• Segmentatsiya va differensiatsiya
  • Tovar bozori turlari: iste’mol tovarlari bozori, qimmatli qog‘ozlar bozori, mehnat bozori, davlat tashkilotlari bozori




    Download 2,21 Mb.
    bet156/192
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #140803
    1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   192
    Bog'liq
    Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin

    2. Tovar bozori turlari: iste’mol tovarlari bozori, qimmatli qog‘ozlar bozori, mehnat bozori, davlat tashkilotlari bozori.
    3.Iste’molchilarning guruhlanishi.
    Mikrosegmentlashning vazifasi makrosegmentlovchi tahlil bosqichida aniqlangan tovar bozorlarining ichida xilma-xil ehti-yojlarni batafsil tahlilini amalga oshirishdan iboratdir. Ta’rifga ko‘ra, ma’lum bir tovar bozoriga mos keluvchi iste’molchilar birgina asosiy funksiya bilan, masalan, soatlar haqida gap ketganda, vaqtni o‘lchash masalasi bilan qiziqadilar. Shunga qaramay, ular qidirilayotgan funksiyaga yoki unga hamroh bo‘lgan qo‘-shimcha xizmatlarga nisbatan turli xil maxsus ko‘rsatkichlar yoki afzalliklarni kutayotgan bo‘lishlari mumkin.
    Segmentatsiya va differensiatsiya tushunchalarini adashtirib yubormaslik kerak. Differensiatsiya - bu ikki xil darajadagi xilma-xil tovarlarga tayanuvchi: a) bir xil turdagi tovarlar bo‘yicha raqobatchilar o‘rtasida va b) bir ishlab chiqaravchining turli seg-mentlarga mo‘ljallangan tovarlari o‘rtasidagi tafovutlarni angla-tuvchi tushunchadir.
    Chemberlen o‘zining monopolistik raqobat haqidagi klassik asarida differensiatsiyaga quyidagicha ta’rif bergan:
    „Agar bir sotuvchining tovarlarini (yoki xizmatlarini) boshqa sotuvchining tovarlaridan (yoki xizmatlaridan) farqlash uchun qandaydir ahamiyatli asos mavjud bo‘lsa, bu tovarlar sinfi diffe-rensiyalangan hisoblanadi. Bunday asos xaridorlar uchun qanday­dir ahamiyat kasb etar ekan, u aniq yoki mavhum bo‘lishi mum-kin va u bir tovarning boshqasidan afzal ko‘rilishiga olib keladi».
    Shunday qilib, agar iste’molchilar tovarlarni turlicha deb o‘ylasalar, ya’ni o‘z muammolarining yechimlarini turlicha deb tasavvur qilsalar, bu tovarlar differensiatsiyalangan bo‘ladi.
    Differensiatsiya - tovarlarning xilma-xilligiga asoslangan bo‘l­sa, segmentatsiya - bozorni tashkil qiluvchi potensial xaridorlar ehtiyojlariga asoslangan. Iste’molchilar bir jinsli emasliklari tu-fayli firmalar o‘zlarining har bir segmentdagi takliflarini yangi-lashga majbur bo‘ladilar. Odatda, segmentatsiya — bozorni bo‘-laklarga ajratish deb qaraladi.
    Shunday qilib, differensiatsiya - takliflar xilma-xilligini yori-tib beruvchi, segmentlash - talablar xilma-xilligini yoritib be-ruvchi konsepsiyadir.
    Mikrosegmentlash to‘rt asosiy bosqichdan iborat:
    — segmentlovchi tahlil: tovar bozorlarini tovarning fazilatlari nuqtayi nazaridan bir jinsli va boshqa segmentlardan farq qiluvchi segmentlarga ajratish;

    • maqsadli segmentlarni tanlash: firmaning vazifalari va uning maxsus imkoniyatdan kelib chiqqan holda bir yoki bir necha maqsadli segmentlarni tanlab olish;

    • pozitsiyalashtirishni tanlash: har bir maqsadli segmentda potensial iste’molchilarning istaklarini va raqobatlar egallab turgan pozitsiyalarni hisobga olgan holda ma’lum bir pozitsiyani tanlash;

    • maqsadli marketing dasturi: maqsadli segmentlarning tavsifnomalariga moslashtirilgan marketing dasturini ishlab chiqish.

    Bulardan kelib chiqqan holda, marketing strategiyasini amalga oshirish quyidagi 3.3- rasmda keltirilgan.
    Vaziyat tahlili mavjud strategiyalarni tahrir qilishda, xuddi shuningdek, yangi strategiyalar ishlab chiqishda zarurdir.
    Marketing strategiyasini amalga oshirishning birinchi bos-qichi, ya’ni vaziyat tahlili - bozor imkoniyatlarini aniqlashga, bozor segmentini aniqlashga, kompaniyaning o‘z kuchi va zaif tomonlarini belgilashga imkon beradi. Bozor tahlilining natijalari marketing strategiyasini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
    Iste’mol bozorlari uchun birinchi bosqichda tovar bozorlarini turli usullar yordamida bir jinsli segmentlarga ajratish mumkin:
    — iste’molchilarning ijtimoiy-demografik tavsifhomalari asosida (ijtimoiy-demografik yoki tavsifiy segmentlash);

    • potensial iste’molchilarning tovardan qidirayotgan foydalari asosida (foydalar bo‘yicha segmentlash);

    • faollik, manfaatlar va fikrlar atamalarida tavsiflangan turmush tarzi asosida (ijtimoiy-madaniy segmentlash);

    • xarid paytidagi xulq-atvor xarakteristikalari asosida (xulq-atvorga ko‘ra segmentlash).

    Bu segmentlash usullarining har biri o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega bo‘lib, ular quyida ko‘rib chiqiladi.

    Download 2,21 Mb.
    1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   192




    Download 2,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tovar bozori turlari: iste’mol tovarlari bozori, qimmatli qog‘ozlar bozori, mehnat bozori, davlat tashkilotlari bozori

    Download 2,21 Mb.