5. Potensial raqobatchilarni aniqlash.
Sof raqobatda talab va taklif o‘yini determinant hisoblanadi. Baho va taklif etilayotgan son firma uchun o‘zgaruvchilar hisoblanadi. Bunda talab funksiyasi quyidagicha teskari bog‘liqlik yordamida ta’riflanadi:
P - f (Q)
Bu yerda P - bozor bahosi, f - bog‘liq o‘zgaruvchi, Q esa taklif etilayotgan miqdor bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchi. Bunda firma o‘z holatini yaxshilash maqsadida mahsulot yetkazish hajmini o‘zgartirishi yoki ishlab chiqarish hajmini o‘zgartirishi kerak bo‘ladi. Qisqa muddatli rivojlanishda firma uchun raqobat-chilarning ishlab chiqarish hajmini, yangi raqobatchilarning ke-lishini kuzatib borish muhimdir, chunki bu baholar dinamika-sini oldindan ko‘ra bilish imkonini beradi. Uzoq muddatli rivojlanishda firmaning manfaati o‘z tovarlarining o‘rnini boyish darajasini kamaytirish maqsadida ularni differensiatsiyalash yoki xaridorlar uchun o‘tish xarajatlarini yaratish orqali sof raqo-batning anonimligidan xalos bo‘lishdan iborat. Marka imijini mustahkamlash siyosati bilan birga amalga oshiriladigan sifatni jiddiy nazorat qihsh orqali shunday natijaga erishish mumkin. Bu strategiyaga bir qator oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qiluvchi mamlakatlar (Kolumbiya kofesi, Ispaniya apelsinlari, Janubiy Afrika mevalari) amal qiladi va shu bilan o‘z mahsulotlariga (Kolumbiya kofesi, Ispaniya apelsinlari, Janubiy Afrika mevalari) bo‘lgan talab va narxni saqlab qolishga harakat qiladi.
Oligopoliya - bu raqobatchilar soni kam yoki bozorda bir necha firmalar o‘zaro kuchli bog‘liqlikni yaratib hukmronlik qi-lish holatidir. Bunday bozorda har bir firma amal qilayotgan kuchlar bilan yaxshi tanish va istalgan raqobatchining qiyofasini qolgan firmalar his etadi. Strategik qiyofaning natijasi unga raqobatchilar ta’sir ko‘rsatishi yoki ko‘rsatmasligiga kuchli bog‘liq.
Raqobatchilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ularning tovarlari qanchalik kam differensiyalangan bo‘lsa, shunchalik kuchlidir. Oligopoliya vaziyati ko‘proq tovarlar bozori yetilish darajasida bo‘lganida uchraydi, bunda birlamchi talab kengaytirilib bo‘l-maydigan hisoblanadi.
|
| |