• Ishlab chiqarishni boshqarish
  • Rahbarning yozishni bilish
  • Menejment va marketing




    Download 2,21 Mb.
    bet111/192
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #140803
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   192
    Bog'liq
    Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin

    Axborotlar tizimi - bu murakkab tizim bo`lib, o`z ichiga turli xujjatlarni, axborot oqimini, aloqa kanallarini, texnik vositalar va avtomatik boshqaruv tizimlarini oladi. Butun axborotlar tizimi aniq va doimiy ishlashi lozim.
    Har bir rahbarning uslubi ko`p jihatdan qaror qabul qilish uchun zarur va etarli axborotni olish va undan foydalanishda uning shaxsiy ishlash uslubi bilan belgilanadi.
    Ishlab chiqarishni boshqarish - bu ijodiy jarayon, o`ziga xos bir san’at. U rahbarning xilma-xil ish usullarida namoyon bo`ladi. Bu usullar esa rahbarga ushbu sohada oz omilkor kishilarning fikrini turli kanallar orqali aniqlash va bu fikrdan boshqarish jarayonida foydalanish imkoniyatini beradi. U o`z fikrlarini har bir kishining ongiga etkazish uchun ham ma’lum xislatlarga ega bo`lishi kerak.
    Rahbar suhbatdoshni shunday tinglay bilishi lozimki, suhbat natijasida ish haqida eng ko`p darajada foydali axborot olishi kerak. Bunga esa boshqarishning, ayniqsa o`z qo`li ostida?ilarning fikrlariga, so`zlariga, taklif va tanqidlariga e’tibor bilan munosabatda bo`lgandagina erishish mumkin. Bo`ysinuvchi kishi ma’lum ishini bevosita bajaradi va bu ishni boshqalardan ko`ra yaxshiroq biladi.
    Shuning uchun rahbar o`z qo`l ostidagilar bilan suhbat qilganida o`zi uchun ayniqsa qimmatli bo`lgan axborotni olishni mo`ljallashi kerak. Buning uchun ochiq gaplashish shartini yaratish lozim. Begonalar bo`lmasligi lozim, telefon qo`n¨iroqlarini cheklash va hokazolar talab qilinadi.
    Rahbarning yozishni bilishi - au faqat savdoli yoza bilishi emas, balki fikrni qisqa va ravon, yaxshi adabiy tilda sodda bayon qilish demakdir. Rahbarlikda bu o`z qarorini bo`ysinuvchiga etkazish uslubidir. Ishlab chiqarishni boshqarishda yozish mumkin bo`lgan hamma narsani, yozib qo`yishi kerak, degan qoida amal qiladi. Bu bo`ysinuvchiga yozilganlarga qarab o`z xatti-harakatini aniq tekshirib borish, rahbarga esa qarorning bajarilishini nazorat qilib turishi imkoniyatini beradi.
    Rahbar o`ziga axborot tayyorlovchi xodimlar mehnatini tashkil eta bilishi, ulardan omil?oreik bilan foydalanishi kerak. Noto`¨ri, past qiymatli axborot tufayli yomon boshqaruv qarori qabul qilishdan ehtiyot bo`lishi, eng muhimi unga kelayotgan axborotlarni saralab olish darkor. Funktsional xizmat xodimlari, yordamchilar, referentlar rahbarga eng zarur axborotlarni tekshirib berishi maqsadga muvoffiq bo`ladi.



    Download 2,21 Mb.
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   192




    Download 2,21 Mb.