|
Xujjatlar va uni yuritishni tashkil qilish
|
bet | 117/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanininXujjatlar va uni yuritishni tashkil qilish
Hujjat - bu boshqarish jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan voqealar, hodisalar, jarayonlar, faktlar to`¨risidagi axborotlarni maxsus materiallarda turli usullar bilan mustahkamlash vositasidir. Boshqacha qilib aytganda hujjat - bu narsaning nimaligini, miqdori, sifati va shu kabilarni ko`rsatuvchi rasmiylashtirilgan ish qo¨ozi, yoki kimsaning kimligini, mash¨ulotini, biror tashkilotga a’zoligini tasdiqlovchi ish qo¨ozi (pasport, guvohnoma, reyting daftarchasi va h.k.).
Hujjatlashtirish deganda biror kimsa yoki narsa haqidagi fikrni yozib, hujjat holiga keltirish, rasmiylashtirish tushuniladi.
Ish yuritish - bu korxonalarning o`z funktsiya va vazifalarini bajarish davomida hujjatlar ustida olib boradigan ish usullari va jarayonlari majmuasidir. Bu jarayon xujjatlashtirish, ular ustida ishlash usullarini o`z ichiga oladi.
Ishlab chiqarishni boshqarishda foydalaniladigan axborotlarning eng muhim shakli- bu yozma axborot , ya’ni xujjatdir. Xujjatli axborot ishlab chiqarishni boshqarishning barcha jarayonlariga singib ketadi. Xujjatlarsiz boshqarishning bironta ham funktsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshmaydi. Barcha boshqarish xodimlari u yoki bu tarzda xujjatli axborotni qayta ishlashda band bo`ladilar. Mutaxassislarning anchagina qismi (biznes rejani tuzuvchilar, iqtisodchilar, buxgalterlar, statistlar, konstruktor-injenerlar, kotibalar va hokazolar) uchun esa bu ish ular mehnatining asosiy mazmunini tashkil etadi.
Xujjatlashtirish va ish yuritishning ahamiyati ikkita omil bilan belgilanadi.
Birinchidan, boshqaruv mehnatining umumiy xajmida ish yuritish operatsiyalarining salmo¨i katta bo`lib, 30-60 foizgacha etadi. Yirik va o`rta korxonalarni boshqarish jarayonida minglab xilma-?il xujjatlardan foydalaniladi. Ishlab chiqarishga oid operatsiyalarning aksariyati xujjatlashtirish yordamida boshlanadi, amalga oshiriladi, nazorat qilinadi, tartibga solinadi va nihoyasiga etkaziladi.
Ikkinchidan, ish yuritishning ahamiyati korxonaning texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlariga, tezkorlikka, boshqaruv xodimining mehnatiga, madaniyatiga, tejamkorligiga va hokazolarga uning bevosita ta’sir o`tkazishi bilan belgilanadi.
Ish yuritish ijroni ta’sirchan nazorat qilishda muhim rol o`ynaydi. Xujjatlar yuridik ahamiyatga ham ega. Xujjatlashtirish va ish yuritishni yaxshi yo`lga qo`ymay turib, korxonani rejali boshqarib bo`lmaydi.
Korxonalarda xilma-xil va turli-tuman xujjatladan foydalaniladi. Ularni quyidagicha turkumlash mumkin.
Hujjatlar turlari
Ob’ektiga qarab
|
*Xizmatga oid xujjatlar. Lavozimli shaxs imzolaydi. Ob’ekt korxona
|
*Shaxsiy hujjatlar:
ariza, xat, tarjimai hol.
Ob’ekt-xodim. U o`z nomidan yozadi va imzolaydi.
|
Foydala-nish joyiga qarab
|
*Ichki hujjatlar:
boyruqlar
aktlar
qo`llanmalar
nizomlar
hisob hujjatlari va h.k.
Bular korxonaning ichki faoliyati uchun qo`llani-ladi.
|
*Tashqi hujjatlar:
xatlar
iltimosnomalar
javoblar
reklamatsiyalar
Boshqa korxonalar va yuqori organlar bilan yozishmalar.
|
Rekvizit-lar soniga qarab
|
*Oddiy xujjatlar
ma’lumotnoma
ilova xatlari
Bitta ko`rsatkich yoki savoldan iborat bo`ladi
|
*Murakkab hujjatlar:
buyruqlar
rejalar
hisobotlar
Juda ko`p rekviz-itlar yoki savollardan iborat bo`ladi
|
Yuridik mavqeiga qarab
|
*Standart bo`lmagan hujjatlar:
xatlar
qarorlar
aktlar
buyruqlar
Bular yakka tartibda tayyorlanadi va erkin xarakterda bo`ladi.
|
*Standart hujjatlar:
schetlar
to`lov talabnomalari
nakladnoylar
Bular yuqori tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan rasmiy hujjatlardir
|
Ijro etish muddatiga qarab
|
*Shoshilinch hujjatlar:
telegrammalar
telefonogrammalar
faks va hokozolar
Ma’lum muddat ichida ijro etishni talab qiladi.
|
*Shoshilinch bo`lmagan hujjatlar
Bu hujjatlarning ijro etish muddati belgilanmaydi.
|
Aslligiga qarab
|
*Asl nusxadan ko`chirma hujjatlar.
Asl hujjatlarning ko`paytirilgan hamda lavozmli shaxslar (kotiba, ish yurituvchi) tomonidan imzolangan nushalari.
|
*Asl nushadagi (original) hujjat. Dastlabki, tegishli tarzda rasmiylashtirilgan va imzolangan hujjat. Arxivda saqlanadigan huj-jat tariqasida dalolat-larda saqlanadi.
|
Boshqaruv funktsiyasigga qarab
|
*Umum ma’muriy hujjatlar:
|
|
| |