|
Menejment va marketing
|
bet | 154/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanininNazorat uchun savollar
Nima sababdan tashkilot va korxonalar tashqi muhit omillarini kuzatishlari lozim?
Marketing mikromuhit omillari tarkibiga nimalar kiradi?
Marketing makromuhit omillari tarkibiga nimalar kiradi?
Ijtimoiy va madaniy omillar tarkibiga qanday kqrsatkichlar va xolatlar misol bqla oladi?
15 -Mavzu. Bozorni va iste’molchilarni o‘rganish .
1. Tovar bozori tushunchasi.
2. Tovar bozori turlari: iste’mol tovarlari bozori, qimmatli qog‘ozlar bozori, mehnat bozori, davlat tashkilotlari bozori.
3.Iste’molchilarning guruhlanishi.
4.Iste’molchilar hulq atvoriga ta’sir qiluvchi omillar.
Tovar bozori tushunchasi.
Tovar bozori o‘zida, birinchidan, muayyan tovarni ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi, ikkinchidan ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi guruhlar ichidagi iqtisodiy aloqalar tizimini aks ettiradi. Birinchi hol aloqalarning asosiy shakli bo‘lib, xarid qilish va sotish hisoblanadi. Ikkinchi shakli esa o‘zaro raqobat shakli hisoblanadi. O‘ziga xos tarkib topish sharoitlari va iqtisodiy kon’yunktura rivojining qanday omillarga asoslanishiga ko‘ra milliy xo‘jaliklar va tovar bozorlari g‘oyat xilma-xil hisoblanadi. Har bir bozor va uning kon’yunkturasi rivoji har bir bosqichi uchun muayyan xususiyatlarni va uzoq muddatli yo‘nalishlar ko‘lamini, o‘tkinchi va nisbatan davomli o‘zgarishlarni hamda bularning ahamiyatini, o‘zaro hamkorlik darajasini aniqlashdagi tutgan o‘rnini belgilab beruvchi omillarni qanchalik uyg‘unlashtira olishi muhimdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida marketing funktsiyasi tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab va taklifning samarali mutanosibligini ta’minlash maqsadida erkin va raqobatli ayirboshlashni tashkil qilishdan iboratdir. Bu mutanosiblik o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi va quyidagilarni talab qiladi:
moddiy ayirboshlashni yoki, boshqacha qilib aytganda, tovarlarning ishlab chiqarish va iste’molchi o‘rtasidagi jismoniy harakatini tashkil qilish;
|
| |