• Asosiy bozorni qamrab olish strategiyasi.
  • Yangi segmentlarni qidirish




    Download 2,21 Mb.
    bet148/192
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #140803
    1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   192
    Bog'liq
    Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin

    Yangi segmentlarni qidirish. Makrosegmentlashning bayon qilingan tahlili, ayni paytda, yangi potensial segmentlarni topish imkoniyatini beradi. Bu maqsadda quyidagi savollarga javob topish foydalidir:

    • talab qilinayotgan funksiyalarni bajarish uchun boshqa texnologiyalar mavjudmi?

    takomillashtirilgan tovar qo‘shimcha funksiyalarni bajara oladimi?

    • o‘xshash ehtiyojlar yoki funksiyalarga ega bo‘lgan boshqa xaridorlar guruhlari bormi?

    • ba’zi xaridorlarning ehtiyojlarini funksiyalar sonini kamaytirgan holda (masalan, mos ravishda, narxlarni pasaytirib) yaxshiroq qondirish mumkinmi?

    • funksiyalar, tovarlar yoki xizmatlarni bir butun, yaxlit holda sotishga yaroqli (qisqartirilgan yoki kengaytirilgan) yangi to‘plamlari bormi?

    Yangi segmentlash usulining topilishi firmaga o‘z raqiblari ol-dida kuchli raqobatli ustunlik keltirishi mumkin.
    Asosiy bozorni qamrab olish strategiyasi. Bozorni qamrab olish strategiyasi har bir segmentga nisbatan jalb qiluvchanlik, raqobatbardoshlikni tahlil qilish asosida tanlanadi. Firma bozorni qamrab olishning turli strategiyalarini ko’rib chiqishi mumkin.
    Konsentratsiya yoki fokuslanish strategiyasi: firma tovar bo-zori, funksiya yoki iste’molchilar guruhiga nisbatan o‘z faoliyat sohasini tor darajada belgilaydi. Bu - bozorda, aniq belgilangan sohada, yuqori ulushni egallashga intilayotgan mutaxassisning strategiyasidir.
    Funksional mutaxassisning strategiyasi: firma bir funksiyada ix-tisoslashishni afzal ko‘radi, biroq shu funksiyaga, masalan, sa-noat tovarlarini omborlarga joylashtirish funksiyasiga qiziqqan barcha iste’molchilar guruhlariga xizmat ko‘rsatadi.
    Mijoz bo‘yicha ixtisoslashish strategiyasi: firma mijozlarning ma’lum bir toifasiga (kasalxonalar, mehmonxonalar) ixtisos-lashishini, o‘z mijozlariga keng assortimentli tovarlarni, qo‘-shimcha yoki o‘zaro bog‘liq fuhksiyalarni bajaradigan asbob-uskunalar majmualarini taklif qiladi.
    Selektiv ixtisoslashish strategiyasi: bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan turli bozorlarga, turli xil tovarlarni chiqarish; bu diversifikatsiya-lashga qaratilgan strategiyadir.
    To‘liq qamrab olish strategiyasi: iste’molchilarning barcha gu-ruhlarini qoniqtiradigan to‘liq assortimenti taklif qilinadi.
    Ko‘pchilik hollarda, bozorni qamrab olish strategiyalari faqat ikki jihatdan: funksiyalar va iste’molchilar gurahi jihatidan ifo-dalanishi mumkin, chunki, odatda, firma muqobil texnologiya-lar mavjud boisa ham, faqat ma’lum bir texnologiyagagina ega bo‘ladi:
    Quyidagi misolni ko‘rib chiqaylik. Ma’lumki, shinni Gem) eritilgan pishloq va shokolad pastasi bilan bevosita raqobatdadir.
    Ushbu uch sektordagi ishlab chiqarish talablari bir-biridan kes-kin farq qilsa-da, mevalarni qayta ishlash sektorida faollik ko‘rsatayotgan firmalarning birortasi oraliq sektorlarda sanoat korxonalariga ega emas.
    Agar asosiy bozor turli texnologiyalarni ham o‘z ichiga olsa, bozorni qamrab olish strategiyasiga „texnologiyani» o‘lchash ham kiradi, masalan, tibbiy diagnostika bozorida „Jeneral elek-trik» (General Electric) firmasi mavjud texnologiyalarning bir necha xiliga egadir.
    Turli raqobatchilar o‘z asosiy bozorlarini har bir sektorda bir xilda aniqlamasligi mumkin. Biror-bir tovarga ixtisoslashgan firma ayni shu tovarga qiziqadigan mijozlarning ma’lum bir toifasiga ixtisoslashgan raqobatchiga duch kelishi mumkin. Birinchi raqo-batchi o‘zining ishlab chiqarish hajmini hisobga olgan holda ik-kinchi raqobatchiga nisbatan harakatlarda ustunlikka ega bo‘lishi mumkin, ayni paytda, ikkinchi raqobatchi savdo-sotiq va mijoz-larga xizmat ko‘rsatish sohasida samaraliroq ishlashi mumkin.

    Download 2,21 Mb.
    1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   192




    Download 2,21 Mb.