• Ijtimoiy - etnik marketing kontseptsiyasi.
  • Menejment va marketing




    Download 2,21 Mb.
    bet129/192
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #140803
    1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   192
    Bog'liq
    Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin

    1-rasm. Marketing kontseptsiyasi.

    O‘z ma’nosiga ko‘ra marketing kontseptsiyasi - bu mijoz ehtiyoji, bu ehtiyojni qondirishga qaratilgan, marketing kompleks harakati bilan mustahkamlangan, iste’molchi ehtiyojini qondirishni yaratishga yo‘nal-tirilgan va shular orqali korxona o‘z maqsadlariga erishishi kerak.


    Bu kontseptsiya firmaning «Iste’molchi hokim» degan nazariyaga bo‘ysunishida ko‘rinadi. Kontseptsiyada iste’molchi uchun kerakli bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarib, uni ehtiyojlarini qondirish hisobiga firma maksimal darajada foyda oladi.
    Marketing kontseptsiyasini ko‘pgina firmalar tatbiq etganlar. Bu kontseptsiyasini odatda keng is’temol mollari ishlab chiqaruvchi firmalar qo‘llaydilar. Sanoat tovarlarini ishlab chiqaruvchilar kamroq, katta kompaniyalar ko‘proq, kichik kompaniyalar kam qo‘llaydi.
    Ijtimoiy-etnik marketing kontseptsiyasi. Ijtimoiy-etnik marketing kontseptsiyasi - hozirgi zamon hodisasidir. U shunday talqin etiladi: korxonaning vazifasi maqsadli bozorga kerakli bo‘lgan tovarni, ehtiyojni va qiziqishni aniqlash, bu ehtiyojlarni raqobatchilarga nisbatan samaraliroq yo‘l bilan qondirish va shu bilan birga iste’molchi, jamiyat, atrof-muhitni o‘z holatini saqlash yoki yaxshilashni amalga oshirishdir.
    Bu kontseptsiya ba’zi holatda marketing kontseptsiyasining to‘g‘riligiga gumonsirash, ishonmaslikdan kelib chiqib, hozirgi vaqtda uning sifati yomonlashuvi oqibati, ya’ni atrof-muhit ifloslanishi, tabiiy resurslarning etishmasligi, aholi sonining tez o‘sishi butun dunyo inflyatsiyasi va xizmat ko‘rsatishning sustlashuvi oqibatida kelib chiqdi. Savol tug‘iladi, firma doim ham iste’molchilarga xizmat ko‘rsatib, ehtiyojini qondirib turib, uning kelajakda uzoq vaqt davomida yaxshi kayfiyatda bo‘lishini e’tiborga oladimi?
    Marketing kontseptsiyasi iste’molchi ehtiyojlari va uning uzoq vaqt yaxshi his etishi o‘rtasida kelib chiqadigan nizolarni chetlab o‘tadi.
    Bu ijtimoiy-etnik marketing kontseptsiyasi bozorda faoliyat yurituvchilardan siyosat doirasida uch omilning bo‘lishini talab qiladilar. Oldin firma o‘zining iqtisodiy harakatlarini foyda olish bilan bog‘lagan bo‘lsa, keyinchalik ular xaridorlar ehtiyoji va talablarini qondirish muhim strategik ahamiyatga ega ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Buning natijasida marketing kontseptsiyasi kelib chiqadi. Keyinchalik bu firma jamiyat to‘g‘risida ham o‘ylay boshlaydi, ijtimoiy-etnik marketing kontseptsiyasi quyidagi uch omilni bir-biri bilan muvozanatda bo‘lishini talab qiladi: firma daromadi, xaridor talabi va jamiyat foydasi.

    Download 2,21 Mb.
    1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   192




    Download 2,21 Mb.