|
Monopolistik yoki nomukammal raqobat
|
bet | 145/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanininMonopolistik yoki nomukammal raqobat. Monopolistik raqo-bat sof raqobat bilan monopoliya o‘rtasidagi holat bo‘lib, u diffe-rensiatsiya strategiyasi tashqi raqobatli afzallikka asoslanadi. Bun ing ma’nosi shuki, raqobatchilar juda ko‘p bo‘lib, uiarning tovarlari differensiyalangan, ya’ni xaridorlar nuqtayi nazaridan ular ajra-lib turuvchi sifatlarga egadir.
Muvaffaqiyatli differensiatsiya shartlari. Differensiatsiya stra-tegiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
— har qanday differensiatsiya xaridor uchun „qiymaf’ga ega bo‘lishi kerak;
ushbu qiymat foydalanish samarasini oshirishdan (kuchli qoniqish) yoki iste’mol xarajatlarini kamaytirishdan iborat bo‘lishi lozim;
ushbu qiymat shu darajada yuqori bo‘lishi kerakki, xaridor uning uchun ko‘proq narxni to‘lashga rozi bo‘lishi kerak;
firma o‘zining differensiatsiya elementini raqiblar undan darhol nusxa ko‘chirib olmasligi uchun himoya qila olishi kerak;
xaridorga maqbul bo‘lgan narxning ko‘tarilishi firma differensiatsiya elementini ishlab chiqarishga sarflagan xarajatlarning ortishidan ko‘proq bo‘lishi kerak;
nihoyat, agar differensiatsiya elementi sezilarsiz bo‘lsa va bozor uni tan olmagan bo‘lsa, firma uni ommalashtirish uchun signallarni vujudga keltirishi kerak.
Xaridorlarni doimiy mijozlarga aylantiravchi va ularning narxga sezgirligini kamaytiruvchi differensiatsiya firmaning bozordagi mavqeyini ma’lum darajada kuchaytiradi. Ayni paytda, mijozning savdolashish imkoniyati ham qisman bartaraf qilinadi. Shu-ningdek, differensiatsiya firmani raqiblarning hujumlaridan ham himoyalaydi, chunki differensiatsiya elementining mavjudligi to-varlarning almashuvchanligini kamaytiradi. Monopolist firma raqiblarning xatti-harakatlariga bog‘liq bo‘lmaydi, balki mustaqil ish tutadi. Bundan tashqari, differensiatsiya firmaning yetkazib beravchilar va o‘rinbosar tovarlarga nisbatan mavqeyini mus-tahkamlaydi. Strategik marketing aynan mana shunday raqobatli vaziyatlarni vujudga keltirishga intiladi.
|
| |