Yangi raqiblarning kirib kelish xavfi




Download 2,21 Mb.
bet140/192
Sana19.01.2024
Hajmi2,21 Mb.
#140803
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   192
Bog'liq
Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin

Yangi raqiblarning kirib kelish xavfi. Bozorga kirib kelish ehti-moli katta bo‘lgan potensial raqiblar firma uchun jiddiy xavf-xa-tar bo‘lib, firma bu xatarni kamaytirishga urinishi, undan o‘zini himoya qilishi, kirish to‘siqlarini vujudga keltirishi lozim.
Ushbu xavfning qay darajada jiddiyligi kirish to‘siqlarining ba-landligiga va potensial raqibga qaratilgan reaksiya kuchiga bog‘liqdir. Kirish to‘siqlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  • miqyosdan tejash, ya’ni kirib kelayotgan firmani keng ko‘lamli ishlab chiqarishni tashkil qilishga majbur qilish yoki unga xarajatlar bo‘yicha zarar ko‘rish xavfini vujudga keltirish;

  • „Kodak" va „Poloroid" firmalari o‘rtasidagi nizodagi kabi patentlar yordamidagi huquqiy himoya;

  • xaridorlarni yangi firmaning tashviqotlariga e’tibor bermaslikka undaydigan marka imijining kuchi;

  • faqat ishlab chiqarishni o‘zlashtirish emas, balki reklama xarajatlarini qoplash uchun zarur bo‘lgan kapitalga bolgan ehtiyojlar;

  • xaridordan mashhur ishlab chiqaruvchining tovaridan yangi firmaning tovariga o‘tishda talab qilinadigan real yoki ruhiy qayta qurishga sarflanadigan otish xarajatlari;

  • sotuv tarmoqlariga kirish: ulgurji sotuvchilar yangi tovarlarni olishda juda ehtiyotkor bo‘lishlari kerak, shunda yangi firma yangi tovar uchun yangi sotish kanalini tashkil qilishga majbur bo‘ladi;

  • bozorda oyoqqa turib olgan firma ega bo‘lgan tajriba samarasi va xarajatlar bo‘yicha ustunlik, ayniqsa, qo‘l mehnati sektorlarida juda katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

Orinbosar tovarlar xavfi. O‘rinbosar tovarlar - muayyan iste’molchilar guruhi uchun muayyan funksiyani bajaruvchi, biroq boshqa texnologiya asosida ishlab chiqarilgan tovarlardir. O‘rinbosar tovarlarning bozorga kirib kelishiga, masalan, fan-texnika taraqqiyoti yoki narx siyosatining o‘zgarishi sabab bo‘lishi mumkin — mikrokompyuterlar narxining pasayib borishi an’a-naviy pochtaning elektron aloqa tomonidan siqib chiqarilishiga sabab boidi. O‘rinbosar tovarlarning narxi tovar bozoridagi fir-malar belgilashi mumkin bo‘lgan eng yuqori chegara vazifasini o‘taydi. O‘rinbosar tovarning narxi xaridorlar uchun qanchalik foydali bo‘lsa, tovar bozorida narxni ko‘tarish imkoniyatlari shun-chalik cheklangan bo‘ladi.
Bu qonuniyat, ayniqsa, energiya bozorida yaqqol namoyon bo‘ldi va energiya manbalarining yangi turlarini ishlab chiqishga katta ta’sir ko‘rsatdi. Neft bozorlarida narx-navoning ko‘tarilib borishi atom va quyosh energetikasining rivojlanishiga turtki bo‘ldi.
O‘rinbosar tovarlar — bu o‘sha xaridorlar guruhi uchun xuddi shu funksiyani bajaruvchi tovarlar, lekin boshqa texnolo-giyaga asoslangan. Bu permanent xavf yaratadi, chunki o‘rnini bosish xavfi doimo mavjud. Ushbu xavflar texnologik yutuqlar natijasida o‘sishi mumkin. O‘rinbosar tovarlarga bo‘lgan haqiqiy narxlar tovar bozorida harakat qiluvchi firmalar belgilashi mum­kin bo‘lgan eng yuqori baholarni aniqlaydi. O‘rinbosar tovarlar foydalanuvchilarni qanchalik qoniqtirsa, tovar bozorida narx-larning o‘sish imkoniyati shunchalik chegaralangandir.
Energoresurslar bozoridagi bunday holat energiyaning yangi manbalarini ishlab chiqarishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Neft bahosi-ning oshib ketishi atom va quyosh energetikasining rivojlanishiga keng yo‘l ochib beradi.
Mijozlar o‘z ta’minotchilari bilan ma’lum miqdorda sav-dolashish qobiliyatiga egadir. Ular firmani narxlarni pasaytirishga majbur qilib, keng xizmatlar kompleksini va yanada yaxshi to‘lov sharoitlarini talab qilib, firma u yoki bu harakatining po-tensial rentabelligiga ta’sir etishlari mumkin. Yaxshi sharoitlarga erishish qobiliyati darajasi qator omillarga bog‘liq:

  • markazlashgan mijozlar guruhi yoki uni xaridining hajmi ta’minotchi savdosining anchagina qismini tashkil etadi: bu yirik sotish tarmoqlari va savdo markazlari holatidir;

  • mijoz tomonidan xarid qilinadigan tovarlar uning o‘z xarajatlarining muhim qismini tashkil etadi, bu esa uni yanada ko‘proq savdolashishga undaydi;

  • sotish tarmoqlariga kirish: yangi tovarlarni kiritishda ehtiyotkor bo‘lish kerak, ko‘pincha yangi firmalar yangi sotish kanalini tashkil etishga majbur bo‘ladi;

  • tajriba samarasi va harakatlar bo‘yicha afzalliklar;

  • tovarlar kuchsiz differensiyalangan va mijozlar boshqa ta’minotchilarni topishga ishonadilar;

I • ta’minotchilar almashinuvi bilan bogiiq o‘tish xarajatlari mijoz uchun muhim emas;
• mijoztalab, bozordagi haqiqiy narx va ta’minotchining xarajatlar to‘g‘risida yetarli ma’lumotlarga ega.
Bundan kelib chiqadiki, xaridorlarni tanlash — bu muhim strategik qarordir. Firma mijozni tanlash siyosatiga amal qilgan holda o‘z raqobat sharoitini anchagina yaxshilab olishi mumkin.
Ta’minotchilarning mijozlardan manfaatli shartlarga erishish qobiliyati shundan iboratki, ular o‘z ta’minoti uchun narxni oshirish, ma’lum mijozga yetkazib beradigan tovarlar sifatini pasaytirish yoki hajmini chegaralash imkoniyatiga ega. Shu yo‘l bilan kuchli ta’minotchilar mijozlar harakati rentabelligiga ta’sir etishlari mumkin.
Ta’minotchilarga tijorat tomonidan yordam beruvchi sharo-itlar quyidagilardir:

  • ta’minotchilar gumhi mijozlar guruhiga qaraganda ko‘proq markazlashgan;

  • ta’minotchilar o‘rinbosar tovarlar tomonidan xavfni his etmaydilar;

  • firma ta’minotchi uchun muhim mijoz sanalmaydi;

  • tovar mijoz uchun muhim ishlab chiqarish vositasi bo‘lib hisoblanadi.




Download 2,21 Mb.
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   192




Download 2,21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yangi raqiblarning kirib kelish xavfi

Download 2,21 Mb.