Menejment va marketing




Download 2,21 Mb.
bet137/192
Sana19.01.2024
Hajmi2,21 Mb.
#140803
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   192
Bog'liq
Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin

Muhitni tahlil etish odatda strategik boshqarish tizimining boshlan¨ich jarayoni hisoblanadi, chunki u fir-maning yuksak vazifalari va maqsadlarini aniqlash hamda firma o`zining yuksak vazifa va maqsadlariga erishmoq uchun strategik xulqni ishlab chiqishga asos yaratadi. Muhitni tahlil qilish uni 3 qismga bo`libo`rganishni mo`ljallaydi: makroqamrov, bevosita qamrov, ichki muhit.


Makroqamrovni tahlil etish iqtisodning holati, huqu-qiy sozlash va boshqarish, siyosiy jarayonlar, tabiiy muhit va ne’matlar, jamiyatning ijtimoiy va madaniy tarkiblari, jamiyatning ilmiy-taxnik va texnologik rivojlanishi, inf-ratuzilma kabi muhit komponentlarining ta’sirini o`rga-nishlardan iborat.
Bevosita qamrov quyidagi asosiy kompanentlar bo`yicha tahlil qilinadi: sotib oluvchilar; jo`natuvchilar; raqobatchilar; ishchi kuchining bozorlari.
Ichki muhitni tahlil qilish firmaning raqobatli kurashda o`zining maqsadlariga erishmoqlik jarayonida zarur bo`lgan ichki imkoniyatlari va salohiyatini hisoblab chiqishni oydinlashtiradi. Ichki muhitni tahlil qilish tashkilotning yuksak vazifalari va maqsadlarini yaxshiroq tushuntirishda ularni to`¨ri ifodalashga imkon beradi. Unutmaslik lozimki, har bir tashkilot atrofdagilar uchun mahsulot ishlab chiqaribgina qolmay, o`zining a’zolarini ish, foyda olish, ular uchun ijtimoiy sharoitlar yaratish kabilar bilan ta’minlanishi lozim.
Ichki muhit quyidagi yo`nalishlar bo`yicha tahlil etiladi
-firma xodimlari, ularning salohiyati, malakasi, manfaatlari.
-boshqarishni tashkil etish.
-ishlab chiqarish, u bilan bo¨liq bo`lgan tashkiliy, operatsion va texnik-texnologik tavsiflar, ilmiy tadqi-qodlar va ishlanmalar.
-firmaning moliyasi.
-marketing.
-tashkiliy madaniyat.
Yuksak vazifa (missiya) va maqsadlarni aniqlash o`rganilayotgan strategik boshqarish tizimining jarayonlari-dan biri, u 3 kichik jarayonlardan tashkil topgan, har biri esa muhim mas’uliyatli ishdir. Birinchi kichik jarayon firmaning yuksak vazifasini aniqlashda, ikkinchisi uzoq muddatli maqsadlarini aniqlashda va nihoyat qisqa muddatli maqsadlarini ifodalashda. Firmaning yuksak vazifasi va maqsadlarini aniqlash, firma nima uchchun faoliyat ko`rsatayapti va nimaga intilishini bilishga imkon beradi. Buni bilish orqali istiqbolli strategik xulqni tanlash mumkin.
Yuksak vazifa va maqsadlar aniqlanganch, strategiyani tashkil qilish va tanlash bosqichiga o`tiladi. Bu jarayon haqiqatan ham strategik boshqarishning o`ziga deyilishi mumkin. Tashkilot maxsus usullar yordamida o`zining maqsadlariga va yuksak vazifalarini amalga oshirishga erishadi.
Strategik bajarish keskin jarayon bo`lib, aynan u muvaffaqiyatli bo`lgandagina firma qo`ygan maqsadlariga erishishga olib keladi. Agar firmadagi salohiyatlar etarli darajada jalb etilmasa, strategiya amalga oshirilmay qolishi mumkin. Ayniqsa, bu mehnatkashlar salohiyatidan foydalanilmagan hollarda ro`y beradi.
Strategiyaning bajarilishini baholash va nazorat qilish mantiqan so`nggi jarayon bo`lib, strategik boshqarishda namoyon bo`ladi. Ushbu jarayon tashkilot maqsadlarini amalga oshirayotgan jarayonning borishi haqida teskari bo¨lanish barqaror bo`lishini ta’minlaydi.
¥ar qanday nazoratning masalalari quyidagilar:

  • qaysi ko`satkich bo`yicha tekshirish lozimligini aniqlash.

  • Nazorat qilinuvchi ob’ektning holatini baholashda qabul qilingan standartlar, me’yorlashning yoki boshqa e’lon ko`rsatkichlar bilan mos kelishi.

  • o`tkazilgan baholash oqibatida o¨ish sabablari aniqlan-sa, u holda o¨ish sabablarini tushuntirish.

  • Lozim va zarur bo`lsa, baholashga tuzatishlar kiritish.

Strategik nazorat natijalariga binoan tuzatish kiritilsa, firmaning strtegiyasiga ham, maqsadlariga ham taaluqli bo`ladi.
Marketing dasturlari va rejalarini muvaffaqiyatli amalaga oshirishda firmalar nafaqat o’z ichki salohiyatlariga suyanishlari, balki firma faoliyatiga bevosita bog’liq bqlmagan kuchlarning ta’sirini inobatga olishlari lozim. Odatda firmalarning marketing dasturlaridagi kamchiliklari uni tuzishdagi xatolar deb e’tirof etiladi. Aslida esa marketing tadbirlarini amalga oshirishdagi ayrim qiyinchiliklar kqpgina hollarda tashqi kuchlar, omillar ta’sirida vujudga keladi.
Masalan, inflyatsiya sur’atlarining ortishi oqibatida xaridorlarning xarid qilish quvvati pasayadi, kqpgina iste’mol mollarini yalpi iste’mol qilish susayadi. Bunday sharoitda bozorga ko’plab tovarlar va xizmatlarni chiqargan korxona narx siyosatini inflyatsiyaning o’zgarishiga qarab muvofiqlashtirishi, nazorat etishi murakkablashadi. Chunki tovarlarni ishlab chiqarish vaqtidagi sarf-xarajatlarni sotish vaqtida qoplash uchun vaziyat, yoki boshqacha qilib aytganda, imkoniyat yomonlashadi. Joriy harakatlarni kelgusida qoplab borish va sarflangan kapitalning samarali qaytishini ta’minlash mushkullashadi.
Boshqa tomondan, tegishli korxona mahsuloti yoki xizmatini iste’mol qilishni hohlagan xaridor uni bir oz kechiktirishga yoki arzon turiga almashtirishga harakat qiladi. Vaholanki, ushbu korxona o’z mahsulot va xizmatlar kqlamini baholagan va ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish uchun etarli tadbirlarni rejalashtirgan bqlishi mumkin. Bu holatdan tashqi muhitdagi o’zgarishlarni inobatga olish, favqulotda holatlar vujudga kelish sharoitiga moslashish tadbirlarini ham nazarda tutishi kerak.





Download 2,21 Mb.
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   192




Download 2,21 Mb.