|
Axborotlarni kodlashtirish va axborot (xabar)ni shakllantirish
|
bet | 114/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin2. Axborotlarni kodlashtirish va axborot (xabar)ni shakllantirish. Bu erda axborotni jo`natuvchi o`zining ¨oyasini chizmalarda, grafik va sxemalarda, ¸zma ovozda ¸ki tasvirda kodlashtiradi.
3. Aloqa qilish kanalini tanlash va axborot (xabar)ni uzatish. Kodlashtirish bilan bir qatorda axborotni uzatuvchi kommunikatsiyag? muvofiq ravishda uzatish kanalini tanlaydi. Shunday kanallar turkumiga: pochta, telefon, telefaks, elektron pochta, kompter shoxobchasi va boshqalar kiradi.
4. Dekodlashtirish va axborotni qabul qilish. Dekodlashtirish deganda uzatila¸tgan xabarni axborotni qabul qiluvchi fikriga o`tkazish, belgilarda ifodalash tushuniladi. Agar bir tomon axborotni taklif etsa, ikkinchi tomon uni hech qanday to`siqsiz qabul qilsa axborot almashgan hisoblanadi. Ammo har xil to`siqlar sababli, axborot etkazilguncha yo`l-yo`lakay turli shov-shuvlarga duch kelib asl mohiyatini yo`qotish mumkin. Shu sababli teskari aloqa ham mavjud.
5. Axborotni talqin qilish va javobni shakllantirish. Bu bosqichda axborot uzatuvchi bilan axborotni qabul qiluvchi o`z o`rinlari bilan almashinadilar. Axborotni qabul qiluvchi olgan axborotni talqin qiladi va javobni shakllantiradi.
6. Javobni uzatish. Shakllantirilgan javob tanlab olingan kanal orqali axborotni uzatganga qaytib uzatiladi va shu bilan kommunikatsion jara¸n tugaydi. Hozirgi paytda eng muhim kommunikatsiya vositasi sifatida kompyuterlar xizmat ko`rsatmoqda. Ular ¸rdamida axborot to`planadi, dasturlar tuziladi, ma’lumotlar banki hosil qilinadi. Kompyuterlar nafaqat ishlab chiqarishni boshqarish uchun, balki iqtisodi¸tning barcha jabhalari uchun o`ta zarur.
Shuni qayd qilish lozimki, shaxslar aro axborot almashuv jarayonida ayrim muammolar tu¨ilishi mumkin. Ounday muammolar turkumiga quyidagilarni qayd qilish mumkin:
Idrok qilishdagi ruhiy farq;
Ma’naviy (semantik) to`siq;
No verBal imo-ishoralar;
Filtrlash;
Aloqa kanallarining xaDdan tashqari ko`payib ketishi;
Nomaqbul tashkiliy struktura (tarkib).
Ma’lumki, kishilar bir xil ma’lumotni o`zlarining bilim darajalari, xa¸tiy tajribalari, qiziqish doiralari, Ehti¸jlari, xissiy tuy¨ularining turlichaligidan o`zlaricha turlicha talqin qiladilar va qabul qiladilar. Bu o`rinda rahbar bilan bo`ysinuvchi o`rtasidagi munosabat ham muhim rol o`ynaydi. Bir-biriga ishonch va o`zaro bir-birini anglash bor joyda axborot ko`lami kengayadi, ularning aniqligi oshadi, javobgarlik ham bir xilda bo`ladi.
|
| |